TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_ulugbek
#Saxovat_va_komak

Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan yordam berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi koʻrsatmasiga binoan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 4-sektorga qarashli mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarga murojaatlar asosida amaliy yordam koʻrsatildi.

Jumladan, "Shalola", "Oliy ximmat", "Buyuk ipak yoʻli" mahallasida tikuvchilik sir asrorlaridan boxabar boʻlgan aholi vakillariga oʻzini-oʻzi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinasi va overlok berildi.

Albatta, ushbu taqdim etilgan buyumlardan endilikda, fuqarolar unumli foydalanib uydan chiqmasdan turib oilalariga qoʻshimcha daromad keltirishlari mumkin. Bu esa yurtboshimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan mahallalarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirishga va aholi bandligini taʼminlash kabi masalalarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Korrupsiya

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i va Shaxsiy havfsizlik bo‘limi xodimlari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent shahridagi barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Hafta mobaynida o`tkazilgan
tadbirdan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#tabrik
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Hurmatli vatandoshlar, Sizlarni, bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida keng nishonlanayotgan ushbu bayram allaqachon milliy anʼanaga aylanib, xalqimiz maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin egalladi.

Necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu oʻzlikni anglash, millat maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir.

Zero, davlat tilining obroʻ-eʼtibori – xalqimiz va jamiyatimizning obroʻ-eʼtiboridir.

Prezidentimiz boshchiligida yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda ham, albatta, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. Oʻzbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️Joriy yil 22-oktabr 08:00 dan 23:59 ga qadar "Ko‘chma savdo" axborot portalida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida k-savdo.soliq.uz portalida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
____
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️22 октября текущего года с 08:00 часов до 23:59 часов на портале "Ko‘chma savdo" будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе портала k-savdo.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa
#Til_bayrami
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bugun Uchtepa tumanida joylashgan 236-umumtaʼlim maktabida 21-oktabr oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov hamda xalqimiz sevgan shoir va maʼrifatchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda faol qatnashgan maktab oʻquvchilari qimmatbaho sovgʻalar va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir har bir oʼzbek uchun eng aziz va iftixori, ona tilimizga boʻlgan eʼtiborning yanada oshishiga hamda oʼquvchi yoshlarning qalbida ona tilimizga boʼlgan muhabbatini yuksalishiga xizmat qiladi.

Shuningdek Toshkent shahar 4-sektor rahbari maktabning hozirgi holati bilan yaqindan tanishib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur yordamlar koʻrsatilishini takidladilar.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa
#Til_bayrami
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Til – jamiyat tayanchi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov Uchtepa tumanida joylashgan 236-umumtaʼlim maktabida 21-oktabr oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#bilasizmi

Joriy soliq davrining IV choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi 9 oylik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.

Agar hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi manfiy yoki nolga teng bo‘lsa, ko‘rsatilgan to‘lovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi.

Har oylik bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda soliq to‘lovchi kelgusi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilgan taqdirda soliq organlari soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etiladigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.

👉Soliq kodeksining 340-moddasi
__________
#знаете_ли_вы

Сумма ежемесячного авансового платежа по налогу на прибыль, подлежащего уплате в IV квартале текущего налогового периода, принимается равной 1/3 разницы между суммой налога, исчисленного по налоговой отчетности по итогам 9 месяцев, и суммой налога, исчисленного по итогам полугодия.

Если полученная сумма ежемесячного авансового платежа отрицательна или равна нулю, указанные платежи в соответствующем квартале не осуществляются.

Исчисление ежемесячного авансового платежа осуществляется налоговыми органами.

При этом налогоплательщик вправе представить в налоговые органы справку о сумме авансовых платежей до 10 числа первого месяца следующего квартала исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.

При необоснованном занижении ожидаемой суммы прибыли налоговые органы вправе вносить изменения в представляемую налогоплательщиком справку о сумме авансовых платежей по налогу.

👉ст.340 Налогового кодекса

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli
#4_sektor

Sergeli tumanida 4-sektor mutasaddilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha 25-oktabr kuni Toshkent telekanalida 19:25 dan boshlab efirga uzatiladigan Teletahlil ko'rsatuvi orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa
#Bayrami
#21oktabr

21 - oktabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, 236 - sonli maktabda O'zbek tili kuni bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shahar_DSB
#Korrupsiya

Hurmatli, soliq to’lovchilar ❗️

Siz soliq tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat Soliq Qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan telegramdagi 🔹@dsq_antikorrupsiya_boti
yoki ☎️71 244 98 98; 1198 raqamlariga hamda DSQning 📩[email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi 🔒sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bu bilan siz korrupsiyaga qarshi kurashish hamda soliq tizimini ochiq, shaffof va hisobdor tizimga aylantirishga o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Argos

Hozirgi kunda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashda yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan vacancy.argos.uz platformasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu afzallikdan Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti bitiruvchilarini xabardor qilish maqsadida Sentabr oyida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtgan edi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va uning tumanlardagi inspeksiyalariga aynan vacancy.argos.uz portali orqali 19 nafar hodim ish bilan taʼminlandi.

Albatta, mazkur harakatlar davlat idoralariga ishga qabul qilish vaqtida inson omili aralashuvini oldini olish va munosib nomzodlarni tegishli lavozimlarga tanlab olishga yordam beradi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB