TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor #korrupsiya

Jamiyat rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri korrupsiyadir. Insoniyatni tashvishga solayotgan ushbu ijtimoiy illat, ya'ni korrupsiya inson huquqlarining buzilishiga, hayot sifatining yomonlashuviga olib keladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Olmazor tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Olmazor tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qo‘mitasi tomonidan elektron TTY tizimi bo‘yicha seminar qanday formatda tashkil etilishi soliq to‘lovchilarga ma’qul kelishi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda ishtirokchilarning 60 %i onlayn formatni tanladi.

Shundan kelib chiqib, Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 26-iyun kuni "Elektron tovar-transport yuk xati" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Налоговый комитет проводил опрос, какой формат семинара по системе электронных ТТН предпочитают налогоплательщики. 60% проголосовавших выбрали онлайн-формат.

Исходя из этого 26 июня состоится онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета 🗓 на тему "Электронная товарно-транспортная накладная".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 16:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

"Elektron tovar-transport yuk xati" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉https://youtube.com/live/WEf_ttU_Cwk?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Электронная товарно-транспортная накладная".

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/WEf_ttU_Cwk?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sayyor_qabul #yangi_hayot

🔷Fuqarolar murojaatlari etiborsiz qolmaydi

Joriy yilning 25-iyun kuni Yangi hayot tumanida sektor rahbarlari tomonidan “Chortoq” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida 10 nafarga yaqin fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi.

Yakunida 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ko'rsatilgan bo'lsa, 3 nafariga davolanishlari uchun bepul yo'llanmalar berildi.
Qolgan murojaatlarga huquqiy tushunchalar berilib, vaqt talab etadigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#sayyor_qabul #uchtepa

🔷Inson qadri ulug'dir!

2024 yilning 26-iyun kuni Uchtepa tumani hokimi va Soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligida 4-sektor hududidagi "Vatan" mahallasida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etilib murojaatlar tinglandi.

Qabul jarayonida 1 nafar fuqaroga to'lov kontrakti to'lab berilgan bo'lsa yana 1 nafarini sog'ligini tiklashi uchun tibbiyot birlashmasiga bepul order taqdim etildi va 4 nafar fuqaroni kommunal masalalardagi murojaatlari joyida hal etilib, qolgan 4 tasiga huquqiy tushunchalar berilib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Budjet tashkilotlariga foizlar uchun to'lov amalga oshirilganda to'lov manbaida soliq solinadimi

JAVOB:


Soliq kodeksining 344-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi rezidenti bolgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablag'larni depozitga joylashtirishidan to'lanadigan foizlarga to'lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi bo'yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#27_iyun
#tabrik

27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni kasb bayramingiz munosabati bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida olib borilayotgan islohotlar va xalqimiz turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan erishilayotgan samarali natijalarda ommaviy axborot vositalari xodimlarining xizmati alohida tahsinga loyiq.

Shu o'rinda, soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va sohaga kiritilayotgan yangiliklarni birinchilardan bo'lib soliq to'lovchilar va butun xalqimizga yetkazishda faol ishtirok etib, faoliyatimizga hamyurtlarimiz tomonidan xolis baho berilishida o'z hissangizni qo'shayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman!

Sizlarga oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i
Yunusjon Nasimdjanov
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari

203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar

🔹Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lashi shart.

Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb e’tirof etish tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar deb e’tirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Sergeli

🔷Korrupsiya bu illat

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 26-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Sergeli tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Sergeli tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram