TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.6K photos
1.33K videos
74 files
5.16K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

79 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti barqarorlik reytingini oshirdi

Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Qayd etish lozimki, har bir mezonga alohida masʼul xodim biriktirilgan. Ular oʻzlariga biriktirilgan mezonlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida joriy yilning may oyida 79 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti oʻz barqarorlik reytingini oshirdi.

📈Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar:

🟩AAA 373 ta
🟩AA 515 ta
🟩A 879 ta

🟦BBB 3 513 ta
🟦BB 5 762 ta
🟦B7 971 ta

🟪CCC 3 900 ta
🟪CC32 226 ta
🟪C toifadagi 16 712 ta koʻpaygan

D toifadagi 78 569 ta tadbirkor oʻz reytingini oshirdi.

Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish surʻatlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
📍Toshkent shahrida – 10 960 ta
📍Fargʻona viloyatida – 6 947 ta
📍Qashqadaryo viloyatida – 6 809 taga oshgan

Oʻz navbatida, joriy yilning may oyida AAA toifadagi 93 ta tadbirkorlik subyektlariga QQS boʻyicha ortiqcha toʻlovidan 100,4 mlrd soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.
__________
#рейтинг_устойчивости

Около 79 тысяч предпринимателей повысили свой рейтинг

Благодаря внедренному с февраля текущего года рейтингу устойчивости, в деятельности субъектов предпринимательства наблюдаются положительные изменения.

Стоит отметить, что к каждому отдельному критерию рейтинга закреплен ответственный сотрудник, который предоставляет предпринимателям разъяснения и рекомендации.

В результате проводимой работы в мае текущего года около 79 тысяч субъектов предпринимательства повысили свой рейтинг устойчивости.

📈По категориям рейтинга:

🟩в категории AAA стало на 373 предпринимателя больше
🟩AA – на 515
🟩A – на 879

🟦BBB – на 3 513
🟦BB – на 5 762
🟦B – на 7 971

🟪CCC – на 3 900
🟪CC – на 32 226
🟪C – на 16 712

Число предпринимателей категории D уменьшилось на 78 569.

Лучшие показатели роста числа предпринимателей, поднявших свой рейтинг, зафиксированы в следующих регионах:
📍город Ташкент– на 10 960 больше
📍Ферганская область – на 6 947
📍Кашкадарьинская область – на 6 809

В свою очередь, в мае текущего года 93 субъектам предпринимательства категории ААА в течение 1 дня возвращены суммы переплаты по НДС без дополнительных проверок в размере 100,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Samarasi past boʻlgan soliq imtiyozlari bekor qilinadi


🔹 2025-yil 1-yanvardan ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi:

▪️tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi, AOS imtiyozlarini;
▪️samarasi past boʻlgan soliq va bojxona imtiyozlarini.

🔹 Oʻzbekistonga import qilinadigan va ishlab chiqariladigan aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari bosqichma-bosqich birxillashtiriladi:
▫️tamaki mahsulotlari – 2026-yil 1-yanvargacha;
▫️alkogol mahsulotlari va shakar – 2027-yil 1-yanvargacha.

PF-85 03.06.2024-yil

👉YouTube'da ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Chilonzor #korrupsiya

🔷 Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, 4-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Chilonzor tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Targ'ibot tadbirida tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 2024-yil 5-iyun kuni
Soliq qoʻmitasi va "Asl belgisi" milliy axborot tizimi mutaxassislari ishtirokidagi onlayn seminar-trening "Raqamli markirovka" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 5 июня 2024 года состоится онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета и Национальной системы цифровой маркировки и прослеживания товаров "Asl belgisi" на тему "Цифровая маркировка".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 16:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Raqamli markirovka"
mavzusida onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/6fmMy3EcIUc?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Цифровая маркировка".

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/6fmMy3EcIUc?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

"Raqamli markirovka" mavzusida onlayn seminar-trening quyidagi havolada davom etmoqda

👉 https://youtube.com/live/1vVFc70G4VI?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Онлайн семинар-тренинг по цифровой маркировке продолжается по следующей ссылке

👉https://youtube.com/live/1vVFc70G4VI?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

"Soliqlar tarixi muzeyi" qachon barpo etilgan hamda foydalanishga topshirilgan?

JAVOB:

«Soliqlar tarixi muzeyi» O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisining tashabbusi bilan Axborot xizmati tomonidan barpo etilgan hamda 2007 yil 24 mart kuni foydalanishga topshirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanmoqda;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

2022-yil 1-noyabrdan:

- maishiy texnikalarni majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichiga start berildi –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar;

- dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashning II bosqichiga start berildi – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlar.

2023-yil 1-martdan orfan dori vositalari markirovkalanmoqda.

2024-yil 1-martdan suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etildi.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉 Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar
__________
#цифровая_маркировка

О цифровой маркировке

С 1 января 2021 года
внедрена обязательная маркировка табачных изделий и алкогольной продукции.

С 1 апреля 2021 года маркируется пивоваренная продукция.

С 15 апреля 2022 года стартовала обязательная цифровая маркировка бытовой техники - в частности, пылесосов, стиральных машин, холодильников и морозильников, телевизоров и мониторов.

С 1 августа 2022 года осуществляется маркировка второй группы товаров - бытовых газовых плит, кухонных вытяжек, духовок и плит, микроволновых печей, утюгов, водонагревателей.

С 1 сентября 2022 года внедрена обязательная цифровая маркировка лекарств во вторичной (внешней) упаковке.
👉Предусмотрена ли маркировка ветеринарных препаратов?

С 1 ноября 2022 года стартовал III этап обязательной цифровой маркировки бытовой техники - отопительных котлов, кондиционеров, соковыжималок, блендеров, миксеров, кофемашин, мясорубок, ламп всех видов,

а также II этап обязательной цифровой маркировки лекарственных средств - в первичной (внутренней) упаковке и ангро-продукции.

С 1 марта 2023 года маркируются орфанные препараты.

C 1 марта 2024 года внедрена обязательная цифровая маркировка воды и прохладительных напитков.

❗️Субъекты предпринимательства, которые реализуют продукцию с цифровой маркировкой в розницу, должны использовать специальные устройства для правильного считывания и идентификации штрих-кодов и кодов цифровой маркировки. Сюда относятся 2D-сканеры, терминалы сбора данных либо специальные устройства иного типа.
👉За приобретение устройств для считывания цифровой маркировки предоставляются льготы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidur.

Abdulla Avloniy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

23-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar

191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli

🔹Taqqoslanadigan rentabellik usuli nazorat qilinadigan bitim tarafi bo'lgan shaxsda yuzaga kelgan operatsion rentabellikni taqqoslanadigan bitimlardagi operatsion rentabellikning ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oralig'i bilan taqqoslashni nazarda tutadi.

Taqqoslanadigan rentabellik usulidan, xususan, axborot mavjud bo'lmaganda yoki yetarli bo'lmaganda foydalanish mumkin bo'lib, mazkur axborotga asoslangan holda taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining zarur bo'lgan taqqoslash darajasi mavjudligi haqida asoslangan xulosa chiqarish hamda ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko'rsatilgan usullardan foydalanish mumkin bo'ladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram