TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.94K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.05K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#8_mart #tabrik
#Bektemir

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni nafaqat Toshkent shahar soliq boshqarmasida balki, uning hududiy inspeksiyalarida hamda keng ko'lamda nishonlanmoqda.

Xususan, Bektemir tumani soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligida tizimda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar uchun maxsus 🎊bayram dasturi tashkil etildi hamda ularga samimiy bayram tabriklari yo'llanib, 🎁esdalik sovg'alari berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
#8_mart

🎊 8-mart - Xalqaro xotin- qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasida ayollarga bag'ishlangan bayram tadbiri.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB🎊
#8_mart
#tabrik

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O'zbekiston kasaba uyushmasi tomonidan soliq xizmati organlarida samarali mehnati, kasbga sadoqati va yuklatilgan vazifani vijdonan bajarishi bilan ajralib turadigan Nilufar Toshmuhammedova, Gulchehra Po'latova, Irina Kireyeva va Umida Iminova kabi xodimlarga Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari Alisher Ganiyev hamda Jalol Maxmadustov boshchiligida bayram sovg'alari va tashakkurnomalar taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart

🎬Yurtimizning barcha ayol-qizlariga bag'ishlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sish qayd etildi

Ma'lumki, Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq tushumlari va soliq ma'murchiligining strukturasi va dinamikasiga oid boshqa ma'lumotlar Fiskal tahlillarda e'lon qilib boriladi.

Navbatagi hisobot oyi yakunlari bo‘yicha budjetga tushumlar tahlil qilinganda 2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sishga erishilgan.

Jumladan, foyda solig‘i 1,5 trln so‘m, JShODS 407,2 mlrd so‘m, AOS 140,7 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 140,2 mlrd so‘m, yer solig‘i 100 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 86 mlrd so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so‘mga o‘sgan.

2023-yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so‘mdan oshdi.

Ma'lumot uchun, 01.01.2023-yildan QQS stavkasi 12%, yanvar oyi uchun fevral oyida soliq to‘lanadi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent shahar soliq boshqarmasi va 🏓stol tennisi federatsiyasi hamkorlikda 11-12-13-mart kunlari poytaxtimizning Universal sport saroyida Toshkent shahar 🏆KUBOGI musobaqasi bo'lib o'tadi.

Hurmatli hamshaharlar ushbu turnirda o'z mahoratingizni sinovdan o'tkazib, qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ☎️97 767-97-95

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 9-mart

mart oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 марта 2023 года последний день

за март:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #QQS

🔴 2022-yilda tuzilgan shartnoma boʻyicha (QQS stavkasi 15 % koʻrsatilgan) 2023-yilda tovar yetkazib berilganda soliq stavkasi 15 % qoʻllaniladimi yoki 12%?

🔵 01.01.2023-yildan QQS stavkasi 15 %dan 12 %ga tushurilganligi sababli ushbu sanadan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari shartnomada koʻrsatilgan stavkadan qatʼiy nazar, 12 % QQS stavkasini qoʻllaydi.

👉QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ma'lumotlarida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉 VMQ-943 1-ilova 23.11.2019-yil

🌐my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol:Korxona tomonidan o'z xodimlarining farzandlariga bolalar oromgohlari uchun yo'llanmalar qiymatini qoplab berish summalaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i ushlab qolinadimi?

Javob:

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi 2-bandiga asosan O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sog'lomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sog'lomlashtirish muassasalariga o'z xodimlarining o'n olti yoshgacha bolalari (o'qiydiganlarga - o'n sakkiz yoshgacha) uchun yo'llanmalar qiymatini to'liq yoki qisman qoplash summalaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i ushlab qolinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Shayxontohur #4_sektor
#obodonlashtirish #sport

Soliq xizmati xodimlari tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida obodonlashtirish tadbirlari o'tkazildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish borasida ham tegishli tartibda ishlar amalga oshirilmoqda.

To'liq ko'rsatuv 👉 https://t.iss.one/c/1458463547/15842

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 94 mingtadan oshdi

2023-yil 1-mart holatiga
faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 94 237 taga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1%ga (8,1 ming) oʻsdi.

📊Sohalar kesimida –

📈Oʻsish koʻrsatkichi eng yuqori
📡
axborot va aloqa xizmatlari – 7,8 % (3,2 mingta);
🛒 savdo – 28,3% (7,1 mingta);
🚚 tashish va saqlashda 12,6% (1,9 mingta).


📉Oʻsish koʻrsatkichi eng past – TOP-3:
🏕qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 4% (5,6 mingta);
🏭sanoat – 12,9% (4,2 mingta);
🏗qurilish – 4,9% (0,8 mingta).

Hozirda jami yuridik shaxslarning:
🔹30,2 %i savdo sohasida (24,2 mingta);
🔹15,1 %i ishlab chiqarish sohasida (11 mingta)
faoliyat yuritmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyiliga asosan tadbirkorlik subyektlariga yaqindan koʻmak berilmoqda. Mazkur ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad esa tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal etishga yordamlashishdir. Shuningdek, soliq sohasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalardan tadbirkorlarni xabardor qilish orqali qoida buzilish holatlarini oldi olinmoqda.

🟢 Quyidagi havolalar orqali Toshkent shahar soliq boshqarmasi hududiy inspeksiyalari boshliqlarining fevral oyida amalga oshirilgan ishlari bo'yicha murojaati bilan tanishishingiz mumkin:

🔹Mirobod
🔹Mirzo Ulug'bek
🔹Yunusobod
🔹Yakkasaroy
🔹Shayxontohur
🔹Chilonzor-
🔹Sergeli
🔹Yashnobod
🔹Olmazor-
🔹Uchtepa
🔹Bektemir
🔹Yanghayot

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Shayxontohur
#mahallabay
#obodonlashtirish

Hududlarda aholiga qulay sharoitlar yaratish, ularning murojaatlarini o'rganish va hal etish yuzasidan joriy yilning 10-mart kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i, tuman sektor rahbarlari va turli tashkilot xodimlari ishtirokida ertalabki yo'riqnoma o'tkazildi.

Uchrashuvda mas'ullar tomonidan kunlik bajarilishi lozim bo'lgan ishlar rejasi shakillantirilib, 100 dan ortiq hasharchilar hamda maxsus texnikalar yordamida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini boshlash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB