TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.92K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
72 files
4.95K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur
#uchrashuv

🔰Muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida ko'makka muhtoj fuqarolarning ahvoli mas'ullar tomonidan tizimli o'rganilib, nazorat qilib kelinmoqda.

❇️Xususan, poytaximizning Shayxontohur tumani 4-sektor rahbari hamda ishchi guruh a'zolari "Olim Xo'jayev" MFY da yashovchi M, Umarova hamda M. Adxamjonova, shuningdek "Samarqand Darvoza" mahallasida istiqomat qiluvchi A. To'laganov kabi turmush sharoiti og'ir, hastaligi bo'lgan fuqarolar ro'yxatida turuvchi yoshlarning xonadoniga borgan holda murojaatlari tinglanib, ularga amaliy yordam ko'rsatish rejasi tuzib olindi.

📌Zero, yurtimiz aholisi bugungi kunidan rozi bo'lib, hayotda o'z o'rnini topmog'i lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yunusobod
#korrupsiya

🔰Soliq sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlar va ularni tegishli tartibda bartaraf etish shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyati to'g'risida Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari poytaxtimiz tumanlari bo'ylab targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining Shaxsiy tarkib xodimlari bilan bo'lib o'tdi.

❇️Tashkilotchilar seminar qatnashchilari bilan sohadagi huquqbuzarliklarga oid profilaktik suhbat olib borib, ularga huquqiy tushunchalar berdi.

📌Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir tizimning adolatli va shaffof bo'lishi yurtimizni taraqqiyotga yetaklaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

2023-yil yanvar-may oylarida onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 87 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning 1-iyun holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 488 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 339,7 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 87,4 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan:
▫️ Onlayn-NKTdan foydalanadigan tadbirkorlik subyektlari 8 053 taga yoki 5%;
▫️cheklar soni 138,2 mln taga yoki 69%;
▫️tovar aylanmasi esa 25,9 trln so‘mga yoki 42% o‘sdi.
__________
#цифровизация #онлайн_ККТ

В январе-мае 2023 года объем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 87 трлн сумов

По состоянию на 1 июня этого года:
🔹число субъектов предпринимательства, применяющих онлайн-ККТ, составляет 175 488;
🔹через онлайн-ККТ выдано 339,7 млн чеков, товарооборот по ним составил 87,4 трлн сумов.

В сравнении с таким же периодом прошлого года:
▫️субъектов предпринимательства, применяющих онлайн-ККТ, стало больше на 8 053 или 5%;
▫️число чеков увеличилось на 138,2 млн или 69%;
▫️товарооборот - на 25,9 трлн сумов или 42%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

SAVOL:
Korxona qurilish faoliyati bilan shug'ullanadi. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblashda jami bajarilgan ishlar yoki o'z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar hisobga olinadimi?

JAVOB:

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 463-moddasi 2-qismiga ko'ra soiq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun o'z kuchlari bilan bajarilgan, qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta'minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo'lsa, ushbu matriallarga bo'lgan mulk huquqi buyurtmachining o'zida saqlanib qolgan taqdirda, o'z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yashnobod
#korrupsiya

Yashnobod tumanida bo'lib o'tgan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmuniga bag'ishlangan seminar tuman soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlari uchun keng tushunchalarga boy bo'ldi.

❇️Unda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan oqibatlar va sohada adolatli faoliyat yuritish afzalliklari to'g'risida kerakli tushunchalarni berdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB