TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.75K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.92K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#kino

"Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali va "Farovonlik garovi" hujjatli filmi premyerasi o‘tkazildi

🎬 Kinematografiya agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 5 qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali hamda "Farovonlik garovi" hujjatli filmi suratga olindi.

🎞 Bugun Soliq qo‘mitasida soha xodimlarining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, tizimda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan mazkur kinokartinalarning premyerasi o‘tkazildi.

📽 Unda kinoijodkorlar suratga olish jarayoni, gavdalantirgan obrazlari va filmning g'oyaviy ahamiyati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Filmlarni suratga olishda qo‘llab-quvvatlagani uchun Sherzod Kudbiyevga, yaqindan yordam bergan soha xodimlari hamda tadbirkorlarga minnatdorlik bildiramiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak.
👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
👉Bu qanday amalga oshiriladi?

❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.

Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.
👉 Vositachilar cheklarini tuzatish bo‘yicha qo'llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur
#Obodonlashtirish #Mahallabay #yoshlar_bilan_uchrashuv


Yangiliklar 24 | Aholi murojaatlari hal etilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Hamdardlik

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mirzayev Mubin Muhiddinovichga padari buzrukvori Muhiddin otaning vafoti munosabati bilan Soliq xizmati organlari jamoasi chuqur hamdardlik bildiradi.

Muhiddin Mirzayev 1940-yil 7-mayda Romitan tumanida tavallud topgan. Uzoq yillar agrar sohada faoliyat olib borgan va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

Savol:
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 436-moddasi 3-bandiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#konstitutsiya
#seminar

Bugun O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilishi kutilayotgan o'zgartish va qo'shimchalardan xabardor qilish maqsadida iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasida respublikamizning barcha hududida faoliyat olib borayotgan soliq xizmati xodimlari uchun mutaxassislar ishtirokida onlayn seminar o'tkazildi.

Ushbu tadbir davomida xodimlarga konstitutsiyadagi moddalar soni 128 tadan 155 taga oshgani shuningdek, normalar soni ham 434 taga yetgani, umumiy hisobda bosh qomusimizning 65% qismi o'zgartirilgani hamda soliq tizimiga va boshqa sohalar kesimida kiritilgan o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB