TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Uchtepa #sayyor_qabul

🔹Sayyor qabullar – murojaatlar taqdiriga ijobiy yechim!

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va joylarda muntazam o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholini qiynab kelayotgan turli yo‘nalishlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.

Xususan, joriy yilning 19-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Toshkent Shahar Xalq Qabulxonasi bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida sayyor qabul o'tkazildi.

Mazkur qabulda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan boshqarma boshlig'i o'rinbosari tomonidan o'z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 60 nafarini murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida 28 ta murojaat shu yerning o'zida hal etildi. Jumladan, 5 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, 11 nafar fuqaroga to'lov kontrakti va harbiy xizmatga to'lab berilganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi. 5 ta fuqaroga o'zini-o'zi band qilishi uchun tikuv mashinalari va noutbuk topshirilgan bo'lsa, sog'ligini tiklash uchun 7 ta murojaatchiga sanatoriyaga orderlar taqdim etildi. Qolgan vaqt talab etiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #Sayyor_qabul

🔷Murojaatlaga ijobiy yechim topilmoqda

🔸19-sentabr kuni Uchtepa tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Toshkent Shahar Xalq Qabulxonasi mas'ul rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 20-sentabr – QQS toʻlovchilar uchun avgust oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#etirof
#Chilonzor
#mahallabay

🔷O'z kasbini sharaf deb bilganlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahalla soliq inspektorlarining faoliyati samaradorligini baholash, ularni erishilgan ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish va ularning mas’uliyatini belgilab borish tizimi joriy etilgan. Bu esa hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi xodimi Davlat soliq bosh inspektori Shodmonova Malika Muxitdinovnaning bugun mehnatlari yuksak baholandi va munosib taqdirlandi.

Tumanning "Qozirobod" mahallasiga biriktirilgan M.Shodmonova tizimdagi faoliyatiga o'n bir yil bo'ldi, belgilangan vazifalarni mas'uliyat ila bajarib, egnidagi formani sharaf deb bildi. 2024-yil avgust oyi yakuni bilan uning ish samaradorlik ko‘rsatkichi 100 foizga yetdi va bugungi kunda o‘z ishining chinakam peshqadami bo'ldi.

Chilonzor tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining tabrigi yetkazildi hamda xodimning mehnatlari munosib baholanib alohida minnatdorchilik sifatida Soliq qo'mitasi Raisining tashakkurnomasi tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari tomonidan topshirildi.

Soliq xizmatida shijoat bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun o'quv mashg'uloti tashkil etildi

Joriy yilning 20-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Tadbir davomida xodimlarga O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi raisining 2024-yil 5-sentabrdagi 284-sonli buyrug'ini mazmuni, eng muhim samaradorlik ko'rsatkichi (KPI tartib qoidalari mazmuni boshqarma xodimlariga yetqazildi). Shuningdek, ichki mehnat tartib qoidalari bilan tanishtirib o'tildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

Ахборот 24 | Второй этап соревнований по настольному теннису "Кубок Налогового комитета"

Пресс-служба Налогового управления города Ташкента

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chilonzor #barqarorlik_reytingi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlarning barqarorlik reytingida quyi, o'rta va qoniqarli toifalarga tushib qolgan tadbirkorlarining reytingini yaxshilashga ko'mak berish bilan bir qatorda, yuqori reytingdagi tadbirkorlarning o'z o'rnini saqlab qolishiga, faoliyatini yanada takomillashtirishiga, duch kelgan muammolarini aniqlagan holda bartaraf etishga yordam bermoqda.

Jumladan, joriy yilning 20-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari poytaxtimizning Chilonzor tumanida ish olib boradigan yuqori reytingdagi "AAA" toifali "Sogditex" MChJning faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu tadbirkorlik subyekti korxona rahbarining qonun doirasidagi halol va insofli faoliyat olib borishi hamda Soliq xizmati xodimlarining ko'rsatgan yordamlari bilan o'rta reytingdan yuqori reytingga ko'tarildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
SAVOL:

Yuridik shaxslardan olinadigan molk-mulk solig'i bo'yicha soliq solish obyektlarining o'rtacha yillik qoldiq qiymati qanday aniqlanadi?

JAVOB:


Soliq solish obyektlarining o'rtacha yillik qoldiq qiymati o'rtacha yillik qiymat soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko'ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini o'rtacha yillik qiymatlarini qo'shishdan olingan summaning o'n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi Soliq kodeksining 413- moddasi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

🔹Barqarorlik reytingida yuqori AAA ballga ega bo'lgan tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar natijasida Toshkent shahar bo'yicha 111 mlrd somdan ziyod QQS dagi ortiqcha mablag'lar tadbirkorlarga qaytarildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Uni faqat murosa bilangina qo‘lga kiritish mumkin.

Albert Eynshteyn

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram