TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#korrupsiya #Chilonzor

🔹Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz


Mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan omillardan biri bu - korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Chilonzor tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek
#saxovat_va_komak

“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir hududida ehtiyojmand oilalarga ko'maklashish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan. Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi.

Xususan, ushbu mahallada yashovchi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan G.Axmedova va D.Norbekovalarga doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi uchun o'zini-o'zi band qilish maqsadida so'ralgan buyumlar yetkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek
#saxovat_va_komak

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Muddatida toʻlanmagan soliqlar uchun qanday javobgarliklar belgilangan?

Soliqlar muddatida to‘lanmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-modda

Markaziy bank tomonidan 25.07.2024-yilda asosiy stavkaninig yillik 13,5 % darajasida belgilanishi munosabati bilan 25-iyulgacha toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun 0,046(6)% (14/300) miqdorda penya hisoblanib kelgan bo‘lsa, endilikda 0,045 % (13,5/300) miqdorida hisoblanadi.

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshsa, sud orqali mol-mulki hisobidan undiriladi.
👉Soliq kodeksi 125-modda
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Какая ответственность предусмотрена за неуплату налогов в срок?

При неуплате налогов в срок за каждый календарный день просрочки начисляются пени.
👉ст.110 НК

Если до 25 июля за каждый день просрочки оплаты начислялись пени в размере 0,046(6)% (14/300), то в связи с тем, что 25.07.2024 года Центральный банк установил основную ставку на уровне 13,5% годовых, теперь пени начисляются в размере 0,045 % (13,5/300).

Если общая сумма налоговой задолженности физического лица превышает 1 млн сумов, она взыскивается через суд за счет имущества должника.
👉ст.125 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar 4,6 trln soʻm yer va mol-mulk soliqlarini toʻladi

2024-yilning 14-oktabr holatiga 4,2 mln nafar jismoniy shaxslar tomonidan 6 mlnta obyektlarning 4,6 trln soʻm yer va mol-mulk soliqlari toʻlandi.

Toʻlanmasdan qolayotgan soliq summasi 3,5 trln soʻmni tashkil etmoqda. Shundan, 712 mingta obyektda qarzdorlik summasi 1 mln soʻmdan yuqori.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashning oxirgi muddati 15-oktabr.

Soliq majburiyatini oʻz vaqtida bajarishni unutmang!

__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Физлица уплатили 4,6 трлн сумов налогов на имущество и землю

По состоянию на 14 октября 2024 года 4,2 млн физических лиц уплатили 4,6 трлн сумов налогов на имущество и землю за 6 млн объектов.

Остаются неуплаченными 3,5 трлн сумов налогов. Из них по 712 тысячам объектов налоговая задолженность превышает 1 млн сумов.

15 октября истекает срок уплаты налогов на имущество и землю.

Не забудьте своевременно исполнить налоговые обязательства!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-oktabr

sentabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi);

IV chorak uchun:


- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 октября 2024 года - последний день

за сентябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса);

за IV квартал:

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning sentabr oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 15 oktabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

🔷Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-oktabr – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil sentabr oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi

🔹241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, basharti bunday xizmatlarning xaridori O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, O‘zbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#JShODS #YTT

2024-yil 15-oktabr - oktabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 октября 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за октябрь.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads