TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.91K subscribers
12.4K photos
1.33K videos
74 files
5.09K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#hamkorlik

Jahon banki va Soliq qo‘mitasi hamkorligi yanada tizimlashgan holda davom etadi


Joriy yilning 15-iyul kuni Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining Davlat va moliyaviy boshqaruv masalalar departamentining global ishlari boʻyicha menejeri Adrian Fozzard o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi.

“Soliq maʼmuriyatchiligi va soliq siyosatini isloh qilish hamda oʻrta muddatli tahlil boʻyicha texnik yordam koʻrsatish” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish hamda kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.

Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida hamkorlik ishlarini yanada tizimlashtirilgan holda davom ettirishga kelishib olindi.

Janob Adrian Fozzard tomonidan kelgusida Jahon bankining texnik koʻmagi davom ettirilishini taʼkidladi.

Shuningdek, joriy yilning 15-22-iyul kunlari ushbu missiya doirasida xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Elektron va qogʻoz cheklardagi summani tuzatish boʻyicha qoʻllanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответ отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #raqamli_markirovka

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 80 mingdan oshdi

2024-yilning 1-iyul holatiga Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga 80 020 nomdagi mahsulotlar kiritildi.
Raqamli markirovkalash mahsulotlar kesimida:
▫️Alkogol mahsulotlari - 9 131 ta;
▫️Tamaki mahsulotlari - 8 171 ta;
▫️Pivo mahsulotlari - 1 399 ta;
▫️Maishiy texnika - 45 305;
▫️Dori vositalari va tibbiy buyumlar - 11 712;
▫️Suv va salqin ichimliklar - 4 302 ta.

Markirovkalangan mahsulotlar soni bo'yicha yetakchi hududlar – TOP-5:
📍Toshkent shahri – 62 516;
📍Toshkent viloyati – 6 531;
📍Samarqand viloyati – 3 278;
📍Farg‘ona viloyati – 1 464;
📍Namangan viloyati – 1 422.

👉 Integrator kompaniyalar
__________
#цифровизация #цифровая_маркировка

Промаркировано свыше 80 тысяч наименований продукции

По состоянию на 1 июля 2024 года в Национальном каталоге маркированной продукции 80 020 наименований продукции.

Цифровой маркировки в разделе продукции:
▫️алкогольная продукция - 9 131;
▫️табачные изделия - 8 171;
▫️пивная продукция - 1 399;
▫️бытовая техника - 45 305;
▫️лекарственные средства и медицинские изделия - 11 712;
▫️вода и прохладительные напитки - 4 302.

Среди регионов по числу маркированной продукции лидируют
:
📍г.Ташкент - 62 516;
📍Ташкентская область - 6 531;
📍Самаркандская область - 3 278;
📍Ферганская область - 1 464;
📍Наманганская область - 1 422.

👉 Компании-интеграторы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

O‘tkazilgan soliq auditi natijalari

2024-yil yanvar-iyun oylarida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,18%ida oʻtkazilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida
soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 015 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (547,4 ming) 0,18 foizini tashkil etadi.

▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 1 951,2 mlrd soʻm;
▫️Soliq auditida aniqlanlangan summa – 2 681 mlrd soʻm.

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 1 832 mlrd soʻm (68,3%);
▪️qurilish sohasida – 379,2 mlrd soʻm (14,2%);
▪️ishlab chiqarish sohasida – 193,9 mlrd soʻm (7,2%);
▪️xizmat koʻrsatish sohasida – 65,4 mlrd (2,4%);
▪️qishloq xoʻjaligi sohasida – 98,5 mlrd soʻm (3,7%);
▪️transport sohasida – 21,1 mlrd soʻm (0,8%);
▪️boshqa sohalarda – 90,9 soʻm (3,4%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 323 ta soliq toʻlovchida 4 149,1 mlrd soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:
🔸 176 ta subyektda 2 016,2 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
🔸 73 ta subyektda 1 128,2 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
🔸 74 ta subyektda 1 004,7 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 1 054,4 mlrd soʻmning 149,9 mlrd soʻmi (14,2%) toʻlab berildi.
__________
#цифровизация #налоговый_аудит

Результаты проведенных налоговых аудитов

В январе-июне 2024 года налоговые аудиты охватили только 0,18% от общего числа налогоплательщиков.

В январе-июне этого года
органами налоговой службы проведены налоговые аудиты в отношении 1 015 субъектов предпринимательства с высоким риском неуплаты налогов. Это 0,18% от общего числа налогоплательщиков (547,4 тыс.), осуществлявших деятельность в этот период времени.

▫️Сумма выявленного налогового риска – 1 951,2 млрд сумов;
▫️Сумма, выявленная в ходе налогового аудита – 2 681 млрд сумов.

Выявленные в ходе налогового аудита суммы в разрезе отраслей:
▪️торговля и общественное питание – 1 832 млрд сумов (68,3%);
▪️строительство – 379,2 млрд сумов (14,2%);
▪️производство – 193,9 млрд сумов (7,2%);
▪️обслуживание – 65,4 млрд сумов (2,4%);
▪️сельское хозяйство – 98,5 млрд сумов (3,7%);
▪️транспорт – 21,1 млрд сумов (0,8%);
▪️другие отрасли – 90,9 млрд сумов (3,4%).

В ходе проведенных налоговых аудитов выявлено, что у 323 налогоплательщиков была сокрыта налоговая база в размере 4 149,1 млрд сумов:
🔸у 176 субъектов не отражена реализация товаров на сумму 2 016,2 млрд сумов;
🔸 у 73 субъектов во время проведения инвентаризации товар на сумму 1 128,2 млрд сумов отсутствовал на складе или в месте продажи;
🔸 у 74 субъектов хранились и (или) реализовывались неоприходованные товары на сумму 1 004,7 млрд сумов.

На сегодняшний день из 1 054,2 млрд сумов налогов, подлежащих уплате, уплачено 149,9 млрд сумов (14,2%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#chektahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Сheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin

Soliq to‘lovchilar 01.01.2023-yildan boshlab berilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz da "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidagi "Chek maʼlumotlari" boʻlimida muddatsiz tahrirlashi mumkin:

▫️Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi va stavkasini (0/12%)
▫️Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodini (MXIK)
▫️Komitent STIRini;
▫️mahsulot miqdorini;
▫️o‘lchov birligini;
▫️to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta).


“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim.

Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
_______
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Помимо суммы в чеках можно без временных ограничений исправлять другие ошибки


Налогоплательщики, воспользовавшись на my3.soliq.uz функционалом "Информация о чеках" в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц", помимо суммы могут без временных ограничений корректировать в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ, выданных с 01.01.2023 года, следующие данные:

▫️ сумму и ставку (0 /12%) налога на добавленную стоимость (НДС);
▫️ идентификационный код продукции и услуг
(ИКПУ);
▫️ ИНН комитента;
▫️ количество продукции;
▫️ единицу измерения;
▫️ способ оплаты (наличными или банковской картой).


В завершение нажмите "Сохранить".

Предпринимателю следует прикрепить обращение (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.

В случае корректировки чеков необходимо пересдать налоговые отчетности. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 50 mingga yaqin murojaat yo‘llangan

2024-yil yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 49 564 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹45 432 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹2 297 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹107 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹1 728 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 24 466 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 15 671 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 15 644 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 10,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
______
#цифровизация
#налоговая_проверка

С начала этого года было направлено около 50 тысяч обращений о налоговых правонарушениях

В январе-июне 2024 года через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq поступило 49 564 обращения о налоговых правонарушениях.
Из них:
🔹45 432 обращения о невыдаче чека;
🔹2 297 обращений об отказе принять к оплате пластиковую карту;
🔹107 обращений о завышении цены товара при оплате пластиковой картой;
🔹1 728 обращений о других видах правонарушений.

Отклонено 24 466 обращения, которые либо являются повторными, либо в отношении субъекта предпринимательства, на которого поступила жалоба, уже проводится проверка.

🔍На основании обращений проведено 15 671 выездная налоговая проверка, в 99,1% случаев правонарушения подтвердились.

Гражданам, сообщившим о налоговых правонарушениях, выплачены вознаграждения (20% от суммы взысканного штрафа) в размере 10,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Haqiqatni ko‘rmoq va unga intilmoq – yoki jasorat, yoki tarbiya mahsuli.

Konfusiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#suniy_intellekt

Davr-On bilan
soliq.uz sayti orqali muloqot qiling

Hurmatli foydalanuvchilar, sizlar uchun ajoyib yangilik, Davr-On bilan endi soliq.uz sayti orqali muloqot qilishingiz mumkin.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ishga tushirilgan virtual maslahatchi – Davr-On keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Mazkur virtual yordamchi ishga tushirilganligi haqida bir kunda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 100 dan ziyod xabarlar tarqaldi.

Birinchi kuni Davr-On bilan 20 835 dan ortiq foydalanuvchi muloqot qildi. Hozirda ularning jami soni 25 357 nafarni tashkil etmoqda.

Mutaxassislar uning imkoniyatlarini kengaytirishga va sizlarning eng ishonchli yordamchingizga aylantirishga harakat qilmoqda.

Mana shu harakatlar natijasi o‘laroq, Davr-On Soliq qo‘mitasining rasmiy sayti – soliq.uz bilan integratsiya qilindi. Endi foydalanuvchilar u bilan ushbu sayt orqali ham muloqot qilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida boshlandi.

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024 yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi.

Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi.

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teletahlil #Mirobod

🔷Bugun shahrimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar zamirida poytaxtimiz tumanlari kundan-kunga rivoj topib bormoqda.

Mirobod tumani 4-sektor tomonidan aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlari yaratish tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stol_tennisi #Sergeli

🔷Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 237-maktabning sport zalida stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqa tashkil etildi. Unda tumandagi mahallalardan 60 nafar oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qamrab olindi.

Bahslarga boy boʻlgan musobaqada quyidagi natijalar qayt etildi.

🔸Ayollar oʻrtasida

1 oʻrin Haydarova Aziza
2 oʻrin Xamrayeva Ismigul
3 oʻrin Koʻcharova Zuhra

🔹Erkaklar oʻrtasida

1 oʻrin Xudoyorov Jasur
2 oʻrin Ikromov Otabek
3 oʻrin Asqarov Botir

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni Tuman soliq inspeksiya boshlig'i va Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram