TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
64 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#tadbir

O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi


Toshkent shahar soliq boshqarmasida 1-oktabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

🔷 Barqarorlik reytingi

Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat budjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

O‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. 9-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Yangihayot tumani soliq inspeksiyasining mas'ul xodimlari "Gurmaniya" MChJning CCC reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida tadbirkorning murojaatiga asosan amaliy yordam ko‘rsatdilar va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga yanvar-sentabr oylarida 41,6 mingta murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2024-yil yanvar-sentabr oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 41 680 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 35 570 ta (85,3%);
🔹ogʻzaki – 3 985 ta (9,6%);
🔹yozma – 2 125 ta
(5,1%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 13 656 ta (32,7%);
🔸Qashqadaryo viloyati – 3 470 mingta (8,3%);
🔸Toshkent viloyati – 3 374 ta (8,1%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️O‘z vaqtida, me'yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.

Abu Ali Ibn Sino

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-oktabr

sentabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

oktabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq
toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik
summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 октября 2024 года - последний день

за сентябрь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за октябрь:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на
имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#aksiz_soligʻi

Aksiz soligʻini kimlar toʻlaydi?

🔹Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar;

🔹tabiiy gazni isteʻmolchilarga realizatsiya qiluvchilar;

🔹oʻz ehtiyojlari uchun yuridik va jismoniy shaxslarga benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʻmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari orqali realizatsiya qiluvchilar;

🔹ishonchli shaxs - oddiy shirkatning ishlarini yuritish ishonib topshirilgan oddiy shirkat ishtirokchisi - oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyat uchun;

🔹Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib oʻtuvchilar;

🔹telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizmatlarni) koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;

🔹Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.

👉Soliq kodeksining 283-moddasi
__________
#акцизный_налог

Кто платит акцизный налог?


🔹те, кто производят подакцизные товары на территории РУз;

🔹те, кто реализуют природный газ потребителям;

🔹те, кто реализует юридическим и физическим лицам для собственных нужд бензин, дизельное топливо, в том числе через автозаправочные станции, а также газ через газонаполнительные станции и газонаполнительные пункты;

🔹доверенное лицо — участник простого товарищества, на которого возложено ведение дел простого товарищества — по деятельности связанной с производством подакцизного товара, осуществляемой в рамках договора простого товарищества;

🔹те, кто перемещают подакцизные товары через таможенную границу РУз;

🔹юридические лица РУз, которые оказывают телекоммуникационные услуги мобильной связи (подакцизные услуги);

🔹иностранные юридические лица, осуществляющие деятельность в РУз через постоянные учреждения, производящие или осуществляющие ввоз подакцизных товаров.

👉ст.283 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️Ilmga barcha narsangni bermaguningcha, u senga hech narsangni bermaydi.

Abu Homid G'azzoliy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sayyor_qabul #Yashnobod

🔷Aholi murojaatlariga ijobiy yechim topilmoqda

🔸 Joriy yilning 10-oktabr kuni Yashnobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish hamda ularni hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabulda Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 14 nafar fuqaro esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'iga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq 4 ta murojaat bartaraf etilgan bo'lsa, 10 nafar fuqaroning ijtimoiy masalalar bo'yicha murojaatlari ham ijobiy hal etilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi

🔹240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi

Quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi:

1) tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo‘lsa;
2) tovar jo‘natish yoki transportda tashish boshlangan paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram