TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod_tumani
#Mirobod_tumani
#Seminar

Soliq sohasidagi o'zgartirish va qo'shimchalar bo`yicha seminar.

Joriy yilning 22-avgust kuni muhtaram Prezidentimiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda soha vakillarini qo'llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo'nalishda tashabbuslar bildirilgan edi. Ushbu tashabbuslar ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan navbatdagi targ'ibot-tashviqot ishlari poytaxtimizning Yashnobod va Mirobod tumanlarida o'tkazildi.

Seminarda soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi hamda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash sho'basi hodimlari O'RQ-785,O'RQ-787-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga asosan Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bo'yicha soliq to'lovchilar hamda tadbirkorlarga tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Shuningdek, tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan aniq javoblar olishdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy_tumani
#Seminar

Tumanlarda targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

So'nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlar uchun ko'plab qulayliklar va imtiyozlar berilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan tadbirkorlar samarali foydalanib o'z bizneslarini rivojlantirishlari uchun Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi hodimlari tomonidan tushuntirish ishlari doimiy tarzda amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod_tumani
#Seminar

Soliq sohasidagi o'zgartirish va qo'shimchalar bo`yicha seminar.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Seminar
#Yunusobod
#Mirzo_ulugbek

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi hodimlari soliq to'lovchilar bilan uchrashdi.

Joriy yil tadbirkorlar kuni munosabati bilan yurtboshimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida mamalakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida qator yangiliklar amalga oshirilishi hamda imtiyozlar berilishi belgilab olingandi.

Albatta, ushbu qarorlar ijrosini ta'minlash uchun tegishli qonun hujjatlariga ham o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, tadbirkorlarni yaratilayotgan qulayliklardan boxabar qilish yo'lidagi ishlar doimiy tarzda davom ettirilmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining mas'ul hodimlari Mirzo Ulug'bek va Yunusobod tumanlarida faoliyat olib borayotgan soliq to'lovchilar hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi. Suhbat chog'ida mutaxassislar soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bo'yicha ma'lumot berdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB