TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#etirof
#Yashnobod
#mahallabay

🔷O'z kasbini sharaf deb bilganlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahalla soliq inspektorlarining faoliyati samaradorligini baholash, ularni erishilgan ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish va ularning mas’uliyatini belgilab borish tizimi joriy etilgan. Bu esa hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi xodimi Davlat soliq katta inspektori Alisher Zokiroving bugun mehnatlari yuksak baholandi va munosib taqdirlandi.

Tumanning "Arg'in" mahallasiga biriktirilgan A.Zokirov tizimdagi faoliyatiga yetti yil bo'ldi, belgilangan vazifalarni mas'uliyat ila bajarib, egnidagi formani sharaf deb bildi. 2024-yil Iyul oyi yakuni bilan uning ish samaradorlik ko‘rsatkichi 100 foizga yetdi va bugungi kunda o‘z ishining chinakam peshqadami bo'ldi.

Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining tabrigi yetkazildi hamda xodimning mehnatlari munosib baholanib alohida minnatdorchilik sifatida Soliq qo'mitasi Raisining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i tomonidan topshirildi.

Soliq xizmatida shijoat bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Yashnobod

🔹Korrupsiya bu — dahshatli illatdir.


Korrupsiya illati jamiyat farovonligiga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi va davlat ravnaqiga hamda rivojiga ulkan to'siq bo'lib xizmat qiladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, 19-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Yashnobod tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot

🔷Korrupsiyaga qarshi kurashish, hamkorlik

26-avgust kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari va Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda yashirin iqtisodga yo'l qo'ymaslik bo'yicha mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib xodimlariga tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #mahalla_yettiligi

🔷Prezidentimizning "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida" qaroriga muvofiq, shuningdek, mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirish, "mahalla yettiligi" a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini oldida hisobot berish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-xuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024 yil 13 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 334-sonli qarori qabul qilindi.

Yashnobod tumanida “Mahalla yettiligi” bo‘yicha Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida ham bu borada samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #korrupsiya

🔷Korrupsiyasiz jamiyat sari...

Yurtimiz rivojiga g'ov boʻlayotgan omillardan biri bu - korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
26-avgust kuni korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi bilan jamoaviy uchrashuv o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #sayyor_qabul

Sayyor qabullar orqali aholining muammolari bartaraf etilmoqda

Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan Yashnobod tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabulda ham 32 nafar aholining murojaatlari tinglandi.

Qabulda 27 ta murojaat shu yerning o'zida bartaraf etildi. Jumladan, 6 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, 1 nafar murojaatchiga o'zini o'zi band qilishi uchun tikuv mashinasi berildi hamda 3 ta fuqaroga to'lov kontrakti to'lab berilganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi. 7 nafar murojaatchiga davolanish uchun orderlar taqdim etildi, shuningdek 1 nafar fuqaro ishga joshlashtirilib, 8 ta murojaatchiga moddiy yordam berildi.

Qolgan vaqt talab etiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #sayyor_qabul

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan Yashnobod tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabulda 32 nafar aholining murojaatlari tinglandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sayyor_qabul #Yashnobod

🔷Aholi murojaatlariga ijobiy yechim topilmoqda

🔸 Joriy yilning 10-oktabr kuni Yashnobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish hamda ularni hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabulda Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 14 nafar fuqaro esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'iga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq 4 ta murojaat bartaraf etilgan bo'lsa, 10 nafar fuqaroning ijtimoiy masalalar bo'yicha murojaatlari ham ijobiy hal etilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yashnobod #Tv

Maxsus reportaj | Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yashnobod

🔷Sayyor qabullarda aholi murojaatlari bartaraf etilmoqda

🔸Yashnobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod_tumani
#4_sektor
#Mexr_saxovat

🔹Yashnobod tumani 4-sektor rahbari boshchiligida, homiylarni jalb qilgan holda 3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni ” munosabati bilan hududdagi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #muhokama

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz

🔹Joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Yashnobod tumanidagi Qo'yliqobod va Mumtoz mahallalarida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

✔️Ushbu yig'ilishda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram