TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Sergeli
#Sahovat_va_komak

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarni qo'llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy ko'mak berish qadryatga aylanib ulgurgan. Bu kabi savobli ishlar yangi yil bayrami oldidan ham amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy inspeksiyalari ham o'z hissasini qo'shmoqda.

Xususan, Sergeli tumani 4-sektor rahbari boshchiligida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi kam ta'milangan oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, bolalarga bayram sovg'alari tarqatildi.

Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar insonparvarlikning yana bir ko'rinishi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Savol_javob

Savol:
Qurilish tashkilotining balansida keyinchalik sotish uchun mo‘ljallangan turar joy ko‘chmas mulk ob’yektlari mavjud. Mazkur ob’yektlar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq solish ob’yektlari hisoblanadimi?

Javob:

Qurilish tashkilotining balansida keyinchalik sotish uchun mo‘ljallangan turar joy ko‘chmas mulk ob’yektlari, mazkur ob’yektlar foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq solish ob’yektlari deb e’tirof etiladi va soliqqa tortiladi O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksi 411-modda 2-qism 4-band.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#MXIK

Soliq to'lovchiga yordam❗️

👉 Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) uchun tasnif.soliq.uz da onlayn-ariza qoldirish
👉 Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi
👉 Mavjud MXIK o‘rniga “yangilangan” MXIKlarini ishlatish tavsiya etiladi
👉 Qurilish sohasi va maishiy xizmatlar uchun MXIK
👉
Bank xizmatlari uchun MXIK
👉 Umumiy ovqatlanish sohasi uchun MXIK
👉 MXIKlarga biriktirilgan o‘lchov birliklarini qanday aniqlash mumkin?
👉
EHF rasmiylashtirishda tegishli tovarni realizatsiya qilishdagi o‘lchov birligi va qadoqlarni ko‘rsatish
👉 Xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi
👉 Tovarlarni qadoqlash tartibi bo'yicha videoqo'llanma
👉 Kommunal xizmatlar va xarajatlarni qoplash uchun MXIK
___________________
#ИКПУ

В помощь налогоплательщику❗️

👉 Подать онлайн-заявку для идентификационного кода продукции и услуг (ИКПУ) на tasnif.soliq.uz
👉 Обновлена электронная версия Национального каталога
👉 Если вместо действующего кода ИКПУ предлагается новый
👉 ИКПУ для сферы строительства и бытовых услуг
👉 ИКПУ для банковских услуг
👉 ИКПУ для общепита
👉 Какие единицы измерения прикреплены к используемым ИКПУ?
👉
При оформлении ЭСФ указывайте те единицы измерений и упаковок, в которых реализуете свой товар
👉 Разница единиц измерений "услуга (сум)" и "услуга (раз)"
👉 Видеоинструкция по созданию упаковки товара
👉 ИКПУ для коммунальных услуг и возмещения затрат (расходов)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saxovat_va_komak
#Bektemir
#Sergeli

Fuqarolarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Toshkent shahar davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko'mak berish ishlari qizg'in davom etmoqda.

Ushbu tadbirlar davomida "temir daftar" va "ayollar daftari"da ro'yxatga olingan fuqarolarning xonadonlariga borib holidan xabar olindi. Bundan tashqari ularga oziq-ovqat mahsulotlari va maxsus bayram sovg'alari berildi.

Zero, har bir mas'ul xodimlarning eng asosiy vazifasi xalq manfaatlari, yurtimiz tinchligi, farovonligi va yuksalishi yo'lida xizmat qilishdir. Shunday ekan bayramona kayfiyat har bir yurtdoshlarimizga hamroh bo'lsin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

💳bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilmaydigan;

📍onlayn-NKM geolokatsiyasi soliq organlarida ko‘rinmaydigan
(virtual kassalar va onlayn-NKM sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

🛒chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan.
👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉Onlayn-NKM va 2D-skanerlardan foydalanuvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar 01.01.2023-yilga qadar amal qiladi.
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
____________
#онлайн_ККМ

С 1 января 2023 года в денежных расчетах с населением запрещается использовать онлайн контрольно-кассовую технику, у которой отсутствуют следующие возможности:

💳
принимать платежи с банковских карт;

📍
представлять налоговым органам информацию о местонахождении онлайн-ККМ
(за исключением терминалов по приему банковских карт, используемых в качестве виртуальных касс и онлайн контрольно-кассовых машин);

🛒для субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную продажу продукции — самостоятельно считывать и идентифицировать штрих-коды и коды цифровой маркировки.
👉№ ПП-5252 от 04.10.2021 г.

👉 Льготы, предоставленные для пользователей онлайн-ККМ и 2D-сканеров, действуют до 01.01.2023 года
👉 Как отражаются льготы в налоговой отчетности

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Toshkent_shaharDSB

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov soliq tizimi xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabrikladi. Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan uchrashuvda ortda qolgan yil yakuni muhokama qilinib, yangi yilda yangicha shijoat va fidoiylik bilan ishlash, shuningdek Prezidentimizning Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida soliq tizimi xodimlariga belgilab berilgan vazifalarni bekamiko'st bajarish zarurligi ta'kidlandi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shahar_DSB
#2023_yil

Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yilda sizlarga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt va hotirjamlik, ish faoliyatingizda esa muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman. Yakunlanib borayotgan 2022-yilda yurtimizda tadbirkorlar uchun prezidentimiz tomonidan imtiyozlar va yengilliklar berildi. O'z navbatida davlat soliq tizimi xodimlari uchbu yangiliklarni tadbirkorlarga yetkazish hamda ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritdi.

Muhtaram yurtboshimizning 2022-yil 20-dekabrida Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida yangi 2023-yilda ham tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda xorijiy investorlarni keng jalb etishga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur murojaatnomadan so'ng Toshkent shahar davlat soliq idoralari tomonidan yurtimizga investorlarni jalb qilish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan muborakbod etaman. Xalqimiz farovonligi, vatanimiz rivoji va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti yo'lidagi mashaqqatli mehnatingizga ulkan zafarlar yor bo'lsin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, Yunusjon Nasimdjanov
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Sh.Kudbiyev 2020-yilning may oyidan Davlat soliq qo‘mitasini boshqarib kelayotgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi jamoasi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi !

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter