TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi

Endilikda vositachi shartnomasi asosida tovar (xizmat) realizatsiyasini amalga oshiruvchi komitentlar komissioner tomonidan chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashi mumkin (bunda komitent shaxsiy kabinetida vositachini (komissioner) ro'yxatdan o'tkazgan bo'lishi lozim).

Soliq to‘lovchilar yangi imkoniyatdan my3.soliq.uz portali shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limida test rejimida foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, my.soliq.uz sayti “Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti”dagi “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limining bir qator menyulari my3.soliq.uz saytida joriy qilindi.
Jumladan:
▪️tadbirkorlar tomonidan onlayn-NKM (virtual kassa) hamda Marketpleys orqali shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish;
▪️vositachi tomonidan shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish.

📌Ma’lumot uchun, my.soliq.uz saytidagi onlayn nazorat-kassa texnikasi xizmatlari bosqichma-bosqich my3.soliq.uz saytiga o‘tkaziladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotidagi oʻzgarishlarni eslatamiz:

🔸Norezident jismoniy shaxslar daromadi hamda ularga hisoblangan daromad soligʻi summalari hisobotning 5 va 6-ilovalarida koʻrsatilayotgani sababli hisob-kitobning 014-satri va 4-ilovasi chiqarib tashlandi;

🔸Norezidentlarning xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan oladigan (fraxtdan) daromadlariga 6% soliq stavkasini qoʻllash uchun mazkur daromadning imtiyozli qismi hisobotning 2-ilovasi (0611 – 0619-satrlari) da koʻrsatiladi;

🔸Ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi boʻyicha hisoblanadigan soliq bazasi (040-satri 6-ustun) va soliq summasi (060-satri 6-ustun) hisobot 1-ilovasining 040-satridagi summa asosida avtomat shakllanadi.
▫️Hisobotning 1-ilovasi 0401-0410-satrlarida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari boʻyicha imtiyoz summasi (mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar) va soliq summasi koʻrsatiladi;

🔸Hisobotning 070-satrida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha hisoblangan JSHODS aks ettiriladi. Joriy yildan mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan soliq summasi (070 va 071-satr yigʻindisi) soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi (186-kod)da alohida shakllanadi. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobotning 5-ilovasi 7-ustunida koʻrsatiladi.

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining yangi paket kodi: 11101_16

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Hurmatli soliq toʻlovchilar!!!

2023-yil yanvar oyidan boshlab Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)ning (46-kod) hisobot shakli oʻzgarganligi sababli, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi (186-kod) uchun yangi shaxsiy hisobvaraqasi ochilgan.

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti taqdim etilganda, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi uchun tegishli soliq kodi hamda gʻazna hisobraqami avtomat shakllanadi.

Mazkur soliq turi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limi so‘ngra “Soliq turlarini yangilash” tugmasi bosiladi.

Agarda soliq toʻlovchi, hisobot taqdim etmasdan, toʻlovlarni amalga oshirmoqchi boʻlsa, mazkur soliq kodini (186-kod) ochish uchun soliq organiga murojaat qilishi lozim (bog‘lanish uchun telefon raqamlari “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” xizmatida mavjud).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar soliq boshqarmasi mutaxassislari "Fikrlashamiz" ko'rsatuvida ishtirok etishdi va taksi faoliyatini yo'lga qo'yish borasida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi. Ushbu ko'rsatuvni 14-fevral soat 21:00 dan boshlab Uzreport telekanali orqali kuzatishingiz mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS to‘lovchilar uchun

2023-yil 1-yanvardan
soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lashni tanlaganalar AOS hisobotini taqdim etmaydi.

Qat'iy soliq summasi soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvarag‘ining 100-kodida to‘lashga avtomatik hisoblanadi.

Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.

Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishning o‘zi yetarli.

2023-yil mart oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 15-fevralgacha taqdim etish lozim.

AOSni qat'iy belgilangan summada to‘lashga o‘tish ixtiyoriy.

Qat'iy belgilangan soliqqa o'tish uchun qanday murojaat qilish kerak?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#my3_soliq_uz

Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomaning yangi versiyasi my3.soliq.uz saytiga joylashtirildi

📤Soliq toʻlovchilar uchun my3.soliq.uz saytida nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarni yuborish imkoniyati yaratildi.

Xabarnomani soliq organiga yuborish uchun saytdagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉"Xizmatlar"
👉"Normativ-huquqiy hujjatlarda soliq maʼmurchiligi doirasida koʻzda tutilgan xabarnomalarni davlat soliq xizmati organlariga yuborish"
👉"Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma"

📝Agar soliq toʻlovchida nazorat qilinadigan bitimlar ikki yoki undan ortiq boʻlsa namuna jadvalni yuklab olgan holda, bitta boʻlganda esa saytning oʻzida xabarnomani mustaqil qoʻlda toʻldirish tavsiya etiladi.

❗️Ma'lumot uchun: Nazorat qilinadigan bitimlar to'g'risidagi xabarnoma yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuborilishi belgilangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent shahar soliq boshqarmasi va 🏓stol tennisi federatsiyasi hamkorlikda 11-12-13-mart kunlari poytaxtimizning Universal sport saroyida Toshkent shahar 🏆KUBOGI musobaqasi bo'lib o'tadi.

Hurmatli hamshaharlar ushbu turnirda o'z mahoratingizni sinovdan o'tkazib, qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ☎️97 767-97-95

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Soliq tushumlari hududlar kesimida

📍Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi 6,8 trln so‘m (56,9%);

📍Toshkent shahrida 2 trln so‘m (17,2%);

📍Samarqand viloyatida 365 mlrd so‘m (3,1%);

📍Farg‘ona viloyatida 308 mlrd so‘m (2,6%);

📍Buxoro viloyatida 253 mlrd so‘m (2,1%);

📍Qoraqalpog‘iston Resp. 192 mlrd so‘m (1,6%);

📍Jizzax viloyatida 166 mlrd so‘m (1,4 %);

📍Sirdaryo viloyatida 93 mlrd so‘m (0,8%) tashkil etdi.
______________
#цифровизация #налоговые_поступления

Налоговые поступления в разрезе регионов

📍
Межрегиональная налоговая инспекция по крупным налогоплательщикам - 6,8 трлн сумов (56,9%);
📍 В городе Ташкенте – 2 трлн сумов (17,2%);
📍В Самаркандской области – 365 млрд сумов (3,1%);
📍В Ферганской области 308 млрд сумов (2,6%);
📍В Бухарской области 253 млрд сумов (2,1%);
📍В Республике Каракалпакстан 192 млрд сумов (1,6%);
📍В Джизакской области 166 млрд сумов (1,4%);
📍В Сырдарьинской области 93 млрд сумов (0,8%).

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay
#hokim_yordamchisi

Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan so'nggi yillarda xalq bilan muloqot tizimi yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, Toshkent shahar 4-sektor xodimlari tumanlarda hokim yordamchilari bilan birgalikda xonadonbay o'rganishlar o'tkazib, aholiga zaruriy yordamlar ko'rsatishmoqda.

Bundan tashqari kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari hamda moddiy yordam berilmoqda. Shuningdek, fuqarolar sayyor tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, zaruriy dori-darmon vositalari bilan ta'minlanmoqda.

Ushbu sa'y harakatlardan ko'zlangan maqsad aholining yashash sharoitini yanaqa yaxshilash va xalqimizni rozi qilishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB