TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

⏹️Xalq farovonligi yo'lidagi islohotlar.

➡️Joriy yilning 10-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida shahar prokurori o‘rinbosari H.Q.Mirsoatov va shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.X.Haydarovlar rahbarligida poytaxtda byudjet tushumlari prognozining bajarilishi, soliq qarzdorligini bartaraf etilishi hamda yashirin iqtisodni oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, unda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti shahar boshqarmasi boshlig‘i M.Ruzmatov, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari J.Mirpulatov, Majburiy ijro byurosining poytaxt boshqarmasi boshlig‘i A.Arziyevlar va tuman xokimining 1-o‘rinbosarlari xamda shahar 12 ta tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

➡️Tadbirda soliq tushumlari rejasini bajarilishi ahvoli, Majburiy ijro byurosi organlarida soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlarini jadallashtirish, soliq prognozi ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, qo‘shimcha soliq manbalarini aniqlash, mamlakat byudjetiga soliqlarni sifatli undirilishini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi kamchiliklar muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tanlov

Ayni daqiqalarda "Barkamol" bolalar oromgohida "Soliq haqida Siz nimani bilasiz?" tanlovi o'tkazilmoqda.

Unda bolajonlar animatorlar bilan birgalikda ajoyib va qiziqarli chiqishlarda ishtirok etmoqda.

Boshlovchi tomonidan berilgan soliq haqidagi savollarga chaqqonlik va epchillik bilan javob bermoqda.

Tanlov bolajonlarning iqtisodiy bilimlarini, xususan, soliq haqidagi tushunchalarini oshirishga xizmat qiladi.

Bolajonlar Vatanimiz sportchilarining 33 Yozgi Olimpia o'yinlaridagi g’alabalari haqida ham savollarga javob berdi.

Soliqlar yurtimizda sport, ta'lim, ijtimoiy himoya, mudofaa va boshqa sohalarni rivojlantirishga sarflanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tanlov

“Barkamol” bolalar oromgohida 5-mavsumning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, "Soliq haqida Siz nimani bilasiz?" tanlovida qatnashgan va soliqlar bo‘yicha savollarga katta qiziqish bilan javob bergan eng faol soliq bilimdonlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
____
#викторина

В детском лагере "Баркамол" состоялось торжественное закрытие 5 смены.

Самых активных ребят - знатоков налогов, которые принимали участие в викторине "Что вы знаете о налогах?" и с большим интересом отвечали на вопросы, наградили памятными подарками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kimniki qo‘lidan xayr-barakali va purhikmat ishlar kelmasa, uning nasabining sharifligi-yu, ulug‘ligi foyda keltirmas.

Mahmud az-Zamahshariy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 12-avgust

iyul oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

avgust oyi uchun:

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 12 августа 2024 года последний день

за июль:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за август:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari
____________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары и услуги

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin, sharafli kasbiga sodiq – qadrli soliqchilar!!!

Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev mazkur sana munosabati bilan soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni va soha faxriylarini tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Qadrli hamkasblar!

Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.

Aziz va qadrli hamkasblar! Barchangizni soliq tizimiga qo'shayotgan ulkan hissangizni, qilayotgan mehnatlaringizni chuqur qadrlagan holda, sharaf bilan yelkama-yelka turib bir safda mamlakat iqtisodini rivojlantirishda shijoat tilayman. Professionallik va halollik ila kelgusida vatan oldidagi burchimizni ado etishda birdamlik tilayman. Kasb bayramingiz muborak bo'lsin.

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi
#tabrik

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor...

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor,
Mehnat qilgan har insonga zafarlar yor,
Bugun dilga quvonch solar, shodlik solar!
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin soliqchilar!


Soliq qo‘mitasi mehnat faxriysi, "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi G‘ulomjon Musayev soliq xizmati organlari xodimlariga dil izhorlarini mana shunday go‘zal satrlar orqali yo‘lladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

28-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik

🔹220-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish

Oldingi tahrirga qarang. Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

“Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish toʻgʻrisida”gi
VMQ 478-son qarorga mutaxassis sharhi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Soliq qoʻmitasiga quyosh paneli oʻrnatgani uchun yer va mulk soligʻi imtiyozini qoʻllashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qoʻyildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlarga_ehtirom

🔷Ustozni ulug'lash eng oliy ne'matdir

🔶Soliq sohasida uzoq yillar faoliyat yuritib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan, ustoz soliq xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram