TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.7K photos
1.34K videos
74 files
5.18K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Uchtepa #korrupsiya

Erkin, huquqiy va demokratik jamiyatning shakillanishida korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu illatga barham berish eng ustuvor masalalardan biridir. Bu borada mamlakatimizning barcha davlat organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ko'plab tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Uchtepa tumani soliq xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiya atalmish jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) uchun imtiyozlari

Yuridik shaxslar:

👉
Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan QTEM qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad uchun foyda solig‘i 0% stavkada qo'llaniladi.
👉Mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan belgilangan muddatga ozod qilinadi.

Jismoniy shaxslar:

👉Mol-mulk solig‘i summasi kamaytiriladi (2 BHMdan oshmaydigan summaga).
👉Yer soligʻi summasi kamaytiriladi (1 BHMdan oshmaydigan summaga).
👉"Quyoshli xonadon" dasturi bo‘yicha subsidiya oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd soʻm soliq toʻlagan

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

To’langan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

🔹Meta - 41,7 mlrd so'm;
🔹Google - 29 mlrd so'm;
🔹Apple - 27,3 mlrd so'm;
🔹Amazon - 4,1 mlrd so'm;
🔹Вooking.соm - 3,6 mlrd so'm;
🔹Netflix - 1,4 mlrd so'm;
🔹Zoom - 1,4 mlrd so'm;
🔹Acca - 1,2 mlrd so'm;
🔹Xsolla - 966,7 mln so'm;
🔹TikTok - 903 mln so'm.

Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
👉Soliq kodeksi 281-modda
______________
#цифровизация #налоговые_поступления

Иностранные компании, оказывающие электронные услуги в Узбекистане, уплатили почти 116 млрд сумов налогов

В 2024 году 63 иностранные компании, оказывающие электронные услуги на территории Узбекистана, уплатили 115,8 млрд сумов налогов. Это в 1,5 раза больше в сравнении с 2023 годом.

99,9% уплаченных налогов приходится на 10 иностранных компаний, оказывающих электронные услуги:

🔹Meta - 41,7 млрд сумов;
🔹Google - 29 млрд сумов;
🔹Apple - 27,3 млрд сумов;
🔹Amazon - 4,1 млрд сумов;
🔹Вooking.соm - 3,6 млрд сумов;
🔹Netflix - 1,4 млрд сумов;
🔹Zoom - 1,4 млрд сумов;
🔹Acca - 1,2 млрд сумов;
🔹Xsolla - 966,7 млн сумов;
🔹TikTok - 903 млн сумов.

Иностранные юридические лица, оказывающие услуги в электронной форме представляют налоговую отчетность и уплачивают налоги не позднее 20-го числа месяца, следующего за истекшим кварталом.
👉ст.281 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Vaqtni o‘zingga bo‘ysundirmoqchimisan, bir daqiqani ham behuda o‘tkazma.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga katta to'siq unga qarshi birga ko'rashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.

Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirobod tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bilasizmi

Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?


Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

2024-yilda soliq organlarida 606 mingta ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi

Ushbu shartnomalar bo'yicha 799,5 mlrd so'm soliqlar hisoblangan.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 438,3 ming ijara shartnomasi asosida 503,4 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2023-yilga nisbatan ijara shartnomalari soni 13,3 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 4,5 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 167,7 ming ijara shartnomasi asosida 296,1 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2023-yilga nisbatan ijara shartnomalari soni 15,7 % va hisoblangan soliq summasi 7,7 %ga oshgan.

Uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. 2024-yilda daromad solig‘idan 63,3 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 115,6 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 144 801 nafarni tashkil etdi.
______
#e_ijara

В 2024 году в налоговых органах зарегистрировано 606 тысяч договоров аренды

По этим договорам начислено 799,5 млрд сумов налогов.

На основании 438,3 тысяч договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 503,4 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с 2023 годом количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 13,3%, а сумма начисленного налога - на 4,5%.

На основании 167,7 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 296,1 млрд сумов налогов. В сравнении с 2023 годом количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 15,7%, а сумма начисленных налогов - на 7,7%.

Владельцы имущества, которые сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. В 2024 году сумма примененной ими льготы составила 63,3 млрд сумов. Со студентами заключено 115,6 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 144 801.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

Soliq majburiyatlarini taminlashda qanday yangiliklar kiritildi

JAVOB:


Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 107-moddasiga asosan, soliqlarni to'lash majburiyati mol-mulk garovi bilan taminlanishi mumkin. Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qoyuvchi o'rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to'lovchining o'zi yoki uchinchi shaxs garovga qoyuvchi bolishi mumkin. Soliq to'lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to'lash bo'yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qoyilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik togrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontoxur #korrupsiya

🔷Korrupsiya – bu illat

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, 29-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Shayxontohur tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 12 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan


2024-yilda 10 826 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 12 mlrd 182 mln so‘m (12 million 182 ming 090 kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Xorazm viloyati - 2,8 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,9 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,4 mlrd so‘m.

💳Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

👉Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun imtiyozlar
__________
#солнечный_дом

Установившим солнечные панели выдано более 12 млрд сумов субсидии

В 2024 году 10 826 физических лиц воспользовались действующей программой и получили субсидии из Государственного бюджета в размере 12 млрд 182 млн сумов за солнечную энергию, переданную в электрические сети (12 млн 182 тысячи 090 кВт/ч).

Наибольшая часть субсидий приходится на следующие регионы:

📍Хорезмская область - 2,8 млрд сумов;
📍Республика Каракалпакстан - 1,9 млрд сумов;
📍Город Ташкент - 1,4 млрд сумов.

💳Субсидию можно перевести на банковскую карту в мобильном приложении Soliq через услугу "Кешбэк и льготы", раздел "Солнечный дом" в окне "Перевод на карту".

📎Напоминаем, с 1 апреля 2023 года по программе "Солнечный дом" за каждый киловатт/час электрической энергии, произведенной на солнечных панелях, установленных на принадлежащих физическим лицам объектах, излишки от собственного потребления которой переданы в единую электроэнергетическую систему, выделяется по 1 000 сумов субсидии из Государственного бюджета.

👉Льготы за возобновляемые источники энергии

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shokirjonov news
Яқиндан бошлаб ҳайдовчилар ўз ёнида ҳайдовчилик гувоҳномаси, автомашинанинг техпаспорти ва ID карта (яшил паспорт) ни олиб юришга мажбур бўлмайди

2025 йилнинг 1 июнидан бошлаб юқорида саналган ҳужжатларнинг электрон версиясини ЙПХ ходимларига кўрсатиш мумкин бўлади.

Шунингдек, банклар, нотариуслар, вокзаллар ва аэропортларда ички рейсларда уларни телефондан кўрсатиш етарли бўлади.

Энг яхшиси — Soliq.uz иловасини телефонингизга ўрнатиб олинг. Унда паспорт, ҳайдовчилик гувоҳномаси, сизга тегишли автотранспорт воситалари ҳақида маълумотлар чиқади.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Zamonaviy loyihalar va ilg'or tashabbuslar istiqbollari muhokama qilindi


Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bunyodkorlik ishlari, mahalliy tadbirkorlarning yangi tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi, bu yerda yaratilayotgan zamonaviy infratuzillma va loyihalarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, Soliq qo'mitasi Raisi Navbahor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Agrocenter" MChJga qarashli issiqxona va u yerda sifatli pomidor mahsulotlarini yetishtirishda eng ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni o'rgandi. Tadbirkorning yangi biznes loyihalari, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Navbahor tumanidagi o'simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Pure Nature Oils" MChJ bo'ldi. Qo'mita Raisi tadbirkorning o'z biznesini yanada rivojlantirish yo'lidagi izlanish va tashbbuslari hamda eksport loyihalarini qo'llab-quvvatladi.

Shundan so‘ng Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida Navoiy viloyati soliq boshqarmasida xodimlar faoliyati samaradorligi, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Korxonabay” ishlash tizimida joriy oyda KPI past bo‘lgan 2 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodimga ogohlantirish berildi.

Yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads