TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Yunusobod

🔷Soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 18-sentabr kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

❗️20-sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SAVOL:

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to'lash muddatlari qachon?

JAVOB:


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i Soliq kodeksining 423-moddasi hamda yer solig'ini Soliq kodeksining 440-moddasi to'lash teng ulushlarda 15-aprelga va 15-oktyabrga qadar amalga oshiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

🔷 Barqarorlik reytingi

Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat byudjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda.Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

O‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. 18-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Uchtepa tumani soliq inspeksiyasining mas'ul hodimlari "Oq niyat farm" MChJning reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida tadbirkorning murojaatiga asosan amaliy yordam ko‘rsatdilar va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish

"ICTWEEK UZBEKISTAN 2024": soliq ma'muriyatchiligida smart-xizmatlar

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2024”
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va toʻsiqlar” forumi boʻlib oʻtdi.

Oʼzbekistonda raqamli hukumatni rivojlantirishdagi dolzarb muammolarni aniqlash, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli rejalarni belgilab olish, fuqarolarning davlat xizmatlaridan yanada tezkor, qulay va xavfsiz foydalanishini taʼminlashga erishish masalalari forumda muhokama qilingan asosiy mavzular boʻldi.

Mazkur tadbirda Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etib, soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar, aholi va soliq organlari oʻrtasidagi munosabatlarni bajarishda mobil ilovalar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, sohani raqamlashtirish borasida amaliyotga joriy qilinayotgan dasturiy mahsullar faoliyati bilan bogʻliq savollarga javoblar berdi.

Tadbirda davlat tashkilotlarining rahbar xodimlari va raqamlashtirishga masʼul vakillari hamda fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etib, raqamli hukumat sohasidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
__________
#цифровизация

"ICTWEEK UZBEKISTAN 2024": смарт-сервисы в налоговом администрировании

В рамках недели информационно-коммуникационных технологий "ICTWEEK UZBEKISTAN 2024" состоялся форум "Цифровое правительство: перспективные планы и вызовы".

Основными темами обсуждения стали выявление актуальных проблем в развитии цифрового правительства в Узбекистане, определение существующих возможностей и перспективных планов, достижение более быстрого, удобного и безопасного доступа граждан к государственным услугам.

В данном мероприятии принял участие заместитель председателя Налогового комитета Жахонгир Абдиев, который подробно рассказал об электронных услугах налоговых органов и о создаваемых удобствах в использовании мобильных приложений и технологий искусственного интеллекта при взаимодействии населения с налоговой службой.

Также он ответил на вопросы, связанные с работой программных продуктов, внедряемых в практику в рамках цифровизации отрасли.

В мероприятии участвовали руководящие сотрудники государственных организаций и специалисты по цифровизации, а также активисты гражданского общества, которые обменялись мнениями по наиболее актуальным вопросам в сфере цифрового правительства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi #sport

Stol tennisning Toshkent shahar final bosqichi boʻlib oʻtdi.

16-sentabr kuni Poytaxtimizda sportning stol tennisi turi bo'yicha "Soliq qo'mitasi kubogi" ning Toshkent shahar final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Halol mehnat, muhtojlarga yordam, g‘azab vaqtida yomon so‘zlardan tilni, birovni ranjitishdan qo‘lni tiyish, kamchilikni bitirib, yomon xulq-atvorni tuzatib, go‘zal axloq egasi bo‘lish — eng zo‘r fazilatdir.

Suqrot

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Kerakli MXIKni qanday topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish mumkin?

Tovarlarni sotishda yoki xizmatlar ko'rsatishda to'g'ri identifikatsiya kodlarini (MXIK) ishlatish kerak.

Kerakli MXIKni topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin.

☝🏻Batafsil videoda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi

🔹234-modda. Yuqori turuvchi soliq organi tomonidan shikoyatni ko‘rmasdan qoldirish

Yuqori turuvchi soliq organi, agar quyidagilarni aniqlagan bo‘lsa, shikoyatni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldiradi:
shikoyat shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanmagan bo‘lsa yoxud vakilning shikoyatni imzolash uchun vakolatlarini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tv
#stol_tennisi

Joriy yilning 16-sentabr kuni Poytaxtimizda sportning stol tennisi turi bo'yicha "Soliq qo'mitasi kubogi" ning Toshkent shahar final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Olmazor

🔷Soliq tushumlari

Olmazor tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi.Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Tadbir davomida ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlarga tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Olijanob g‘oyalarsiz insoniyat yashay olmaydi.

F. M. Dostoyevskiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram