TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.82K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-noyabr

oktabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4-qismlari).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 ноября 2024 года - последний день

за октябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

O‘tkazilgan soliq auditi natijalari

2024-yil yanvar-oktabr oylarida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,27 %ida oʻtkazilgan.

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 518 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (566,8 ming) 0,27 foizini tashkil etadi.

▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 3 834,8 mlrd soʻm;
▫️Soliq auditida aniqlanlangan summa – 4 841,4 mlrd soʻm.

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
▪️
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 3 424,7 mlrd soʻm (70,7%);
▪️qurilish sohasida – 460,9 mlrd soʻm (9,5%);
▪️xizmat koʻrsatish sohasida – 404,9 mlrd soʻm (8,4%);
▪️ishlab chiqarish sohasida – 330 mlrd soʻm (6,8%);
▪️qishloq xoʻjaligi sohasida – 125 mlrd soʻm (2,6%);
▪️transport sohasida – 54,3 mlrd soʻm (1,1%);
▪️boshqa sohalarda – 41,6 mlrd soʻm (0,9%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 553 ta soliq toʻlovchida 8 360,3 mlrd soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:
🔸266 ta subyektda 2 512,5 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
🔸172 ta subyektda 2 714,2 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
🔸115 ta subyektda 3 133,6 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 3 150,3 mlrd soʻmning 1 125,6 mlrd soʻmi (35,7 %) toʻlab berildi.
__________
#цифровизация #налоговый_аудит

Результаты проведенных налоговых аудитов

В январе-октябре 2024 года налоговые аудиты охватили только 0,27% от общего числа налогоплательщиков.

Органами налоговой службы проведены налоговые аудиты в отношении 1 518 субъектов предпринимательства с высоким риском неуплаты налогов. Это 0,27% от общего числа налогоплательщиков (566,8 тыс.), осуществлявших деятельность в этот период времени.

▫️Сумма выявленного налогового риска – 3 834,8 млрд сумов;
▫️Сумма, выявленная в ходе налогового аудита – 4 841,4 млрд сумов.

Выявленные в ходе налогового аудита суммы в разрезе отраслей:
▪️торговля и общественное питание – 3 424,7 млрд сумов (70,7%);
▪️строительство – 460,9 млрд сумов (9,5%);
▪️обслуживание – 404,9 млрд сумов (8,4%);
▪️производство – 330 млрд сумов (6,8%);
▪️сельское хозяйство – 125 млрд сумов (2,6%);
▪️транспорт – 54,3 млрд сумов (1,1%);
▪️другие отрасли – 41,6 млрд сумов (0,9%).

В ходе проведенных налоговых аудитов выявлено, что у 553 налогоплательщиков была сокрыта налоговая база в размере 8 360,3 млрд сумов:
🔸у 266 субъектов не отражена реализация товаров на сумму 2 512,5 млрд сумов;
🔸 у 172 субъектов во время проведения инвентаризации товар на сумму 2 714,2 млрд сумов отсутствовал на складе или в месте продажи;
🔸 у 115 субъектов хранились и (или) реализовывались неоприходованные товары на сумму 3 133,6 млрд сумов.

На сегодняшний день из 3 150,3 млрд сумов налогов, подлежащих уплате, уплачено 1 125,6 млрд сумов (35,7%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

🔹 Soliq bazasi qanday aniqlanadi?

🔸Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq kodeksi 285-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontoxur #korrupsiya

🔷Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Shayxontoxur tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmularida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiyaga qarshi targ'ibot tadbirlari muntazam davom etib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Foyda solig‘ini hisoblashda korxona natura shaklida olgan tushum jami daromadga kiritiladimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasi 5-qismiga asosan, jami daromad pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#JShODS #YTT

2024-yil 15-noyabr - noyabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 ноября 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за ноябрь.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon #uchrashuv #raqamli_markirovka

Soliq qoʻmitasi biznes bilan uchrashadi

Suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan tayyor markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etish jarayonlarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Mazkur uchrashuv 2024-yil 18-noyabr kuni soat 12:00 da Soliq qoʻmitasida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga bu haqda tegishli xabarnoma yuborildi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etadi.

Suv va alkogolsiz ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali #markirovka xeshtegini koʻrsatgan holda 2024-yil 15-noyabr soat 17:00 gacha qatnashuvchilar roʻyxatini ilova qilib ishtirok etish uchun ariza yuborishlari mumkin.
__________
#объявление #встреча #цифровая_маркировка

Налоговый комитет встретится с бизнесом

Ранее сообщалось, что будет проведена встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков для обсуждения процессов внедрения системы агрегaции готовой маркированной продукции.

Встреча состоится 18 ноября 2024 года в 12:00 часов
в Налоговом комитете.

Соответствующее уведомление было направлено в Ассоциацию производителей воды и прохладительных напитков Узбекистана.

Во встрече также примут участие представители Министерства экономики и финансов, Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Торгово-промышленной палаты.

Субъекты предпринимательства, участвующие в сфере реализации воды и прохладительных напитков, могут подать заявку на участие через систему обратной связи с налоговыми органами, указав хэштег #маркировка и предоставив список участников в срок до 17:00 часов 15 ноября 2024 года на сайте https://appeal-bot.soliq.uz/

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar #Qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

🔹Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahar Soliq boshqarmasi yuridik sho'basi boshlig'i S.Nekov va Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo'limi katta inspektori N.Nizamxodjayeva ishtirokida Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda barqarorlik reytingi yuzasidan seminar trening tashkil etilib, ma'lumotlar berildi.

Mazkur tadbirda yoshlarning savollariga batafsil javob berilib, kelgusidagi faoliyatlarida amaliy yordam berilishi takidlandi. Bunday tadbirlar kelajakda yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda hamda soliq boshqarmasi va universitet o'rtasida amaliy hamkorlikni manfaatli davom etishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.

Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads