TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Yo‘lovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yo‘l, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qo‘shmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘l hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz

Joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig'ilishda yuqorida qayd etilgan mahallada istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #raqamli_markirovka

Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati assotsiatsiya tomonidan bildirilgan har bir masalani atroflicha oʻrganib chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish va uning natijalari yuzasidan bozor ishtirokchilari uchun tegishli xulosa va hukumatga takliflar tayyorlash toʻgʻrisida qaror qildi.

Shu bilan birga, 30 dan ortiq korxona agregatsiya tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirganini inobatga olgan holda, Soliq qo'mitasi 2024-yil 1-dekabrgacha agregatsiya tizimini ishga tushirish bo'yicha barcha tadbirlarni to'liq yakunlash, shuningdek EHFda markirovka kodlarini aks ettirish orqali tovarlarni kuzatib borish jarayonlarini joriy etish zarurligi haqida ma'lum qildi.
__________
#встреча #цифровая_маркировка

Руководством Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты решено создать рабочую группу по детальному изучению каждого вопроса, озвученного Ассоциацией, и по итогам подготовить соответствующие выводы и предложения для участников рынка, а также в правительство.

Вместе с тем, принимая во внимание что свыше 30 компаний уже успешно запустили систему агрегации, Налоговый комитет сообщил о необходимости до 1 декабря 2024 года полностью завершить мероприятия по запуску системы агрегации, а также
процессов прослеживаемости товаров путём отражения кодов маркировки в ЭСФ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z illatlaringni so‘z bilan niqoblashga emas, aksincha, oshkora davolashga urun.

Pifagor

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Korrupsiya — kelajakka tahdid

Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yunusobod soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmularida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashishdi.

Unda tadbirkorlar va fuqarolar bilan suhbatlar o'tkazilib, korrupsiya holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot

2024-yil 1-noyabr holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 201 331 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹savdo – 64,5 ming;
🔹qishloq xoʻjaligi – 47,8 ming;
🔹sanoat – 27,8 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸transport13,1 %;
🔸xizmat ko'rsatish10 %;
🔸axborot va aloqa
8,4 %.
____
#цифровизация
#НДС

Информация о поставленных на специальный регистрационный учет плательщиках НДС в Узбекистане

По состоянию на 1 ноября 2024 года число плательщиков НДС составляет 201 331. Это на 4,8% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах:
🔹торговля - 64,5 тыс.;
🔹сельское хозяйство - 47,8 тыс.;
🔹промышленность – 27,8 тыс.

Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в следующих сферах:
🔸транспорт - 13,1%;
🔸оказание услуг -10%;
🔸информатизация и услуги связи - 8,4%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#savol_javob

SAVOL:

Axborot-kutubxona fondiga amortizatsiya ajratmasi hisoblanadimi?


JAVOB:


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 306-moddasi 7-qismining
3-bandiga asosan axborot-kutubxona fondi amortizasiya qilinmaydigan aktivlar sifatida hisobga olinadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik sohasiga soliq imtiyozlari berildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi.
👉 OʻRQ-1001-son, 15.11.2024 y.

Pillachilikni yanada rivojlantirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, aholi bandligini taʻminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha:

▫️jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirishdan (kasanachilik) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

▫️ pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod etildi. Bunda boʻshagan mablagʻlar kasanachilarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishi shart hisoblanadi;

▫️pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsienti qoʻllanilgan holda hisoblanadi.

Maʻlumot uchun. Ilgari jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik)dan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaxslarning esa kasanachilik bilan shugʻullanuvchilarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlaridan ijtimoiy soliq toʻlangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida yuksak ishonchga sazovor boʻlib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshdi.

Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.

2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtirilgan. Bu orqali mahalliy kengashlarning ushbu sohadagi roli yanada ortadi.

Natijada 2025-yilda tuman va shaharlar budjetlari daromadi 9,4 trln soʻmga yoki 47 foizga oshganligi qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

Soliq tushumlari

Shayxontohur tumani hokimligida tuman sektor rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda budjet tushumi, soliq qarzdorligi, belgilangan rejaning amaldagi ijrosi yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

Tadbir davomida soliqlarni o'z vaqtida to'lanishi hamda tadbirkorlarga faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etishda ko'maklashish, mahallabay ishlash borasidagi yutuq va kamchiliklari belgilab olindi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram