TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.07K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joriy yilning 14-yanvar kuni Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek, Yashnobod, Chilonzor, Olmazor, Sergili va Mirobod tumanlarida istiqomat qilgan marhum xodimlarning oilalari holidan xabar olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bayramingiz muborak bo'lsin, Aziz Vatan himoyachilari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: diqqat, intizom va harakat.

Jaloliddin Rumiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 января 2025 года - последний день

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #raqamli_markirovka

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 110,8 mingdan oshdi

2025-yilning 13-yanvar holatiga Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga 110 897 nomdagi mahsulotlar kiritildi.

Raqamli markirovkalash mahsulotlar kesimida:
▫️Alkogol mahsulotlari - 13 031 ta;
▫️Tamaki mahsulotlari - 11 401 ta;
▫️Pivo mahsulotlari - 1 653 ta;
▫️Maishiy texnika - 67 550;
▫️Dori vositalari va tibbiy buyumlar - 12 022;
▫️Suv va salqin ichimliklar - 5 240 ta.

Markirovkalangan mahsulotlar soni bo'yicha yetakchi hududlar – TOP-5:
📍Toshkent shahri – 88 977;
📍Toshkent viloyati – 8 780;
📍Samarqand viloyati – 3 929;
📍Namangan viloyati – 2 158;
📍Farg‘ona viloyati – 1 689.

👉 Integrator kompaniyalar
__________
#цифровизация #цифровая_маркировка

Промаркировано свыше 110 тысяч наименований продукции

По состоянию на 13 января 2025 года в Национальном каталоге маркированной продукции 110 897 наименований продукции.

Цифровая маркировка в разрезе продукции:
▫️алкогольная продукция - 13 031;
▫️табачные изделия - 11 401;
▫️пивная продукция - 1 653;
▫️бытовая техника - 67 550;
▫️лекарственные средства и медицинские изделия - 12 022;
▫️вода и прохладительные напитки - 5 240.

Среди регионов по числу маркированной продукции лидируют
:
📍г.Ташкент - 88 977;
📍Ташкентская область - 8 780;
📍Самаркандская область - 3 929;
📍Наманганская область - 2 158;
📍Ферганская область - 1 689.

👉 Компании-интеграторы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Yuridik shaxslar 2025-yil uchun mulk solig'i bo‘nak to'lovlari ma'lumotnomasi va yer solig‘i hisobotini qachon taqdim etadi?

Когда юрлица сдают справку об авансовых платежах по налогу на имущество и отчетность по земельному налогу за 2025 год?
Anonymous Quiz
11%
10-yanvardan kechiktirmay / не позднее 10 января
23%
15-yanvardan kechiktirmay / не позднее 15 января
66%
20-yanvardan kechiktirmay / не позднее 20 января
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #YTT

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

2025-yil 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 283 866 nafarga yetdi.
Shundan:
82,9 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
16,2 % – AOS to‘lovchi;
0,9 % – QQS to‘lovchi.

2024-yilda 148 713 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?
🔹chakana savdo 134 910
🔹hunarmandchilik 23 631
🔹maishiy xizmat koʻrsatish 29 453
🔹boshqa faoliyat turlari 95 872

👉 Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?
___________
#цифровизация #ИП

Индивидуальные предприниматели, осуществляющие свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 января 2025 года в Узбекистане 283 866 индивидуальных предпринимателей. Из них:
82,9% – плательщики налога на доходы в фиксированном размере;
16,2% – плательщики налога с оборота;
0,9 % – плательщики НДС.

В 2024 году зарегистрировалось 148 713 индивидуальных предпринимателей.

В каких сферах осуществляют деятельность индивидуальные предприниматели?
🔹розничная торговля – 134 910
🔹ремесленничество – 23 631
🔹бытовое обслуживание – 29 453
🔹другие виды деятельности – 95 872

👉 Как стать индивидуальным предпринимателем?

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi

2025-yil 1-yanvar holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,5 % ga (1,9 mln nafar) ortiq.

📊Oʻsish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (01.12.2024-yilga nisbatan):
🔸
maishiy xizmatlar – 104,3 % (976 mingta);
🔸ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish – 94,6 % (203,1 mingta);
🔸axborot-kommunikatsiya – 87 % (55,7 mingta).
_____
#цифровизация #самозанятость

Динамика роста числа самозанятых

По состоянию на 1 января 2025 года число самозанятых превысило 4,4 млн. Это на 76,5% (1,9 млн) больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

📊Отрасли с самыми высокими показателями роста (в сравнении с 01.01.2024 года):
🔸
бытовое обслуживание – 104,3% (976 тыс.);
🔸производство и обслуживание – 94,6% (203,1 тыс.);
🔸информационно-коммуникационные услуги – 87% (55,7 тыс.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

Import qilingan tovar uchun 2-marta NDS to'lanadimi?

JAVOB:


Import qilingan tovar uchun 2-marta QQS to'lanmaydi.Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 255-moddasiga ko'ra Ozbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo'lgan tovarlar xizmatlar soliq to'lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to'lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi halol biznesni rag'batlantirishga asoslanadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan edi.
👉PQ-39-son, 23.01.2024-y.

Tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

2025- yil 15- yanvar holatiga Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan holda jami 96.663 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda va bulardan

“AAA”- 508, “AA”- 1 204, “A”- 1 637 ta

“BBB”- 5 697, “BB” - 9 352, “B”- 11 871 ta

“CCC”,- 6 522, “CC”-19 951, “C”-15 840 ta

“D”-24 081
nafarni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

O‘tkazilgan soliq auditi natijalari

2024-yilda soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,4 %ida oʻtkazilgan.

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 2 146 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (520,6 ming) 0,4 foizini tashkil etadi.

▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 6 185,4 mlrd soʻm;
▫️Soliq auditida aniqlanlangan summa – 6 217,2 mlrd soʻm.

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
▪️
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 3 874,7 mlrd soʻm (62,3%);
▪️qurilish sohasida – 978,2 mlrd soʻm (15,7%);
▪️ishlab chiqarish sohasida – 496,7 mlrd soʻm (8%);
▪️xizmat koʻrsatish sohasida – 365 mlrd soʻm (5,9%);
▪️transport sohasida – 231,8 mlrd soʻm (3,7%);
▪️qishloq xoʻjaligi sohasida – 133 mlrd soʻm (2,2%);
▪️boshqa sohalarda – 137,8 mlrd soʻm (2,2%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 783 ta soliq toʻlovchida 12 420,3 mlrd soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:
🔸458 ta subyektda 6 073,2 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
🔸181 ta subyektda 3 033,7 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
🔸144 ta subyektda 3 313,4 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 5 271,9 mlrd soʻmning 1 282,4 mlrd soʻmi (24,3%) toʻlab berildi.
__________
#цифровизация #налоговый_аудит

Результаты проведенных налоговых аудитов

В 2024 году налоговые аудиты охватили только 0,4% от общего числа налогоплательщиков.

Органами налоговой службы проведены налоговые аудиты в отношении 2 146 субъектов предпринимательства с высоким риском неуплаты налогов. Это 0,4% от общего числа налогоплательщиков (520,6 тыс.), осуществлявших деятельность в этот период времени.

▫️Сумма выявленного налогового риска – 6 185,4 млрд сумов;
▫️Сумма, выявленная в ходе налогового аудита – 6 217,2 млрд сумов.

Выявленные в ходе налогового аудита суммы в разрезе отраслей:
▪️торговля и общественное питание – 3 874,7 млрд сумов (62,3%);
▪️строительство – 978,2 млрд сумов (15,7%);
▪️производство – 496,7 млрд сумов (8%);
▪️обслуживание – 365 млрд сумов (5,9%);
▪️транспорт – 231,8 млрд сумов (3,7%);
▪️сельское хозяйство – 133 млрд сумов (2,2%);
▪️другие отрасли – 137,8 млрд сумов (2,2%).

В ходе проведенных налоговых аудитов выявлено, что у 783 налогоплательщиков была сокрыта налоговая база в размере 12 420,3 млрд сумов:
🔸у 458 субъектов не отражена реализация товаров на сумму 6 073,2 млрд сумов;
🔸 у 181 субъектов во время проведения инвентаризации товар на сумму 3 033,7 млрд сумов отсутствовал на складе или в месте продажи;
🔸 у 144 субъектов хранились и (или) реализовывались неоприходованные товары на сумму 3 313,4 млрд сумов.

На сегодняшний день из 5 271,9 млрд сумов налогов, подлежащих уплате, уплачено 1 282,4 млрд сумов (24,3%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

O‘tgan yil davomida soliq huquqbuzarliklari haqida 99 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yilda “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 99 128 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹90 216 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹4 273 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹212 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹4 427 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 54 435 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

🔍Murojaatlar asosida 37 897 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 33 053 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 22,8 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
______
#цифровизация
#налоговая_проверка

Более 99 тысяч обращений о налоговых правонарушениях направлено за прошлый год

В 2024 году через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq поступило 99 128 обращений о налоговых правонарушениях.
Из них:
🔹90 216 обращений о невыдаче чека;
🔹4 273 обращения об отказе принять к оплате пластиковую карту;
🔹212 обращений о завышении цены товара при оплате пластиковой картой;
🔹4 427 обращений о других видах правонарушений.

Отклонено 54 435 обращений, которые либо являются повторными, либо в отношении субъекта предпринимательства, на которого поступила жалоба, уже проводится проверка.

🔍На основании обращений проведено 37 897 выездных налоговых проверок, в 99% случаев правонарушения подтвердились.

Гражданам, сообщившим о налоговых правонарушениях, в 33 053 случаях выплачены вознаграждения (20% от суммы взысканного штрафа) в размере 22,8 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Surxondaryo viloyatidagi eksportyor korxonalar vakillari bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar vakillari o‘z faoliyatlarida bugungi kunda erishilgan natijalar, yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va tashqi bozorga chiqish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga transport-logistika bilan bog‘liq masalalarda zarur yordam ko‘rsatish orqali eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda uchrayotgan ayrim to‘siq va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Termiz shahrida joylashgan Xalqaro savdo markazi qo‘shni Afg‘oniston bilan savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim strategik ahamiyatga ega hudud sanaladi. Bu yerda eksportyorlar bilan birga xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi, biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

Navbatdagi manzil - Qumqo‘rg‘on tumanidagi Jayxun klasterida ishga tushirishga tayyorlanayotgan to‘qimachilik korxonasi. Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan, hudud iqtisodiy potensialini ko‘tarishda shuningdek, mahalliy aholining bandligini ta’minlashda mazkur klasterning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi.

Bu kabi uchrashuvlar yengil sanoat sohasida yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarning amalga oshishida hamda eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar safining yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads