TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

San’atning birinchi qonuni: agar aytadigan gaping bo‘lmasa, sukut qil; aytadigan gaping bo‘lsa, yolg‘on aralashtirmay gapir.

Romen Rollan

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #korrupsiya

🔷Korrupsiya – kelajak zavoli

Korrupsiya – jamiyat rivojiga tahdid soluvchi asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. U davlat va jamiyatning rivojlanishi hamda taraqqiy etishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi illatlardan biri hisoblanadi.

Ushbu illatga qarshi kurashishda mamlakatimizda tizimli va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Chilonzor tumani soliq xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiya oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari muntazam davom etib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilda xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi.

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#новое_в_законодательстве

В этом году частные детсады и школы воспользовались льготами на сумму 113,5 млрд сумов

Продлен срок действия налоговых льгот для частных детских садов и школ.

До 1 января 2030 года:


🔹частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов, кроме социального налога;

🔹зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

👉№ ПП-403 от 22.11.2024 г.

Для информации. Льготы сначала были предоставлены до 1 января 2021 года, затем продлены до 1 января 2025 года.

За 9 месяцев текущего года 679 частных детских садов и школ воспользовались налоговыми льготами на сумму 113,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉PF-140-son, 18.09.2024-yil

Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

🔁 yil davomida berilgan soliq imtiyozlari keyingi yildan kuchga kiradi;
Bugungi kunda soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʻtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 75-moddasi

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

👉 Soliq kodeksi 243 modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🔹Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

🔸Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, Soliq Kodeksining 92-moddasiga muvofiq o‘zining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga qo‘yilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) olishda (olib kirishda) to‘langan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy voris soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hisobga olinishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#elon

Bugun, 27-noyabrda, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

O‘tkazilish vaqti - 11:00

✏️ Mavzu - Qurilish materiallari MXIKlari

📍 Manzil: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Abay ko‘chasi, 6)
_________
#объявление

Сегодня, 27 ноября, состоится встреча с предпринимателями, производящими и реализующими строительные материалы!.

Время - 11:00

✏️ Тема - ИКПУ строительных материалов

📍Адрес - Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства (ул.Абая, 6)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:

Soliqlarni bo'lib-bo'lib to'lash huquqi kimga beriladi?

JAVOB:

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qo'shimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #korrupsiya

🔹Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Korrupsiya oyligi doirasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan joylarda targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.

Bu borada boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Yakkasaroy tumani soliq xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach o‘zgartirish kiritiladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z illatlaringni so‘z bilan niqoblashga emas, aksincha, oshkora davolashga urun.

Pifagor

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Uchtepa tumanidagi Shirin mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig'ilishda mahalla yettiligi. profilaktika inspektorlari, mahalladagi yoshlar hamda faollar ishtirok etishdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallada istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram