TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.72K subscribers
13.5K photos
1.46K videos
80 files
5.66K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
EHF va ETTYni birlashtirish loyihasi muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va elektron tovar-transport yuk xati (ETTY)ni birlashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada:
▫️ tovarlarni realizatsiya qilish transport orqali tashish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda, EHF va ETTYni birlashtirgan holda rasmiylashtirish;

▫️standart shakldagi EHF va ETTYni alohida ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolish;

▫️ ayrim faoliyat turlarining xususiyatidan kelib chiqib, ETTYni rasmiylashtirishning oʻziga xos tomonlari (tuzatuvchi va bir tomonlama ETTYni rasmiylashtirish, tovarlarni qayta ishlash hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashish) tartibga solish koʻzda turilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan mazkur loyihani muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda biznes vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida qaror loyihasi yanada takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

To‘langan QQSdan tadbirkorda keshbek

📢Mehmonxona, kafe restorani borlar yoki turoperatorlar, bu yangilik Siz uchun!

2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

✔️Bunda turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun chet el valyutadagi tushum jami tushumning kamida 80 %ni tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-yanvardan keshbek umumiy ovqatlanish korxonalariga ham beriladi.
Bunda oylik tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning naqd pulsiz qismi:
✔️60 %dan 🔺– to‘langan QQSning 40 %;
✔️60 %dan 🔻bo‘lsa– to‘langan QQSning 20% qaytariladi.

QQS 1 ish kunida soliq organi xulosasi asosida Gʻaznachilikdan tadbirkorning hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Keshbek uchun shartlar to‘liq bajarilishi kerak‼️

✔️hisobot davrida QQS hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

✔️hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmaganda;

✔️EHFda yoki kassa cheklarida sotilgan tovar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari (MXIK)ko‘rsatilganda.

Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilganda dalolatnomani elektron rasmiylashtiradi.

✍️Dalolatnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki Soliq mobil ilovasida elektron shakllantiriladi va sotuvchi (jismoniy shaxs) tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.

✔️Ushbu dalolatnoma kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yashil_makon #4_sektor #sergeli

🌿Poytaxtimiz bo'ylab “Yashil shahar” loyihasi doirasida tadbirlar olib borilmoqda. Xususan joriy yilning 9-noyabr kuni poytaxtimizdagi Sergeli tumani hududida ushbu aksiya doirasida ko'chat ekish tadbirlari bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari va shaxsiy tarkib xodimlari hamda tuman soliq inspeksiyasi xodimlari, obodonlashtirish vakillari bilan birgalikda ming tubdan ziyod manzarali ko'chatlar "Yashil shahar" umummilliy loyihasi doirasida ekildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashil_makon

🌳 "Yashil shahar" chellenji doirasida tabiatni asrash va yashil hududlarni ko'paytirish maqsadida daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram