TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.5K photos
1.33K videos
74 files
5.1K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod
#Sayyor_qabul

Yashnobod tumani fuqarolarining muammolariga 4 - sektor rahbari tomonidan yechim topilmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Bugun 2022–yil 4-noyabr kuni 📱Soliq mobil ilovasini yuklab olgan 2 millioninchi foydalanuvchi qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi – biz 2 000 000 tadan oshdik

🎉 Bugun 2022–yil 4-noyabr kuni 📱Soliq mobil ilovasini yuklab olgan 2 millioninchi foydalanuvchi qayd etildi.

Soliq mobil ilovasining afzalliklari:

⚡️Soliq mobil ilovasida yangi imkoniyatlar
💸 Xarid uchun 1 foiz keshbek
📱Soliqlarni ilova orqali to‘lash
🛃O‘zini o‘zi band qilish
✈️Sayohat uchun keshbek
———————
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq – нас уже 2 000 000

🎉Сегодня 4 ноября 2022 года зафиксирован 2 000 000 пользователь, 📱 скачавший мобильное приложение государственных налоговых органов – SOLIQ.

Преимущества мобильного приложения Soliq:
👉Новые возможности в мобильном приложении Soliq
💸Возврат 1% с каждой покупки – кешбэк
📱Оплата налогов
🛃Регистрация самозанятых лиц
✈️Туристический кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir_tumani
#Mahallabay
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar hokimi o`rinbosari va shahar 4-sektor rahbari o`rinbosari ishtirokidagi ishchi guruh poytaxtimizning Bektemir tumanida aholi bilan uchrashishdi.

Joriy yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga binoan Toshkent shahridagi 12 ta tuman kesimida ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni hal etish to'grisidagi topshirig'iga muvofiq reja asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumandagi 5 ta mahallaga 21 mlrd so'm pul mablag'i ajratilib, mahallalarga ichimlik suvi, suv oqavalarini o'tkazish, elektr energiya va asfalt qilish ishlari amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek ularni bajarish bo'yicha mas'ullar bilan tegishli rejalar belgilab olindi.

Zero, bu harakatlar inson qadrini ulug'lash va ularning turmush tarzini yanada yuqori pog'onalarga olib chiqishdan iboratdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#hayat

Hay’at: erishilgan natijalar va oldinda turgan muhim vazifalar muhokama etildi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi rahbarligida qo‘mitaning navbatdagi Hay’at majlisi o‘tkazildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq xizmati organlari boshliqlari telekommunikasiya vositalari orqali ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yirik soliq to‘lovchilarga (Navoiy va Olmaliq KMK) foyda va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlari stavkasining pasaytirilganligi, amortizasiya ajratmalari normalari – o‘rtacha 2 barobarga, 1 martalik investisiyaviy chegirma miqdori – 2 barobarga, faoliyat natijasida ko‘rilgan va kelgusi davrga o‘tkaziladigan zararlarning cheklangan miqdori joriy soliq davri soliq bazasining 60%idan 100%igacha oshirilganligiga qaramay, yanvar-oktyabr oylarida byudjetga 123,8 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 trln so‘mga ko‘p soliq tushumari ta’minlanganligi va hududiy davlat soliq boshqarmalarida tushumlarning o‘sishi 33 %ga yetganligi qayd etildi.

Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140 %, QQS 133 % va foyda solig‘i tushumlari (Navoiy va Olmaliq KMKlaridan tashqari) 156 %ga o‘sganligi ko‘rsatilib, yil yakunigacha ushbu o‘sish darajasini saqlab qolish manbalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish, QQS manfiy summalarni qoplab berish bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansolarlikka yo‘l qo‘yilayotganligi hamda soliq organlari tomonidan mavjud raqamlashtirish yangi instrumentlari orqali yetishtirilgan paxta hosilni hisobini yuritish va o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishda qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetarlicha ko‘maklashilmayotganligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yo‘l qo‘ygan jiddiy xato kamchiliklari uchun Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi DSB
larining 4 nafar mas’ullari maxsus unvonlaridan mahrum etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, 4 ta rahbar va mas’ullarning intizomiy javobgarliklari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning IV choragi va yillik prognoz ko‘rsatkichlarini barcha soliq turlari bo‘yicha sifatli ravishda so‘zsiz ta’minlash va qo‘shimcha daromadlarni jalb etish borasida ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM