TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq – cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.

Konfutsiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-yanvar

dekabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)
.
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 января 2025 года - последний день

за декабрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#savol_javob

SAVOL:

Qaysi muddatlarda ijtimoiy soliq bo'yicha hisobot beriladi va to'lanadi?

JAVOB:


Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 407-moddasiga asosan ijtimoiy soliq bo'yicha soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo'yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi. Soliqni to'lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#aksiz_soligi

2025-yil uchun aksiz solig'i stavkalari:
👉Tamaki mahsulotlari
👉Alkogol mahsulotlari
👉Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar

2025-yil 1-yanvardan boshlab telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko'rsatuvchi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari aksiz solig‘ini to‘lamaydilar.
👉Soliq kodeksining 283-moddasi
__________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на 2025 год:
👉Табачная продукция
👉Алкогольная продукция
👉Нефтепродукты и другие подакцизные товары

С 1 января 2025 года юридические лица РУз, оказывающие телекоммуникационные услуги мобильной связи (подакцизные услуги), не платят акцизный налог.
👉ст.283 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #imtiyoz

Xususiy bog'cha va maktablar uchun maqsadli imtiyozlar

2030-yil 1-yanvargacha:

🏫Xususiy bog'cha va maktablar barcha soliqlar va yig'imlardan ozod qilingan.
❗️Ijtimoiy soliqdan tashqari.

Imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar quyidagilarda foydalanishi kerak:
▫️zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash;
▫️zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish;
▫️binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash;
▫️shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun.

👉 Soliq kodeksi 483-modda 64-qismi

Imtiyoz kodlari:
ID 104218 – QQS
ID 104219 – foyda solig'i
ID 104220 – AOS
ID 104221 – mol-mulk solig'i
ID 104222 – yer solig'i
ID 104223 – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

👩‍🏫Xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan chet el o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilingan.
👉 Soliq kodeksi 483-modda 67- va 68-qismlari

Imtiyoz kodlari:
ID 104224 - JShODS
ID 104225 - ijtimoiy soliq

Imtiyozlardan foydalanish uchun my3.soliq.uz orqali murojaat yuborish kerak.
Muhim❗️"Hujjat turi" qatoridan "Soliq kodeksi"ni tanlash kerak.
👉 Murojaat yuborish bo'yicha qo‘llanma
__________
#налоговая_политика_2025
#льготы

Целевые льготы для частных детсадов и школ

До 1 января 2030 года:

🏫Частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов.
❗️Кроме социального налога.

Высвобождаемые средства должны целенаправленно использоваться для:
▫️оснащения современными учебными пособиями,
▫️приобретения необходимых товаров и оборудования,
▫️реконструкции и капитального ремонта зданий и сооружений,
▫️предоставления бесплатных образовательных услуг социально уязвимым слоям населения.

👉ч.64 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104218 - НДС
ID 104219 - налог на прибыль
ID 104220 - налог с оборота
ID 104221 - налог на имущество
ID 104222 - земельный налог
ID 104223 - налог за пользование водными ресурсами

👩‍🏫Зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.
👉ч.67-68 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104224 - НДФЛ
ID 104225 - соцналог

Чтобы воспользоваться льготами, нужно подать обращение через my3.soliq.uz.
Важно❗️В строке "Тип документа" следует выбрать "Налоговый кодекс".
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yunusobod #sayyor_qabul

Murojaatlarga ijobiy yechim topilmoqda


🔹Aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida xalq orasiga kirishini ta’minlaydigan sayyor qabullar muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, Joriy yilning 9-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi Akbarobod mahallasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida 30 nafar aholining murojaatlari tinglanib, 9 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga "Ayollar daftariga" kiritish masalasi mahalla yettiligi bilan joyida hal etildi. Shuningdek, 2 nafar murojaatchiga davolanish uchun orderlar taqdim etildi, 2 ta fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi hal etilgan bo'lsa, qolaversa yana 2 nafar fuqaroga kommunal to'lovlari to'lab berildi.

🔹Qolgan vaqt talab etiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #sayyor_qabul

🔹 Joriy yilning 9-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi Akbarobod mahallasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#My5 #Tv

🔸Talabalar bilan ijara shartnomasini tuzgan fuqarolar daromad solig'idan ozod etiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram