TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.91K subscribers
12.4K photos
1.33K videos
74 files
5.09K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi halol biznesni rag'batlantirishga asoslanadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.
👉PQ-39-son, 23.01.2024-y.

Tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

16-dekabr holatiga Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan holda jami 101 872 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda va bulardan

“AAA”- 649, “AA”- 1 542, “A”- 2 085 ta

“BBB”- 6 869, “BB” - 10 574, “B”- 12 612 ta

“CCC”,- 6 405, “CC”-19 245, “C”-15 672 ta

“D”-26
219nafarni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
NNTlar bilan ochiq muloqot

🇺🇿Toshkent shahrida O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi majlislar zalda Toshkent shahar hokimiyati rahbariyatining hududiy NNTlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Adliya boshqarmasi, Statistika va Soliq boshqarmalarining mutasaddilari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi Farmoni ijrosini ta’minlash.
- Mahalliy NNTlarning faoliyat samaradorligini oshirish.
- Davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.


Tadbir davomida davlat organi vakillari tomonidan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, islohotlarni amalga oshirishda NNTlarning roli haqida axborot berildi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi va sohani isloh qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.



Открытый диалог с ННО

🇺🇿В Ташкенте в зале заседаний Национальной ассоциации негосударственных некоммерческих организаций Узбекистана был организован открытый диалог руководства хокимията города Ташкента с региональными ННО.

🇺🇿В мероприятии приняли участие ответственные лица хокимията города Ташкента, Управления юстиции, Управлений статистики и налогов.

Цели встречи:

- Обеспечение исполнения Указа Президента Республики Узбекистан от 26 августа 2024 года.
- Повышение эффективности деятельности местных ННО.
- Укрепление социального партнерства с государственными органами.


В ходе мероприятия представители государственных органов предоставили информацию о роли ННО в развитии свободного гражданского общества в нашей стране и реализации реформ.

Также были выслушаны обращения по проблемам, возникающим в деятельности негосударственных некоммерческих организаций, и внесены предложения по реформированию сферы.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim

Alisher Navoiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor
#yoʻllar_tozalanmoqda
#Yunusobod

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan mahallalar va markaziy koʻchalarida mas’ullar hamda BSK xodimlari tomonidan muzlamalarni oldini olish hamda aholi havfsizligini ta’minlash maqsadida yoʻllarga qum~tuz aralashmasi sepilmoqda.

🔹Xususan, Yunusobod tumanidagi Akrbarobod, Mirzo Ulug'bek va Shayx Shibliy mahallalarining ko'p-qavatli uylar atroflari kirish yo'laklariga qum-tuz aralashmasi sepilib, qorlardan tozalanmoqda.

✔️Bu boradagi ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda amalga oshirilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #foyda_soligi

Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda solig'i summalari bo‘yicha hisobot soliq agenti tomonidan daromadlar to‘langan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
👉Soliq kodeksi 355-modda

📱Onlayn seminarni toʻliq ko'rish

❗️Noyabr oyi uchun hisobotni 20-dekabrdan kechiktirmay taqdim etish lozim.
____________
#онлайн_семинар #налог_на_прибыль

Отчетность по суммам налога на прибыль с доходов нерезидентов представляется налоговым агентом не позднее 20 числа месяца, следующего за месяцем, в котором были выплачены доходы.
👉ст.355 НК

❗️Отчетность за ноябрь нужно представить не позднее 20 декабря.

📱Смотреть онлайн-семинар полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma


🔹262-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga soliq solish

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka bo‘yicha soliq solinadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #foyda_soligi

Xalqaro shartnomalar qoidalari qanday qo‘llaniladi

Norezidentning jami daromadi summasiga tuzatish kiritish mumkinmi

Daromad norezidentning O‘zbekistondagi doimiy muassasasiga taalluqli bo‘lsa nima qilinadi

Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar ko‘rsatishdan olgan daromadlari qanday aks ettiriladi

Bu savollarning javobini videoda ko‘ring.

📱YouTube'da ko'rish
__________
#онлайн_семинар #налог_на_прибыль

Как применяются положения международных договоров

Можно ли вносить исправления в общую сумму дохода нерезидента

Что делать, если доход относится к постоянному учреждению нерезидента в Узбекистане

Как отражаются доходы нерезидента от оказания услуг за пределами Республики Узбекистан

Ответы на эти вопросы смотрите в видео.

📱Смотреть в YouTube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:

Avtotransport vositasi ota-onadan sovg`a tariqasida olinganda daromad solig`i to`lanadimi?

JAVOB:


Yo'q, to'lanmaydi. Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortilmaydi.

Bundan yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ustav kapitallaridagi ulushlar mustasno.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Ozarbayjonda


Soliq sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmatiga tashrif buyurdi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad Ozarbayjonning soliq maʻmuriyatchiligi va soliqqa tortish sohasidagi tajribasini oʻrganish.

Har ikki tomon mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yanada yuqori darajaga koʻtarilayotganligi va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar chuqurlashib borayotganligini eʼtirof etdi.

Uchrashuvlarda keng qamrovli masalalar muhokama qilindi, jumladan:
- “yashirin iqtisodiyot” darajasini pasaytirish vositalari;
- soliq qonunchiligini takomillashtirish;
- soliq maʻmuriyatchiligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari.


Oʻzbekiston tomoni Ozarbayjon Respublikasi qoʻshilgan qiymat soligʻi maʻmurchiligi sohasidagi tajribasiga alohida qiziqish bildirdi. Uch kunlik uchrashuvlar davomida Soliq qoʻmitasi vakillari QQS depozit hisobraqamni yuritish mexanizmi, QQSni qaytarish tizimi va ushbu jihatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi oʻzgarishlar bilan tanishadi.

Uchrashuv yakunida, bunday ishchi aloqalar va tajriba almashinuvi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga hamda har ikki davlatda samarali soliq boshqaruvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha umumiy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi taʻkidlandi.
__________
#сотрудничество

Визит делегации Налогового комитета Узбекистана в Азербайджан

В рамках укрепления международного сотрудничества в налоговой сфере делегация Налогового комитета Республики Узбекистан посетила Государственную налоговую службу при Министерстве экономики Азербайджана. Основной целью визита стало изучение опыта Азербайджана в области налогового администрирования и налогообложения.

В ходе встречи стороны отметили высокий уровень взаимодействия между двумя странами и углубление двусторонних экономических связей.

Обсуждение охватило широкий спектр вопросов, включая:
- инструменты снижения уровня "теневой экономики";
- совершенствование налогового законодательства;
- приоритетные направления развития налогового администрирования.


Особый интерес у узбекской стороны вызвал опыт Азербайджана в области администрирования НДС. В рамках трехдневного визита представители Налогового комитета ознакомятся с механизмом работы депозитных счетов НДС, системой возврата НДС и изменениями в законодательстве, регулирующими эти аспекты.

В завершение встречи было подчёркнуто, что деловые контакты и обмен опытом способствуют укреплению взаимного сотрудничества и помогают вырабатывать общие решения для эффективного налогового управления в обеих странах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sessiya

🔹Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 3-sessiyasi bo'lib o'tdi.

🔹Sessiyada Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpulatov tomonidan Toshkent shahar Kengashining 2024-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan hisoboti navbatdagi sessiyasida tinglandi.

Shuningdek, sessiyada boshqa soha mutasaddilarining qilingan ishlari va istiqboldagi rejalarga oid ma'ruzalari tinglandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram