TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.91K subscribers
12.4K photos
1.33K videos
74 files
5.09K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Poytaxtimizdagi "Olmazor kichik sanoat zonasi" faoliyati bilan tanishildi

Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizda joylashgan "Olmazor kichik sanoat zonasi"da faoliyat yuritayotgan 118 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularni o'ylantirgan mavjud muammo va takliflarni o'rgandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Ma'lumot o'rnida, mazkur muassasada aholi uchun jami 1547 nafar ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi tadbirkorlar qonun doirasida ishlab berilayotgan imtiyozlardan to'g'ri foydalangan holda faoliyatni kengaytirishi va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mas'ul tashkilotlarga zarur yordamlarni ko'rsatish bo'yicha kerakli ko'rsatma va topshiriqlarni berib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
Video
#Olmazor #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Poytaxtimizdagi "Olmazor kichik sanoat zonasi" faoliyati bilan tanishildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Men odobni odobsizdan o‘rgandim, chunki uning qilganlarini qilmadim.

Luqmoni Hakim

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

19-iyun - may oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

19 июня - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за май

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 19-iyun – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil may oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni.

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soliqni 2% stavkada to‘laydi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2% miqdorida belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 467-modda

Bunda, soliq to‘lovchining joriy hisobot (soliq) davri natijalari bo'yicha bunday faoliyatdan olinadigan daromadi umumiy daromadining kamida 90%ini tashkil qilishi kerak.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan korxona rahbari tomonidan imzolangan umumiy daromadining 90% dan ortig'i elektron tijoratdan kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini biriktirgan holda murojaat yo‘llash lozim.
👉 Murojaat yo‘llash bo'yicha qo'llanma
______
#налог_с_оборота

Осуществляющие электронную торговлю предприниматели уплачивают налог по ставке 2%

Для тех налогоплательщиков, которые осуществляют электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%.
👉ст.467 НК

При этом доходы от осуществления такой деятельности по итогам текущего отчетного (налогового) периода, должны составлять не менее 90% совокупного дохода.

Чтобы воспользоваться сниженной ставкой, нужно подать обращение по использованию налоговой льготы через интерактивную услугу в персональном кабинете на сайте my3.soliq.uz, прикрепив копию подписанного руководителем документа, подтверждающего, что более 90% совокупного дохода приходится на электронную коммерцию.
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

🔷Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

25-bob. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim

197-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari

🔹Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflaridir.
Oldingi tahrirga qarang.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Yashnobod

🔷Korrupsiyasiz jamiyat quramiz

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 13-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Yashnobod tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram