TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach o‘zgartirish kiritiladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z illatlaringni so‘z bilan niqoblashga emas, aksincha, oshkora davolashga urun.

Pifagor

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Uchtepa tumanidagi Shirin mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig'ilishda mahalla yettiligi. profilaktika inspektorlari, mahalladagi yoshlar hamda faollar ishtirok etishdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallada istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #korrupsiya

Korrupsiya oyligi doirasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan joylarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiya atalmish jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident

Tadbirkorlarning takliflari asosida biznes uchun sharoitlarni tobora yaxshilab boryapmiz. Yaqinda qabul qilingan qarorlar bilan 16 ta litsenziya va 34 turdagi hisobotni bekor qildik. Tadbirkorlar sinfi jamiyatda yetakchi kuchga aylanmoqda, yoshlar ularga qarab intilmoqda. Endi ushbu reyting orqali tadbirkorlar o‘rtasida qonunlarga itoat qilish, intizomli va harakatchan bo‘lishni rag‘batlantirish zarur. Buni joriy qilish va samaradorligini ta’minlashda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining o‘rni katta bo‘lishi kerak.

Sh.Mirziyoyev

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar amalga oshirilganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mol-mulki ijaraga berilganda, davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha vakolatli organ soliq agenti deb e’tirof etiladi. Bunday hollarda soliq bazasi bunday mol-mulkning soliq hisobga olingan holdagi ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovi miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilda xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi.

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#jamoatchilik_kengashi

Ayni vaqtda Soliq qo‘mitasida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi, Soliq qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va Markaziy apparat tuzilma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalar muhokamasi o'rin olgan.

Shuningdek, kengashning yangi Raisini saylash rejalashtirilgan.
___
#общественный_совет

В эти минуты в Налоговом комитете проходит заседание Общественного совета.

В нем принимают участие новый состав Общественного совета, первый заместитель председателя М.Мирзаев и руководители структурных подразделений Налогового комитета.

Заслушивается отчет о проделанной работе за прошедший период и обсуждаются планы на будущее.

Также запланировано переизбрание председателя Общественного совета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads