TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#stol_tennisi #Uchtepa

🔷Mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etadi

🔸Toshkent shahar tumanlarida davom etayotgan stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqaning navbatdagisi Uchtepa tumanida o'tkazildi. Unda tumandagi mahallalardan 120 nafardan ziyod oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qatnashdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni Tuman hokimligi mas'ullari, soliq inspeksiya bo'lim boshlig'i va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________
#встреча

Встреча с предпринимателями в сфере производства продовольственных товаров


В эти минуты проходит встреча предпринимателей сферы производства продовольственных товаров, посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвуют председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев и руководство других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #TTY

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev elektron TTYni noto‘g‘ri to‘ldirganlik uchun hech kim jazolanmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Shuningdek, u elektron TTYni Soliq mobil ilovasidan 3 ta harakatda to‘ldirish imkoniyatini yaratish ustida ish olib borilyotganini ham ma’lum qildi.
________
#встреча #ТТН

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев в очередной раз подчеркнул, что за неправильное оформление товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде меры применяться не будут.

Создается возможность оформления электронных ТТН в 3 клика в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #markirovka

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish tizimini joriy etishni taklif qilgan tadbirkorga minnatdorlik bildirdi. U mahsulotlarni markirovkalash aynan shunday tizim ekanligini ta’kidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 501 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Jumladan, 2024-yil 1-iyul holatiga 215 392 ta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod xodimida 1,2 mlndan ortiq soliq obyekti bo‘yicha 501,3 mlrd so‘m (yer solig‘i - 295,1 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 206,2 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:
▫️83,4 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️14,9 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️403 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

▪️qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 62,6 mingta tashkilotda ishlovchi 161,4 ming nafar xodimning soliq qarzi - 106,5 mlrd soʻm;

▪️sanoat sohasidagi 25,8 mingta tashkilotda ishlovchi 206 ming nafar xodimning soliq qarzi 94,3 mlrd soʻm;

▪️savdo sohasidagi 54,2 mingta tashkilotda ishlovchi 98,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 66,6 mlrd soʻm;

▪️qurilish sohasidagi 12,1 mingta tashkilotda ishlovchi 64,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 45,2 mlrd soʻm;

▪️tashish va saqlash sohasidagi 6,8 mingta tashkilotda ishlovchi 45,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 18,9 mlrd soʻm;

▪️yashash va ovqatlanish
boʻyicha xizmatlar sohasidagi 11,9 mingta tashkilotda ishlovchi 23,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 18,1 mlrd soʻm;

▪️sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,9 mingta tashkilotda ishlovchi 12,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 6 mlrd soʻm;

▪️axborot va aloqa sohasidagi 2,6 mingta tashkilotda ishlovchi 11,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 4,5 mlrd soʻm;

▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 82,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 42,9 mlrd soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
🔻 Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 5,7 mlrd so‘m;
🔻“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 5,6 mlrd soʻm;
🔻 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ - 4,8 mlrd soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Uchrashuvda
“Perfekt invest biznes” korxonasi vakili U.Sultonov tadbirkorlar 10-yil oldin soliqchilar kelishidan qo‘rqib turishini, hozirgi kunda soliq tizimining tartibga tushganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Hamisha haq bo‘lishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

Alber Kamyu

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stol_tennisi #Olmazor

🔷Raqobat va natija

🔸Poytaxtimizda davom etayotgan mahallalar aro ochiq musobaqaning avj pallasida Olmazor tumani yoshlari murosasiz bellashdilar. Qizg'in raqobat uchun tumandagi mahallalardan 70 nafardan ziyod oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qatnashdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni Tuman hokimligi mas'ullari, soliq inspeksiya boshlig'i va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram