TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.33K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor
#mahallabay

Joriy yilning 27-mart kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan aholi muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati ko'zdan kechirildi.

Xususan, mazkur tumanga qarashli Orzu mahallasida joylashgan 360 o'ringa mo'ljallangan 78-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining qurilish jarayoni bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, manzildagi 377-sonli maktabgacha ta'lim muassasasini qayta ta'mirlash va qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy obyekt holati o'rganilib, bajarilishi kerak bo'lgan ishlar rejasi tuzib olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor
#mahallabay

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov Olmazor tumanidagi 4-sektor hududiga qarashli mahallalardagi ijtimoiy obyektlarni ko'zdan kechirdi va mas'ullarga amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar borasida ko'rsatmalar berdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#uchrashuv

Joriy yilning 27-mart kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi qo'mondoni hamda Toshkent shahar hokimi boshchiligida xatlov jarayonida aniqlangan aholi kayfiyatiga ta'sir etuvchi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida muhokamaviy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda mutasaddilar tomonidan Vazirlik va idoralar, shahar hamda tuman sektor rahbarlariga mahallalarni obodonlashtirish, murojaatlar bilan ishlash va muammolarni hal etish borasida ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB