TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Imtiyozlar

Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan

Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:

▪️umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;

▪️Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.

👉16.02.2023-yildagi № PQ-57

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.

Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.

2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SAVOL:

Oliy ta'lim muassasasida 3-kurs talabasi o'zini o'zi band qiluvchi shaxs sifatida tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullansa bo'ladimi?

JAVOB:


O'zini o'zi band qiluvchi shaxs sifatida tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin PQ-4742-son qarori, 08.06.2020-yil.O'zini o'zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi SK 369-modda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #sayyor_qabul

🔹Har bir murojaat - diqqatimizda!

Aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularni aniqlash va ularga amaliy yordam ko'rsatishda sayyor qabullar qo'l kelmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan navbatdagi sayyor qabul Yakkasaroy tumanida o'tkazildi. Joriy yilning 12-sentabr kuni bo'lib o'tgan qabulda boshqarma boshlig'i hamda tuman hokimi tomonidan o'z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 50 nafarini murojaatlari tinglandi.

Ushbu qabulda 10 ta murojaat shu yerning o'zida hal etildi. Jumladan, 2 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, 4 nafar fuqaroga to'lov kontrakti to'lab berilganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi. 1 ta fuqaroga o'zini-o'zi band qilishi uchun skuter topshirilgan bo'lsa, sog'ligini tiklash uchun 3 ta murojaatga yordam berildi. Qolgan vaqt talab etiladigan muammolar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yakkasaroy

🔷 Murojaatlarga yechim topilmoqda

🔸12-sentabr kuni Yakkasaroy tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig’i hamda tuman hokimi ushbu qabulda bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Mirobod

🔷Soliqlarni tushumlari

Joriy yilning 12-sentabr kuni Mirobod tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Tadbirda, ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlar ogohlantirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#ehtirom

Soliq xizmati sohasida ko'p yillik faoliyati hamda samarali mehnati va yoshlarga o'rnak ko'rsatgani uchun, ko'plab shogirdlar yetishtirgan Roxatoy Aynakulova nafaqaga hurmat va ehtirom bilan kuzatib qo'yildi.

Ustozga ko'p yillar davomida soliq tizimiga qo'shgan munosib hissasi uchun Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkib xodimlari o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram