TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.91K subscribers
12.4K photos
1.33K videos
74 files
5.09K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_hamkor

🔴"Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot puli qancha muddatda toʻlab beriladi?

✔️"Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot toʻlab beriladi.
👉PQ-5252-son 04.10.2021

✔️ Ragʻbatlantirish – jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos boʻlsa va aybdor shaxsga nisbatan soliq organining yoki sudning javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda amalga oshiriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 9-band 12.05.2022

📜 Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror soliq toʻlovchiga berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉Soliq kodeksi 160-modda

💳Pul mukofoti murojaatchining nomidagi bank plastik kartasiga jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022

Bunda, bank plastik kartasi faol holatda boʻlishi lozim, aks holda texnik jihatdan mukofot pulini oʻtkazish imkoniyati boʻlmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi

Onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.

Virtual kassa
— fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslari.

👉VMQ-943 23.11.2019-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kino

🎬Tez kunlarda Soliq xizmati organlari faoliyatiga bag‘ishlab suratga olingan ko‘p qismli badiiy film tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.

👉 Soliq kodeksi 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🟢Xabaringiz bor, O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi Toshkent shahar bo'limi, O'zbekiston paralimpiya qo'mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan poytaxtimizda stol tennisi bo'yicha o'tkazilayotgan Toshkent shahar kubogi musobaqasining 11-12-mart kunlari 400 dan ortiq sportchilar o'rtasida saralash bosqichlari bo'lib o'tdi.

🏓 Bugun esa bellashuvlarning final o'yinlari qizg'in va his- hayajonlarga to'la bo'ldi. Shahrimizning barcha tumanlaridan saralangan eng kuchli professional sportchilar o'zlarining iqtidor va mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

💥Ayniqsa, musobaqada imkoniyati cheklangan erkak va ayol sportchilar o'rtasida murosasiz kechgan o'yinlar yig'ilgan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🎤Musobaqa, ishtirokchilar hamda yig'ilganlar uchun tashkillashtirilgan konsert dasturi bilan davom ettirildi. San'atkorlarning qo'shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashgan bo'lsa, turli xil raqs guruhlari o'z chiqishlari bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.

Bellashuvlarning badiiy qismida madaniy hordiq olgan qatnashchilarning yuzidagi kulgu o'z o'rnida minatdorchilik ifodasi bo'ldi. Zero, bunday sport tadbirlarining doimiy tarzda o'tkazilishi yoshlarga yanada kuch-g'ayrat bag'ishlaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB