TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#seminar #Qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

🔹Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahar Soliq boshqarmasi yuridik sho'basi boshlig'i S.Nekov va Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo'limi katta inspektori N.Nizamxodjayeva ishtirokida Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda barqarorlik reytingi yuzasidan seminar trening tashkil etilib, ma'lumotlar berildi.

Mazkur tadbirda yoshlarning savollariga batafsil javob berilib, kelgusidagi faoliyatlarida amaliy yordam berilishi takidlandi. Bunday tadbirlar kelajakda yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda hamda soliq boshqarmasi va universitet o'rtasida amaliy hamkorlikni manfaatli davom etishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.

Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Yaqinlarimiz ko‘magi - halol va professional xizmatda asosiy motivatsiya
_________
#встреча #признание #антикоррупция

Поддержка близких - главная мотивация честной и добропорядочной профессиональной службы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Bayram
#bayroq

🇺🇿 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Davlat bayrog‘i milliy mustaqilligimiz va suverenitetimizning muqaddas timsollaridan biridir. U milliy g‘urur va iftixorimiz ramzi sifatida davlat idoralari va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a'zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a'zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham davlatimiz bayrog‘i baland ko‘tariladi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana barchaga muborak bo‘lsin!

Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i hamisha xalqimizning qudrati timsoli sifatida yuksak porlab tursin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʼziga xos xususiyatlari

Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʼlaydi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #korrupsiya

Korrupsiya uchun jazo muqarrar

Soʻnggi yillarda yurtimizda har bir soha izchil rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari davlat tashkilotlari tizimlarining shaffof faoliyat olib borishi uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Biroq, shunga qaramasdan korrupsion harakatlar ham uchrab turibdi.

Mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan ushbu omilga qarshi kurashish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kam taʻminlangan oila а'zosi bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ni tashkil etadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
👉23.09.2024-yildagi PF-143-son

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #raqamli_markirova

Soliq qo‘mitasida suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan uchrashuv boshlandi, unda raqamli markirovkalash masalalari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Fayzibayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari U.Safarov, Oʻzbekiston alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali ariza yuborgan tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
___
#встреча #цифровая_маркировка

В Налоговом комитете началась встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков, на которой обсуждаются вопросы цифровой маркировки.

В ней принимают участие заместитель председателя Налогового комитета А.Файзибаев, заместитель председателя Торгово-промышленной палаты, представители Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Ассоциации производителей воды и прохладительных напитков, а также предприниматели, которые подали заявку через систему обратной связи с налоговыми органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Yo‘lovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yo‘l, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qo‘shmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘l hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram