TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2024.pdf
257.1 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-iyuldan
...

🔹barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi joriy etiladi;

🔹issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlarga ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish tartibi to‘xtatiladi.
___________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2024 года
...

🔹для всех хозяйствующих субъектов внедряется система оформления, хранения и учета товарно-транспортных накладных в электронном виде;

🔹порядок возврата налога на доходы физических лиц по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток прекращается.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari

206-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar


🔹Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining daromadlarini aniqlashda ushbu Kodeksning maqsadida uning quyidagi daromadlari hisobga olinadi:

👉BATAFSIL 👈


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

🔷 Tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingi doirasida ko'mak ko'rsatilmoqda

Bugungi kunda yurtimiz iqtisodini tayanchi bu albatta tadbirkorlardir. Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat byudjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda.Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

Shu nuqtai nazardan, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 1-iyuL kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining mas'ul hodimlari "Omega agro stroy" MChJning reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida joyiga chiqqan holda tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatdilari va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qayta_aloqa

SOLIQ ORGANLARI BILAN QAYTA ALOQA

Soliq organlari va soliq to‘lovchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida konstruktiv onlayn muloqotni tashkil etish maqsadida “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimi ishga tushirilganini ma'lum qilamiz.

Xabar yo'llash uchun:
1. Soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga kiriladi;
2. “Bizga xabar yuboring” xizmati tanlanadi.
*xabar yuboruvchi “Soliq” mobil ilovasi foydalanuvchisi bo'lishi lozim.

Tizim foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtishi uchun avtomatik ravishda interaktiv platformaga yoʻnaltiradi.

3. Platformaga oʻtgandan soʻng, “xabar yuborish” tugmasi bosiladi. Ochilgan oynaga savol matni kiritiladi va zarur hollarda hajmi 5 mb.dan katta boʻlmagan faylni ilova qilish mumkin.

Jarayonni yakunlash uchun “keyingi qadam” tugmasi bosiladi.

Savollar va xabarlarni 24/7 rejimda yuborish mumkin.
Javoblar ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha beriladi.


"Tadbirkor va soliqchi" telegram guruhi faoliyati ”Qayta aloqa” AT da davom ettiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#TTY

Biz yuk tashish uchun lizinga olingan transport vositasidan foydalanamiz. Bunday holda, elektron tovar-transport yuk xatini qanday rasmiylashtirish kerak?

Buning uchun elektron tovar-transport yuk xati rasmiylashtirish jarayonida "Transport turi" bo'limidagi "Avtomobil" tugmasi tanlanadi va "Boshqa avtomobil egalari" qatorlariga lizinga berilgan transport vositasi egasining JShShIRi yoki STIR kiritiladi. Shundan so'ng, barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik ravishda ko'rsatiladi.
___________
#ТТН

Мы используем для перевозки груза автомобиль, приобретенный в лизинг. Как в этом случае оформить электронную товарно-транспортную накладную?

Для этого при заполнении электронной товарно-транспортной накладной в разделе "Вид транспорта" укажите "Автомобиль" и в строке "Другие владельцы автомобиля" введите ИНН или ПИНФЛ владельца, который предоставил вам его в лизинг. После этого все необходимые сведения отобразятся автоматически.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor
#obodonlashtirish
#Uchtepa #Bektemir

Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki

Halqimiz farvonligi yo'lida mahallalar obodligini ta'minlash hamda ularni zamonaviy ko'rinishga keltirish uchun shahrimiz bo'ylab muntazam xashar va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan hududlar bo'ylab yuqori darajada obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani Vatan mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla" dasturi asosida sektor rahbari tomonidan obodonlashtirish ishlari bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berilib, ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Bektemir tumani Oltintopgan mahallasida obodonlashtiish ishlari olib borilib mahalla hududi chiqindilardan tozalanmoqda.

Mana shunday xayrli ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

🔸Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq o‘zining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga qo‘yilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) olishda (olib kirishda) to‘langan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy voris soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hisobga olinishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#TTY #savol_javob

Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?

2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.

Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.

Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.

Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ

Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?

С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.

Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.

Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.

Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.

Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads