TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #foyda_soligi

Foyda solig‘i bo'yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

🔸 Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliq stavkalari,
▫️soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi.

🔸2022-yil 1-noyabrdan tovar (xizmat)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’iy nazar, 0% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim. Bunda 2023-yil 1-yanvardan doimiy muassasalar orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha 0% miqdoridagi soliq stavkasi qo‘llanilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #foyda_soligi

Foyda solig‘i bo'yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

🔸Quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga pasaytirish huquqi beriladi:

а) 2022-yil 1-sentabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.
Bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 %i miqdorida belgilashga haqli;

b) 2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1- marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida.

Pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) dalillari aniqlangan taqdirda qo‘llanilmaydi.

🔸Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq 1 yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan.

🔸2022-yildan faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.

🔸2023-yil 1-yanvardan norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatidan 20%).

🔸Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free

5 ta aeroportda "tax free" tizimi joriy etildi

✈️2023-yil 1-yanvardan
boshlab chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda ular tomonidan to‘langan QQS summalarini qaytarish bo‘yicha “tax free” tizimi joriy etildi.

📍Bugungi kunda Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand, Farg'ona xalqaro aeroportlarida xizmat ko'rsatish punktlari faoliyat olib bormoqda.

🔸“tax free” qaysi mahsulotlarga tatbiq etiladi?
🔸Qancha miqdorda xaridni amalga oshirish lozim?
🔸Chet el fuqarolari "tax free"dan qanday foydalanishi mumkin?
🔸To‘langan soliq summalari qachon qaytariladi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free

✈️2023-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand, Farg'ona xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O'zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda ular tomonida to'langan QQS summalarini qaytarish bo'yicha "TAX FREE" tizimi joriy etildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Mahallabay
#obodonlashtirish

4- yanvar kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan qator mutasaddilar bilan birgalikda ertalabki yo'riqnoma o'tkazildi. Uchrashuv davomida aholi kayfiyatiga ta'sir qiluvchi muammolarni bartaraf etish, muntazam atrof-muhit tozaligini ta'minlash va nazorat qilish, fuqarolar muammolarini birma-bir, xonadonma-xonadon yurgan holda o'rganish, iste'mol uchun yaroqsiz bo'lgan dori vositalarini ishlatmaslik va sotuvga chiqarmaslik yuzasidan mas'ullarga tegishli tushuntirish va topshiriqlar berildi.

Xususan, kunning ikkinchi yarmida bajarilishi belgilangan ishlar yuzasidan bir qator tuman mahallalarida obodonlashtirish harakatlari boshlab yuborildi. Zero, e'tibor va mas'uliyat barcha maqsad va vazifalarning eng ilg'or yechimidir!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Savdo_yarmarkasi
#Narx_navo
#Bektemir

Ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan barcha dehqon bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Xususan, Bektemir tumanidagi Qo'yliq dehqon bozorida ham 13 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining arzon narxdagi savdosi yo'lga qo'yilgan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va boshqa mas'ul tashkilotlar yarmarkadagi narx-navoning barqarorligini ta'minlash maqsadida hamkorlikda faoliyat olib borishmoqda.

Narxlardan xaridorlar mamnun, sotuvchilar ham xalqimizga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berishga o'z hissalarini qo'shayotganlaridan xursand. Ushbu yarmarkalar esa xalqimizga yil davomida xizmat qiladi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB