TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12.8K photos
1.35K videos
74 files
5.22K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#elon #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayni damlarda soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar boshlandi.

Mazkur seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirok etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

🔹“Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, seminar bo'lib o'tdi.

Xususan, poytaxtimizning Uchtepa tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati va mas'ullari tomonidan joriy yilning 13-yanvar kuni 2025-yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan 150 nafarga yaqin tadbirkorlarga ma'lumot berildi.

🔹Seminarda ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mas'ullar tomonidan atroflicha javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxus qo‘llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar

Nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug'ullanuvchilar foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi


Uchtepa tumanida soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan seminar o'tkazildi. Soliq qo'mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati va mas'ullari tomonidan 2025 yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan tadbirkorlarga ma'lumot berildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar

Ahd-vafoni ajdodlardan o‘rgangay –
El-u yurtim degan, ko‘ksi qalqonlar,
Mudom sharaf-u shonga burkangay –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Yuragida nomus bo‘lar, or bo‘lar,
Mag‘rurlikda lochin bo‘lar, sor bo‘lar,
Orzulari tog‘dek ulug‘vor bo‘lar,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Bo‘stoniga quzg‘un-zog‘ni yo‘latmas,
Qo‘rg‘onining bir toshin ham qulatmas,
Ichgan qasam, aytgan so‘zidan qaytmas,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Suvlar kechsa hamki, etik yechmagay,
Yovuzlarning hiylasiga uchmagay,
Jondan kechsa hamki, yurtdan kechmagay,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Toki bordir, mard, jasur posbonlari,
Musaffodir hur Vatan osmonlari.
Omon bo‘lsin, el fidoyi jonlari –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar

🔹Uchtepa tumanida “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, seminar bo'lib o'tdi.

👉MANBA👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#soliq_siyosati_2025

🔹Poytaxtimizning Uchtepa tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati va mas'ullari tomonidan joriy yilning 13-yanvar kuni 2025-yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan 150 nafarga yaqin tadbirkorlarga ma'lumot berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o‘z oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir.

Alisher Navoiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads