TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.88K subscribers
12.7K photos
1.34K videos
74 files
5.2K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Chilonzor
#Tozalik_kuni
#Nazorat_tadbiri

Chilonzor tumanida Toshkent shahar sektor rahbarlari boshchiligida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar kun mobaynida qizg'in davom etdi.

Tumanga qarashli bir nechta mahallalarda ko'pqavatli uylar atrofi, 27,5 km dan ortiq ko'chalar tozalanib, jami 27 tonnaga yaqin chiqindilar olib ketildi. Bundan tashqari 143 dan ziyod daraxtlar butalanib, elektr tarmog'idagi uzilishlar, gaz va suv quvurlari bilan bog'liq muammolar bartaraf etilmoqda. Shuningdek aholi turar joylarining yerto'lalari ko'zdan kechirilib, dizinfeksiyalanmoqda.

Tozalanayotgan va obod etilayotgan manzillarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday tashabbuskorlikdan mamnun ekanliklarini ta'kidlashmoqda. Albatta, hududlarda yaxshi sharoit va ozodalik uchun harakatda bo'lgan yurtdoshlarimiz eng savobli ishlarga o'z hissasini qo'shishmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chilonzor
#Tozalik_kuni
#Obodonlashtirish

Kuch - hamjihatlikda.

Toshkent shahar sektor rahbarlari hamjihatlikda navbatdagi tumanda obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shaharDSB
#Band_qilish
#Tv

OAVda telegram kanallar qonuniymi? mavzuida mutaxassislar bilan suhbat bo'ldi.

To'liq video👉https://youtu.be/KnxhFKSYPX8

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli
#Obodonlashtirish

Biz har kuni toza va saranjom ko'chalardan yurishimiz, atrofimizning doimiy ozoda bo'lishi va o'z o'rnida sog'lom muhitda yashashimiz uchun erta-yu kech tinim bilmay ishlayotgan obodonlashtirish xodimlari ham mas'ullar e'tiboridadir.

Xususan, Sergeli tumani 4-sektor rahbarlari tomonidan ushbu kasb egalariga sovuq kunlarda qulay ishlashlari uchun yangi kiyim-boshlar tarqatildi.

Avvalo, yurtimizni erta tongdan barakaga to'ldiruvchi kasb egalarini qancha ko'p ulug'lasak, e'zozlasak shuncha yarashaveradi. Shunday ekan, ularga bu ezgu ishlarida kuch-quvvat tilaymiz!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shaharDSB
#Mahallabay

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov topshirigʻiga binoan tuman sektor rahbarlari mahallalarda xonadonbay oʻrganishlar olib borishmoqda. Qish mavsumini betalofat oʻtkazish va aholini rozi qilish maqsadida aniqlangan muammolar bartaraf etilmoqda. Bundan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor oilalarga moddiy yordam koʻrsatilmoqda.

Shuningdek, patronaj xodimlari tomonidan sayyor tibbiy koʻrik tashkil etilib, fuqarolarga dori vositalaridan mutaxassislar bilan maslahatlashmasdan foydalanmaslik aytib oʻtildi.

Albatta, mazkur ishlar aholini qiynab kelayotgan muammolarga ijobiy yechim topish, ularning sogʻligini muhofaza qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB