TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.3K photos
1.31K videos
73 files
4.98K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Saxovat_va_komak
#Bektemir
#Sergeli

Fuqarolarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Toshkent shahar davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko'mak berish ishlari qizg'in davom etmoqda.

Ushbu tadbirlar davomida "temir daftar" va "ayollar daftari"da ro'yxatga olingan fuqarolarning xonadonlariga borib holidan xabar olindi. Bundan tashqari ularga oziq-ovqat mahsulotlari va maxsus bayram sovg'alari berildi.

Zero, har bir mas'ul xodimlarning eng asosiy vazifasi xalq manfaatlari, yurtimiz tinchligi, farovonligi va yuksalishi yo'lida xizmat qilishdir. Shunday ekan bayramona kayfiyat har bir yurtdoshlarimizga hamroh bo'lsin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

💳bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilmaydigan;

📍onlayn-NKM geolokatsiyasi soliq organlarida ko‘rinmaydigan
(virtual kassalar va onlayn-NKM sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

🛒chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan.
👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉Onlayn-NKM va 2D-skanerlardan foydalanuvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar 01.01.2023-yilga qadar amal qiladi.
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
____________
#онлайн_ККМ

С 1 января 2023 года в денежных расчетах с населением запрещается использовать онлайн контрольно-кассовую технику, у которой отсутствуют следующие возможности:

💳
принимать платежи с банковских карт;

📍
представлять налоговым органам информацию о местонахождении онлайн-ККМ
(за исключением терминалов по приему банковских карт, используемых в качестве виртуальных касс и онлайн контрольно-кассовых машин);

🛒для субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную продажу продукции — самостоятельно считывать и идентифицировать штрих-коды и коды цифровой маркировки.
👉№ ПП-5252 от 04.10.2021 г.

👉 Льготы, предоставленные для пользователей онлайн-ККМ и 2D-сканеров, действуют до 01.01.2023 года
👉 Как отражаются льготы в налоговой отчетности

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Toshkent_shaharDSB

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov soliq tizimi xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabrikladi. Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan uchrashuvda ortda qolgan yil yakuni muhokama qilinib, yangi yilda yangicha shijoat va fidoiylik bilan ishlash, shuningdek Prezidentimizning Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida soliq tizimi xodimlariga belgilab berilgan vazifalarni bekamiko'st bajarish zarurligi ta'kidlandi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shahar_DSB
#2023_yil

Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yilda sizlarga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt va hotirjamlik, ish faoliyatingizda esa muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman. Yakunlanib borayotgan 2022-yilda yurtimizda tadbirkorlar uchun prezidentimiz tomonidan imtiyozlar va yengilliklar berildi. O'z navbatida davlat soliq tizimi xodimlari uchbu yangiliklarni tadbirkorlarga yetkazish hamda ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritdi.

Muhtaram yurtboshimizning 2022-yil 20-dekabrida Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida yangi 2023-yilda ham tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda xorijiy investorlarni keng jalb etishga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur murojaatnomadan so'ng Toshkent shahar davlat soliq idoralari tomonidan yurtimizga investorlarni jalb qilish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan muborakbod etaman. Xalqimiz farovonligi, vatanimiz rivoji va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti yo'lidagi mashaqqatli mehnatingizga ulkan zafarlar yor bo'lsin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, Yunusjon Nasimdjanov
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Sh.Kudbiyev 2020-yilning may oyidan Davlat soliq qo‘mitasini boshqarib kelayotgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi jamoasi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi !

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Bayram

Hurmatli yurtdoshlar !

Sizlarni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoasi nomidan kirib kelayotgan 2️⃣0️⃣2️⃣3️⃣-yil bilan muborakbod etamiz❗️

Yangi yilda sizlarga yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Dasturxoningizdan qut-baraka, uyingizdan fayz, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Kelayotgan 2023-yil unutilmas va shirin xotiralarga boy bo'lsin.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoasi.

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Yuridik_va_jismoniy_shaxslarga_soliq_solish_hamda_bojxona_imtiyozlarini.pdf
208.7 KB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish hamda bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Moliya vazirligining axborot xabari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun qator soliq stavkalari 1% etib belgilanadi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔸*5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi (YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi);

🔸yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summani 1%i miqdorida toʻlaydi;

🔸*4-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun AOSning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilanadi.

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:

▫️4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻiga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;
▫️YаTTlar uchun
qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.

* yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Har bir yil inson, jamiyat, davlat hayotida turlicha iz qoldiradi. Yil so‘ngida esa erishilgan natijalar, o‘tgan daqiqalarni sarhisob qilish imkoni bo‘ladi.

Mana daqiqa sayin oxirlab borayotgan 2022-yil so‘ngida soliq organlaridagi faoliyatim yakuniga yetdi.
Bu yerdagi faoliyatimni tahlil qilib, ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, soliq organlarida ahil va katta jamoa bo‘lib shakllana oldik. Sadoqatli va o‘z kasbining bilimli vakillaridan iborat jamoa bilan yurtimiz ravnaqi, xalqimizni rozi qilish yo‘lida hamjihatlikda ishladik.

Soliqdagi raqamlashtirish jarayonini jadal davom ettirdik. Soliq to‘lovchilar va soliq organlarining o‘zaro ishonchga asoslangan yaqin hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Natijada soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida ochiq va shaffof konstruktiv muloqot maydoni yaratildi.

QQS maʼmurchiligining inson omilisiz boshqarilishi, jamoatchilikni jalb qilgan holda, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomiga rioya etilishi bo‘yicha rag‘batlantirish institutining (“Keshbek” va “Soliq hamkor” tizimi) joriy etilishi aholi va tadbirkorlik subyektlarining faolligini oshirib, yashirin tovar aylanmalarini soyadan chiqarish orqali soliq tushumlarini sezilarli darajada o‘sishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatdi.

Natijalar albatta, muhim va barcha uchun qiziq. Shuni inobatga olgan holda, soliq maʼmurchiligining tendensiyalarini keng ommaga sodda tarzda yetkazish maqsadida fiskal tahlillarni eʼlon qilishni joriy etdik.

Har doim har bir yo‘nalishda ilg‘or va obyektiv bo‘lishga intildik. Respublikada birinchilardan bo‘lib, meritokratik tamoyil asosida ochiq kadrlar siyosatini yo‘lga qo‘ydik. Soliq organlarida yagona kadrlar siyosatining yuritilishi kadrlarni samarali boshqarish va salohiyatini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantirish va bo‘sh ish o‘rinlarini o‘z vaqtida to‘ldirishda katta qadam bo‘ldi.

Buni, soliq organlari tomonidan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizning amaliy ifodasi deyish mumkin.

Shu bilan birga, bu davrda yakunlanmay qolgan ayrim g‘oyalarimiz va loyihalarimiz ham yo‘q emas. Men ishonch bilan ayta olamanki, Soliq qo‘mitasining hamjihat jamoasi bu ishlarni yakuniga yetkazib, bundanda yuksak marralarni zabt etadi.

Zero, erishgan barcha yutuqlarimizda lavozimidan qatʼi nazar, rahbardan tortib eng chekka tuman inspektori bo‘lsin har bir xodimning hissasi bor.

Hurmatli hamkasblar, men uchun qadrli soliq organlari xodimlari, sohaning sadoqatli va mehnatsevar jonkuyarlari, zamonaviy bilimlarga ega yoshlar va xotin-qizlarimiz Sizlarga birgalikdagi samarali faoliyat uchun chin yurakdan minnatdorlik bildiraman.
Bundan salkam uch yil avval Davlatimiz rahbari tomonidan katta ishonch bildirilib, Davlat soliq qo‘mitasida faoliyat boshlagan edim. O‘tgan davr mobaynida Sizlarning sadoqatli va mashaqqatli mehnatlaringiz bilan mana shu ishonchni oqladik deb ayta olaman.

Bugun Muhtaram Prezidentimiz tomonidan menga yana bir bor yuksak ishonch bildirilib, Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida faoliyatimni davom ettirish oldidan bu juda katta masʼuliyat va javobgarlik ekanini yaxshi anglab turibman.

Keyingi faoliyatimda ham Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan davlatimiz siyosatini qo‘llab-quvvatlashga va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz roziligi yo‘lida yangi mehnat jamoasi bilan sidqidildan xizmat qilishga vaʼda beraman va buni muqaddas burch deb bilan.

Aslida eng katta baxt – oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasblarimiz davrasida, sog‘likda, qanday lavozimda bo‘lmasin, Yangi O‘zbekistondagi islohotlar ishtirokchisi sifatida yangi manzillar, yangi marralar sari sadoqat bilan Vatanga xizmat qilishdir.

Fursatdan foydalanib, kirib kelayotgan Yangi yil bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman. Yangi yilda yangi omad va zafarlar tilayman.
Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kudbiyev Sherzod Davlyatovich