TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.84K subscribers
12.8K photos
1.35K videos
74 files
5.24K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan navbatdagi o'quv seminar


🔹 Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yil 1-fevraldan...

👉2030-yil 1-yanvargacha
O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.

❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchrashuv #korrupsiya

Xodimlar o'rtasida xorijga chiqish va kirish tartibi to'g'risida tushuntirish va targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

🔹Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun xorijga chiqish va kirish tartibi to'g'risida tushuntirish yuzasidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

🔸Tadbirda Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasidan podpolkovnik M.Axmedova ishtirok etib, shaxsiy tarkib xodimlariga ushbu yo'nalish yuzasidan o'z tushunchalari berildi. Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik va shu jihatlarga jiddiy e'tiborda bo'lishi zarurligi ta'kidlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlatimiz rahbari tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1% qilib belgilanganligini qayd etdi.

Bu imtiyoz 3 yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi.

Umuman, “Yoshlar daftari” tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Shuningdek, yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsayotganlarning 98%i yoshlar ekani ta'kidlandi.

Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50%ga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi.

Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari budjet daromadlarini boshqarish organlari rahbarlarining forumi – soliq ma'muriyatchiligi sohasidagi muhim voqelikdir

Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Kavkaz Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston mintaqasi davlatlari budjet daromadlarini boshqarish organlari rahbarlarining forumida ishtirok etmoqda.

Tadbir Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi (CCAMTAC) tomonidan tashkil etilib, Olmaota shahri (Qozog‘istonning)da bo‘lib o‘tmoqda.

Spikerlar orasida XVJning yetakchi mutaxassislari, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston soliq xizmatlari vakillari, shuningdek, boshqa mutaxassislar bor.

Ushbu forumda e'tibor quyidagilarga qaratilgan:
▫️mintaqadagi davlatlarda soliq salohiyatini rivojlantirish;
▫️soliq maʼmurchiligidagi biznes kutilmalari;
▫️soliq organlari faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etish.

Shu bilan birga, forumda mintaqa soliq organlari oldida turgan mavjud muammolar, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Forum mintaqaning soliq tizimlarini mustahkamlash uchun tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va yangi tashabbuslarni shakllantirish uchun unikal platforma bo‘ladi.
_________
#сотрудничество

Форум руководителей органов управления бюджетными доходами стран КЦАМ – ключевое событие в сфере налогового администрирования

Делегация под руководством первого заместителя председателя Налогового комитета Мубина Мирзаева принимает участие в Форуме руководителей органов управления бюджетными доходами стран Кавказа, Центральной Азии и Монголии (КЦАМ).

Мероприятие организовано Региональным центром развития потенциала для стран КЦАМ (CCAMTAC) Международного валютного фонда (МВФ) и проходит в городе Алматы (Казахстан).

Среди спикеров ведущие специалисты МВФ, представители налоговых служб Кавказа, Центральной Азии и Монголии, а также другие эксперты.

В данном Форуме основной акцент направлен на:
▫️развитие налогового потенциала в странах региона;
▫️ожидания бизнеса в сфере налогового администрирования;
▫️внедрение искусственного интеллекта в налоговые органы.

Одновременно с этим, в ходе форума обсуждены вызовы, стоящие перед налоговыми администрациями региона, возможности международного сотрудничества, а также лучшие практики в сфере налогового администрирования.

Форум предоставил уникальную платформу для обмена опытом, выстраивания партнерских отношений и формирования новых инициатив для укрепления налоговых систем региона.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 15-fevral dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 17-fevralga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
__
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 15 февраля - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 17 февраля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#Yashnobod #Uchrashuv
#soliq_tushumlari

🔹Yashnobod tuman soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari hamda shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari hamda shahar prokuratura mas'ullari boshchiligida tuman soliq inspeksiya xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔸Uchrashuv davomida mas'ullar tomonidan tumandagi har bir savdo va xizmat ko'rsatish obyektlari o'rganilib, noqonuniy faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qonuniylashtirish bo'yicha xodimlarga ko'rsatmalar belgilab berildi.

Bundan ko'zlangan maqsad budjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi hamda yashirin iqtisodni oldini olish va tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram