TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.33K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z ahdiga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli bo‘lur va na izzatmand.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 15-sentabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-sentabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 15 сентября - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 16 сентября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#soliq_kodeksi

30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi

🔹232-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat berish tartibi va muddatlari

Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.

Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart.

👉
BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Uchtepa

🔷 Soliq tushumlari

Davlat byudjeti mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotini molyaviy mablag' bilan ta'minlaydi. Soliqlarni mamlakat byudjetiga undirilishida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Joriy yilning 12-sentabr kuni Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari hamda Uchtepa tumani iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mas'ullari ishtirok etishib, byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Shuningdek, ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashib, samaradorlikni oshirish va bu yo’nalishda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik kerakligi xodimlarga eslatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Axloq va hayot bir butundir. Axloq – hayot tirgagi, axloqli odam hayotning chinakam fuqarosidir.

Tomas Mann

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Sayyor_qabul #Sergeli

🔷Aholi muammolari tizimli hal etilmoqda

🔸Sergili tumani hokimligi binosida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish hamda ularni hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabulda Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 10 nafar fuqaro esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq muammolar, doimiy daromadga ega bo'lish uchun ishga joylashish, to'lov kontrakt masalalari shu yerning o'zida hal etilib, vaqt talab qiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram