TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: diqqat, intizom va harakat.

Jaloliddin Rumiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-sentabr

avgust oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 сентября 2024 года - последний день

за август:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

🔷 Tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingi doirasida ko'mak ko'rsatilmoqda

Bugungi kunda yurtimiz iqtisodini tayanchi bu albatta tadbirkorlardir. Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat byudjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda.Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

Shu nuqtai nazardan, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 5-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Uchtepa tumani soliq inspeksiyasining mas'ul hodimlari "Mobi fone" MChJning reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida tadbirkorning murojaatiga asosan amaliy yordam ko‘rsatdilar va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
SAVOL:

Soliq to'lovchilarda ko'rilgan zararlarni kelgusi davrdagi foydadan chegirish huquqi saqlanib qolindimi?

JAVOB:


Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 333-moddasiga asosan soliq to'lovchi zararni ushbu zarar ko'rilgan soliq davridan keyingi o'n yil mobaynida foyda kelgusiga o'tkazishni amalga oshirishga haqlidir. Yani, soliq to'lovchi ko'rilgan zararni kelgusi davrlardagi foyda solig'ining soliq solinadigan bazasidan chegirish huquqiga ega. Avval ushbu muddat 5 yil edi.Shuningdek kelgusiga o'tkazilayotgan zarar summasi foyda solig'ining soliq solinadigan bazasining 60 foizidan ortiq bo'lmasligi kerak. 50 foiz edi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi

🔹230-modda. Shikoyat berish huquqi

Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.

Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati deb e’tirof etiladi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_hisoboti

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar

▪️QQS
▪️AOS
▪️Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq
▪️Aksiz soligʻi

Boshqa qoʻllanmalar soliq.uz saytining "Soliq hisoboti shakllari" boʻlimiga joylashtirilgan.
_________
#налоговая_отчетность

Инструкции по заполнению налоговой отчетности

▪️НДС
▪️Налог с оборота
▪️Налог на доходы физических лиц и социальный налог
▪️Акцизный налог

Другие инструкции размещены на сайте soliq.uz в разделе "Формы налоговой отчетности".
#soliq_hisoboti

Soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻgʻri toʻldirishlari kerak!


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

- hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Sening qandaydir noto‘g‘ri ishlaringni hech kim bilmasligini istasang, bunday ishlarni hech qachon qilma.

R. Emerson

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#MXIK

"Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilish maqsadida qurilish materiallarining MXIKlari yangilandi

Endilikda mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning Yagona elektron milliy katalogi “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi bilan integratsiyalashtirildi.

Milliy klassifikatorda qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflari koʻrsatilganligi sababli, ular asosida qurilish materiallarining 172 mingta yangi MXIKlari, shuningdek, oʻlchov birliklari yaratildi.
👉Qurilish materiallari uchun yangilangan MXIK ro'yxati

Tasnif.soliq.uz veb saytida shaxsiy kabinetdagi interaktiv xizmat orqali soliq toʻlovchilar yangi MXIKni “Tanlangan” toifasiga qoʻshishlari va ularni EHF va onlayn-NKM cheklarini shakllantirishda foydalanishlari mumkin.

Qurilish materiallarining mavjud umumiy MXIKlari xatlovdan oʻtkaziladi va keyinchalik bosqichma-bosqich nofaol holatga oʻtkaziladi.

Shu sababli, soliq toʻlovchilarga qurilish materiallari uchun hozirda qoʻllaniladigan umumiy kodlarni koʻrib chiqish va ularni yangilariga almashtirish tavsiya etiladi.

☎️ Savol va takliflar uchun Katalog operatoriga 71-202-32-32 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
_____________
#ИКПУ

ИКПУ стройматериалов обновлены в целях унификации с Национальным классификатором строительных ресурсов

Теперь Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) интегрирован с электронной платформой «Национальный классификатор строительных ресурсов».

Так как в Национальном классификаторе указаны детальные технические характеристики строительных материалов, на их основе создано 172 тысячи новых детализированных идентификационных кодов продукции и услуг (ИКПУ) для строительных материалов, а также единицы их измерения.
👉Перечень обновленных ИКПУ для стройматериалов

Через интерактивную услугу в персональном кабинете на сайте tasnif.soliq.uz налогоплательщики могут добавить новые ИКПУ в категорию "Избранное" и использовать их при формировании ЭСФ и чеков онлайн-ККТ.

Действующие общие ИКПУ строительных материалов будут инвентаризированы и в последующем поэтапно переведены в неактивные.

Поэтому налогоплательщикам рекомендуется пересмотреть общие коды, применяемые в настоящее время для стройматериалов, и заменить их на новые.

☎️ По вопросам и предложениям обращаться к Оператору каталога по номеру 71-202-32-32.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi halol biznesni rag'batlantirishga asoslanadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.
👉PQ-39-son, 23.01.2024-y.

Tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

5- sentabr holatiga Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan holda jami 42.064 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda va bulardan

“AAA”- 768, “AA”- 790, “A”- 1215 ta

“BBB”- 4139, “BB” - 6458, “B”- 7217 ta

“CCC”,- 3591, “CC”-8222, “C”-4164 ta

“D”-5811
nafarni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot #korrupsiya

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun o'quv mashg'uloti tashkil etildi

Joriy yilning 6-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Unda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo'lish, har bir xodim o'z kasbiga vijdonan mas'uliyat bilan yondashishi va soliq to'lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritishi kerakligi ta'kidlandi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib xodimlarga "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi qonunni qo'llash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etish choralari to'g'risida tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram