TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

Bugun O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi Toshkent shahar bo'limi, O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida Toshkent shahar kubogi musobaqasiga start berildi.

Poytaxtimizning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 500 dan ortiq mahoratli sportchilar o'zaro bahs jarayonlariga kirishishdi. Ayniqsa havaskor o'yinchilar orasida jajji ishtirokchilarning borligi quvonarlidir. 11-12-mart kunlari musobaqaning saralash bosqichida g'oliblar aniqlanib, yakuniy bellashuvlar uchun yo'llanmalarni qo'lga kiritishadi.

📌Final o'yinlari esa joriy yilning 13-mart kuni Universal sport saroyida bo'lib o'tadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

Stol tennisi 🏓 bo'yicha 🏆Toshkent shahar kubogi musobaqasining saralash bahslariga start berildi. Ushbu bellashuvlar 13-mart kuni o'z nihoyasiga yetadi hamda 🥇 g'olib va 🥈🥉 sovrindorlar aniqlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#AOS

Quyidagi hujjatlarga asosan soliq to‘lovchilarga AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘lash huquqi berilgan:

👉Soliq kodeksi 467 (1-qism 5 va 6-bandlari), 480 hamda 483-moddasi;

👉08.06.2020-yildagi PQ-4742-son;

👉30.04.2022-yildagi PQ-232-son;

👉30.05.2022-yildagi PQ-264-son;

👉06.07.2022-yildagi PQ-307-son;

👉31.08.2022-yildagi PF-213-son;

👉30.12.2022-yildagi PF-287-son.

❗️Joriy yil 1-apreldan AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
⚡️QQS stavkasini 12 foiz qo‘llashning dastlabki natijalari

Soliq to‘lovchilar joriy yilning fevral oyida soliq organlariga QQS bo‘yicha soliq hisobotlarini birinchi marta 12 foiz stavkada taqdim etishdi.

👉Yanvar oyida 2022-yil dekabr oyi uchun hisobot 15 foizli stavkada taqdim etilgan.

____

⚡️Первые итоги применения НДС по ставке 12 процентов

В феврале текущего года налогоплательщики впервые представили в налоговые органы налоговую отчетность по НДС по ставке 12 процентов.

👉
В январе представлялась отчетность за декабрь 2022 года, когда действовала ставка 15 процентов.
#rasmiy_xabarnoma

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan "E-aktiv" axborot tizimida ishlash yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarga javoban quyidagilar ma'lum qilinadi:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashida o‘tkazilgan muhokamada berilgan taklif va yechimlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga "E-aktiv" axborot tizimida soliq hisobi bilan bog 'liq operatsiyalarni ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddatini 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirish to‘g'isida taklif kiritildi.

Yaqin kunlarda tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda qo'shimcha qulaylik va yengilliklar berishga qaratilgan normativ hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
_________________________

#официальное_сообщение

В ответ на обращения, поступающие от субъектов предпринимательства, о работе в информационной системе "E-aktiv", сообщаем следующее:

С учетом предложений и решений, озвученных в ходе проведенных обсуждений в Налоговом комитете при Министерстве экономики и финансов и Общественном совете при комитете, в правительство Республики Узбекистан внесено предложение о продлении до 1 января 2024 года срока действия порядка добровольного отражения субъектами предпринимательства операций, связанных с налоговым учетом в информационной системе "E-aktiv".

В ближайшие дни ожидается принятие нормативного документа, направленного на предоставление дополнительных преференций субъектам предпринимательства при исполнении ими налоговых обязательств.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_hamkor

🔴"Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot puli qancha muddatda toʻlab beriladi?

✔️"Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot toʻlab beriladi.
👉PQ-5252-son 04.10.2021

✔️ Ragʻbatlantirish – jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos boʻlsa va aybdor shaxsga nisbatan soliq organining yoki sudning javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda amalga oshiriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 9-band 12.05.2022

📜 Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror soliq toʻlovchiga berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉Soliq kodeksi 160-modda

💳Pul mukofoti murojaatchining nomidagi bank plastik kartasiga jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022

Bunda, bank plastik kartasi faol holatda boʻlishi lozim, aks holda texnik jihatdan mukofot pulini oʻtkazish imkoniyati boʻlmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi

Onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.

Virtual kassa
— fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslari.

👉VMQ-943 23.11.2019-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kino

🎬Tez kunlarda Soliq xizmati organlari faoliyatiga bag‘ishlab suratga olingan ko‘p qismli badiiy film tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.

👉 Soliq kodeksi 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sport
#stol_tennisi_musobaqasi

🟢Xabaringiz bor, O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi Toshkent shahar bo'limi, O'zbekiston paralimpiya qo'mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan poytaxtimizda stol tennisi bo'yicha o'tkazilayotgan Toshkent shahar kubogi musobaqasining 11-12-mart kunlari 400 dan ortiq sportchilar o'rtasida saralash bosqichlari bo'lib o'tdi.

🏓 Bugun esa bellashuvlarning final o'yinlari qizg'in va his- hayajonlarga to'la bo'ldi. Shahrimizning barcha tumanlaridan saralangan eng kuchli professional sportchilar o'zlarining iqtidor va mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

💥Ayniqsa, musobaqada imkoniyati cheklangan erkak va ayol sportchilar o'rtasida murosasiz kechgan o'yinlar yig'ilgan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB