TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Farzandlarimiz taqdiri biz uchun muhimdir

♻️Bugungi kunda respublikamizda yoshlarga e'tibor, ularni qo'llab-quvvatlash va qulay imkoniyatlar yaratib berish sezilarli darajada o'sdi. Xususan, Toshkent shahar sektor rahbarlari ham ayni kunlarda poytaxtimiz tumanlari bo'ylab "qizil" toifadagi yoshlar bilan qator uchrashuvlar o'tkazib kelmoqda.

❇️Bugun Mirzo Ulug'bek tumanidaToshkent shahar sektor rahbarlari, hokim yordamchisi, mahalla faollari, yoshlar yetakchilari ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvda 200 ga yaqin fuqarolarning muammolari o'rganildi.

📊Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov tomonidan 4-sektor hududida joylashgan 17 ta MFY dagi fuqarolarning 31 ta murojaatlari tinglanib, 16 tasi joyida hal etilgan bo'lsa, 1 nafariga huquqiy tushuntirish berildi va 14 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Yoshlar ertangi kunimizdir

🟢Joriy yilning 23-may kuni o'tkazilgan uchrashuvda Toshkent shahar sektor rahbarlariga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

  ❇️Ilm — narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir.
Farosat — sezgidan keladigan ishoraning asl ma’nosiga tezda yetishmoqqa aytiladi.

Abu Ali ibn Sino

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#savol_javob

🔴Jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan noturarjoy sotilsa, jismoiny shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadimi?

🔵 Soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Bunda noturar joyni sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq summasidan daromad solig‘i hisoblanadi.

Noturar joyni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

Soliq kodeksi 375-modda
____________
#вопрос_ответ

🔴Начисляется ли налог на доходы при продаже нежилого помещения, принадлежащего физическому лицу?

🔵 Доходы от продажи нежилых помещений, принадлежащих налогоплательщику на праве частной собственности, облагаются налогом на доходы физических лиц.

В этом случае налог на доходы исчисляется исходя из суммы положительной разницы между ценой реализации нежилого помещения и стоимостью его приобретения.

При отсутствии документального подтверждения
стоимости приобретения нежилого помещения доходом признается положительная разница между ценой реализации и кадастровой стоимостью.

👉ст.375 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

1 million dollarlik President Tech Award tanlovida qatnashing!

Arizalar joriy yil 1 iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 👉https://awards.gov.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug'bek tumanidagi ECOBOZOR hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aholi bilan xaridlarni Click platformasi orqali amalga oshirishini taklif qilayotganligi yuzasidan xabar tarqalgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar soliq boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mirzo Ulug'bek tumanidagi ECOBOZOR hududida jami 225 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xususan, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan "Soliq hamkor" tizimi orqali xaridorlardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida 2022-2023-yillar davomida 207 ta sayyor soliq tekshiruvlari o'tkazilib, moliyaviy jarima qo'llanilgan. Shuningdek, mazkur hududda soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida muntazam ravishda nazorat tadbirlari o'tkazilib, tadbirkorlarga huquqiy tushuntirishlar berib kelinmoqda.

📌Agarda siz ham soliqqa oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yunusobod
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

❇️Joriy yilning 23- may kuni Toshkent shahar sektor rahbarlari qizil toifadagi yoshlar bilan alohida ishlash, ularning muammoli masalalarini o'rganish maqsadida o'tkazib kelayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Yunusobod tumanida bo'lib o'tdi.

100 dan ortiq yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan qabulda mutasaddilar tomonidan kam ta'minlangan, nogironligi bo'lgan va profilaktik hisobda turuvchi yoshlarning taklif va murojaatlari birma-bir tinglanib, ularni qo'llab-quvvatlash va muammolarini hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB