TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.83K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yangihayot #yashirin_iqtisodiyot #uchrashuv

🔷Tadbirkorlar bilan uchrashuv

🔸Joriy yilning 24-iyul kuni Yangihayot tumani prokuraturasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i va mas'ul xodimlari, Poytaxtning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig'i hamda Yangihayot tumani xodimlari bilan "Yangihaytot industrial texnoparki" hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlarning 17 nafari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jumladan, tadbirkorlarning o'zlariga tegishli bo'lgan hududlarda qurilish faoliyatini boshlashlarida yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda kelgusida doimiy hamkorlikda ishlash yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari 442 mingdan oshdi

2024-yil 1-iyul holatiga soliq organlarida 442 963 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 312,6 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 247,5 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 37,1 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 46 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 130,2 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 92,8 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 45,7 % va hisoblangan soliq summasi 50,1 %ga oshgan.

Talabalar bilan 71,2 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 108 122 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 39,7 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 442 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 июля 2024 года в налоговых органах зарегистрировано 442 963 договора аренды недвижимого имущества.

На основании более 312,6 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 247,5 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 37,1 %, а сумма начисленного налога - на 46 %.

На основании более 130,2 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 92,8 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 45,7%, а сумма начисленных налогов - на 50,1 %.

Со студентами заключено 71,2 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 108 122.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 39,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z ahdiga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli bo‘lur va na izzatmand.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sayyor_qabul

🔷Inson qadrini aziz bilgan yurt

🔸Joriy yilning 25-iyul kuni Mirobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglandi hamda aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, 70 nafardan ziyod fuqarolar Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 10 nafari esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'iga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq muammolar, doimiy daromadga ega bo'lish uchun ishga joylashish, kadastr bilan bog'liq masalalar shu yerning o'zida hal etilib, vaqt talab qiladigan muammolar tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🔷Inson qadrini aziz bilgan yurt

🔸Mirobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya

🔷Korrupsiya haqida xabar bering!

Agar siz soliq xizmati organlari tizimida korrupsiya holatlaridan xabardor boʻlsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiling.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram