TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #Bektemir
#bayram

Yangi yil bayrami arafasida Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi

🔹“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir hududida ehtiyojmand oilalarga ko'maklashish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan.

❇️Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari o'ziga biriktirilgan Yashnobod va Bektemir tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi. Mazkur oilalarga yangi yil shukuhi ulashilib, bayram sovg'alari taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Savdo sohasidagi korxonalar 22,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-noyabr oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 146 827 ta yuridik shaxs tomonidan 22,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 2,2 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 9,9 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 48,7 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 473,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 874,2 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 509 mlrd so‘m;
▫️aksiz solig‘i - 375,6 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 279,2 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 145,7 mlrd so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i - 40,6 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 7,8 mlrd so‘m.
________
#цифровизация #налоговые_поступления

Организации в сфере торговли уплатили более 22,5 трлн сумов налогов

В январе-ноябре 2024 года 146 827 юридических лиц, осуществляющих деятельность в сфере торговли, уплатили 22,5 трлн сумов налогов. Из них более 2,2 трлн сумов, то есть 9,9%, приходится на 20 организаций. Их общий товарооборот составляет 48,7 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот 473,2 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 874,2 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 509 млрд сумов;
▫️акцизный налог - 375,6 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 279,2 млрд сумов;
▫️социальный налог - 145,7 млрд сумов;
▫️налог на имущество - 40,6 млрд сумов;
▫️
другие налоги - 7,8 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yashnobod
#bayram

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan yangi yil bayrami munosabati bilan Yashnobod tuman soliq inspeksiyasida ishlab kelayotgan faol xodimlarning ota-onalari taqdirlandilar. Tuman soliq inspeksiyasi rahbariyati tomonidan 4 nafar xodimlarning xonadoniga tashrif buyurilib, tashakkurnoma va esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram #Mirzo_Ulugbek
#Yashnobod #Bektemir

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i hamda o'rinbosarlari tomonidan o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek, Yashnobod va Bektemir tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi. Mazkur oilalarga yangi yil shukuhi ulashilib, bayram sovg'alari taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Umumiy ovqatlanish korxonalari 1,2 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan

Joriy yil yanvar-noyabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 532 ta yuridik shaxs tomonidan 1,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 201,4 mlrd so‘mi, ya’ni 16,9 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 3 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 63,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 88,4 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 61,5 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 42,4 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 9,1 mlrd so‘m.
___
#цифровизация #налоговые_поступления

Предприятия общественного питания уплатили почти 1,2 трлн сумов налогов

В январе-ноябре этого года 19 532 юридических лица, осуществляющих деятельность в сфере общественного питания, уплатили более 1,1 трлн сумов налогов. Из них 201,4 млрд сумов, то есть 16,9%, приходится на 20 организаций. Их товарооборот превысил 3 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот - 63,6 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 88,4 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 61,5 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 42,4 млрд сумов;
▫️другие налоги - 9,1 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Noyabr oyida qaysi korxonalarning cheklari ko‘proq ro‘yxatdan o‘tkazildi?

▶️"Anglesey Food” MChJ XK:
3,9 mlnta chek, 5,8 mlrd soʻm keshbek.
▶️“Havas Food” MChJ QK:
1,7 mlnta chek, 885,8 mln soʻm keshbek.
⬆️“Xalq Retail” MChJ:
507,4 mingta chek, 234,7 mln soʻm keshbek.
⬇️“UNG Petro” MChJ:
470,2 mingta chek, 1,3 mlrd soʻm keshbek.
▶️“Darvoza Savdo” MChJ:
421,2 mingta chek, 315,4 mln soʻm keshbek.
▶️“Mak Food Servis” MChJ:
298,6 mingta chek, 230,4 mln soʻm keshbek.
⬆️"Seg Tasco" MChJ:
295,1 mingta chek, 409,6 mln soʻm keshbek.
⬇️ “Cheese Day” MChJ:
257,6 mingta chek, 408,2 mln soʻm keshbek.
⬆️“Namangan istiqlol bog‘i” MChJ:
270,1 mingta chek, 362,1 mln soʻm keshbek.
⬇️ “Best Quality Products” MChJ:
254,2 mingta chek, 194,2 mln soʻm keshbek.
⬇️ “Urban Retail” MChJ:
246,1 mingta chek, 417,3 mln soʻm keshbek.
▶️“International Foodchain” MChJ:
206,2 mingta chek, 214,6 mln soʻm keshbek.
▶️“Grand Pharm Trade” MChJ:
193,1 mingta chek, 211,7 mln soʻm keshbek.
▶️“New Retail” MChJ:
159,3 mingta chek, 46,8 mln soʻm keshbek.
▶️“Magnum Retail” MChJ:
152,4 mingta chek, 161,3 mln soʻm keshbek.
▶️“Nika Farm Servis” MChJ:

134,5 mingta chek, 127,2 mln soʻm keshbek.
⬆️"Energy Oil Group" MChJ:
127,4 mingta chek, 244,7 mln soʻm keshbek.
⬇️“Safia Bakery and Cafe” MChJ:
121,1 mingta chek, 131,7 mln soʻm keshbek.
"Snacky Cookie" MChJ:
95,5 mingta chek, 79,4 mln soʻm keshbek.
⬇️“Delta Max” MChJ:
86,7 mingta chek, 86,4 mln soʻm keshbek.

▶️ reytingda pozitsiyasi saqlanib qolgan
⬆️ reytingda yuqoriga ko'tarilgan
⬇️ reytingda pastga tushgan

reytingda yangi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2024-yil natijalari

Sizning qo'llab-quvvatlashingiz va sohamizga bo'lgan qiziqishingiz sababli yakunlanayotgan yil kanalimiz uchun muvaffaqiyatli bo'ldi:

📈 95 700 obunachi (yil davomida +11 600)

👁‍🗨 Yil davomida 57,2 million marta ko'rildi

🔄 304,7 ming marta bo'lishildi va 6,4 ming qayta ulashildi

Faol ishtirokingiz uchun minnatdormiz. 2025-yilda ham birgalikda olg‘a intilamiz!
____
Итоги 2024 года

Уходящий год стал для нашего канала успешным благодаря вашей поддержке и интересу к нашей работе:

📈 95 700 подписчиков (+11 600 за год)

👁‍🗨 57,2 млн просмотров за год

🔄 304,7 тысяч репостов и 6,4 тысяч перепостов

Мы благодарим вас за активное участие. Продолжаем двигаться вперед вместе в 2025 году!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Oqilona soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning ijobiy natijalari hamda istiqboldagi vazifalar

▶️ Soliq 2024 sarhisobi

Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari hamda raqamlashtirishning natijalari soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi.

📊Budjetga 199,1 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlanib, 2023-yilga nisbatan 20% (+33,1 trln so‘m) o‘sdi;

Tuman va shaharlar budjetiga tushumlar 24% ga oshdi.

Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar:

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va serverlar yangilandi, zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.

Soliq organlarining aloqa infratuzilmasi va axborot xavfsizligi tizimlari modernizatsiya qilindi.

Soliq ma’muriyatchiligi uchun yagona raqamli platforma yaratildi.

Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy qilindi.

Soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati kengaytirildi.

2025-yilning ustuvor yo‘nalishlari:

➡️Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni raqamli transformatsiya orqali yanada yaxshilash;

➡️KPI mezonlari asosida mahallabay va korxonabay ishlash tizimini rivojlantirish:

➡️Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda soliq nazorati instrumentlarini takomillashtirish;

➡️Davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarda xarajatlarni nazorat qilish va soliq monitoringini joriy etish.

📊2025-yilda 224 trln so‘m soliq tushumlarini ta’minlash vazifasi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿Aziz Vatandoshlar!

Yangi yil – katta maqsadlar qo‘yiladigan, beqiyos orzular bilan qarshi olinadigan va ulug‘ rejalar tuziladigan sarhisob fursatidir. Ortda qolgan 2024-yil ham barcha yillar kabi xalqimiz va davlatimiz manfaatlari uchun ezgulik, ijobiy yangilanish hamda rivojlanishlarga boy bo‘ldi.

Kirib kelgan yangi 2025-yil barchamizga yanada ko‘proq baxtli va unutilmas lahzalar bag‘ishlasin, yurtimiz tinch, xalqimiz sog‘-omon, hayotimiz farovon bo'lsin!

🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bayram

🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil

Yangi 2025-yil Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram

Hurmatli yurtdoshlar !

Sizlarni Toshkent shahar soliq boshqarmasi jamoasi nomidan kirib kelayotgan yangi 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣-yil bilan muborakbod etamiz.

Kelgusida sizlarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Dasturxoningizdan qut-baraka, uyingizdan fayz, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Kelayotgan 2025-yil unutilmas va shirin xotiralarga boy bo'lsin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram