TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning II choragi davomida soliq tushumlari 45 trln so’mdan ortdi

Respublika bo‘yicha 2024-yil II choragida soliq organlari tomonidan budjetga 45,5 trln so‘mga yaqin tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 %ga ko‘p.

Soliq turlari kesimida tushum (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish):
🔸foyda solig‘i - 9,5 trln so‘m (📈 10,6%);
🔸QQS - 9,4 trln so‘m - (📈 26,5%);
🔸JShODS - 9,2 trln so‘m - (📈 18,7%);
🔸aksiz solig‘i - 4,6 trln so‘m - (📈 36,6%);
🔸yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 4,1 trln so‘m (📈 16,2%);
🔸yer solig‘i - 2,2 trln so‘m (📈 32,1%);
🔸mol-mulk solig‘i - 1,8 trln so‘m (📈 45%);
🔸AOS - 756,1 mlrd so‘m (📈 1,7%);
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 186,1 mlrd so‘m (📈 0,4%).
_____
#цифровизация #налоговые_поступления

За II квартал этого года налоговые поступления достигли почти 45 трлн сумов

В II квартале 2024 года налоговыми органами по республике обеспечено около 45,5 трлн сумов поступлений. Это на 18,4 больше, чем за аналогичный период прошлого года.

В разрезе видов налогов (в сравнении с таким же периодом прошлого года):
🔸9,5 трлн сумов по налогу на прибыль (📈10,6%);
🔸9,4 трлн сумов поступлений по НДС (📈26,5%);
🔸
9,2 трлн сумов по НДФЛ (📈18,7%);
🔸
4,6 трлн сумов по акцизному налогу - (📈36,6%);
🔸4,1 трлн сумов по налогу за пользование недрами (📈16,2%);
🔸2,2 трлн сумов по земельному налогу (📈32,1%);
🔸1,8 трлн сумов по налогу на имущество (45%);
🔸
756,1 млрд сумов по налогу с оборота (📈1,7%);
🔸186,1 млрд сумов по налогу за пользование водными ресурсами (📈04%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sayyor_qabul #yangi_hayot

🔷 Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari ko'rsatmasi bilan joriy yilning 5-iyul kuni soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan Yangi hayot tumanidagi yordamga muhtoj aholining murojaatlari tinglandi.

Ushbu ommaviy sayyor qabulda 17 ta murojaatchining 7 nafariga "Polmira group"mchj korxonasi tomonidan homiylik asosida moddiy yordam puli taqdim etilib muammolar shu yerning o'zida hal etilgan bo'lsa, 1 nafar fuqaroga doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi uchun noutbuk berildi, yana bir fuqaroga kompyuter to'plami va printer berildi hamda 2 nafar fuqaroning o'qishlarini to'lov kontraktlari to'lab berildi. Vaqt talab qiladigan muammoli masalalar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Potrebitel.uz" da 30-iyun kuni "Botanika bog'ining bepul avtoturargohi pullik bo'ldimi" mazmunida murojaat qoldirganligi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Poytaxtimizning Yunusobod tumani Bog'ishamol ko'chasida joylashgan "Botanika" bog'iga tuman soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganish o'tkazilganda yuqorida keltirilgan murojaat o'z tasdig'ini topgan. Voyaga yetmagan E.M tomonidan o'z boshimchalik bilan noqonuniy avtoturargoh tashkil qilinganligi va E.M tashrif buyurgan fuqarolarning avtomashinalarini vaqtinchalik saqlagani uchun go'yoki avtoturargoh pullik bo'lganini vaj qilib pul talab qilgani aniqlangan. Soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan E.M ni voyaga yetmaganligi inobatga olinib suhbat o'tkazilgan va bunday faoliyat noqonuniy ekanligi yuzasidan tushuntirish berilgan hamda holat to'liq nazoratga olingan.

Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_majburiyati

S
oliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish soliq organlarining majburiyati hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilar esa o‘z navbatida soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlari lozim.

Soliq xizmati organlari soliq to‘lovchidan soliqlarni oldindan to‘lashni talab qilishga haqli emas.

Soliq to‘lovchi to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan soliq to‘lash muddatining oxirgi kunida yoki ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lashi mumkin.

Shu bilan birga, soliq to‘lash majburiyatini muddatidan oldin bajarish soliq to‘lovchilarga turli kutilmagan vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Ayrim sabablarga ko‘ra, (hisobraqamda mablag‘ bo‘lmasligi) soliqlar to‘lov muddatining so‘nggi kunida to‘lanmay qolsa, soliq organi hisoblangan soliqlarni majburiy undirish choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

👉 Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari

Agar soliq organlarida noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda maxsus @dsq_anticorrupciya_bot Telegram boti orqali xabar bering. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#obodonlashtirish

"Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla"

🔷
Halqimiz farovonligi yo'lida mahallalar obodligini ta'minlash hamda ularni zamonaviy ko'rinishga keltirish uchun shahrimiz bo'ylab muntazam xashar va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan hududlar bo'ylab yuqori darajada obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Bektemir, Yangihayot, Sergeli, Yunusobod, Chilonzor, Mirobod, Mirzo ulug'bek tumanlarining qator mahallalarida "Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla" dasturi asosida4- sektor rahbarlari tomonidan obodonlashtirish ishlari bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berilib, ishlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday xayrli ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram