TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_tushumlari

Soliq tushumlarini ta’minlash yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔷Joriy yilning 3-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshig‘ining ko‘rsatmasiga asosan Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida tuman hokimi hamda inspeksiya rahbari va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab Uchtepa tumanidagi biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarga to'siq bo‘layotgan muammoli masalalarni vaqtida o‘rganish va bartaraf etish, ochiq va shaffof tarzda faoliyat yuritib, yashirin iqtisodiyotning ulushini yanada kamaytirish, Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilab berilgan reja asosida tushum samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalar tushuntirildi.

Shuningdek, mavjud tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga ko‘mak ko‘rsatish, soliq sohasidagi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor qilib borish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Buyuk kishilar shohsupani o'zlari qurishadi, haykalini kelajak yasaydi.

Viktor Gyugo

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq keshbekdan may oyida 77 mlndan ko'proq foydalanildi

Joriy yilning 1-iyun holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni qariyb 7 mln ga yaqinlashdi.

🤳🏻Faol foydalanuvchilar – 6,6 mln nafardan ortiq. Bu o‘tgan oyga nisbatan 145,3 mingta ko‘p.

📱May oyida
mobil ilova xizmatlaridan qariyb 78 mln marta foydalanilgan.

3 ta yangi xizmat ishga tushirildi:
1. Elektron kalitga toʻlov
2. Fiskal modulga toʻlov
3. YTT soliqlarini toʻlash imkoniyati yaratildi.

Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor

"Soliq" mobil ilovasi "Yil brendi" tanlovida yana bir bor “Mobil ilovalar” nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi.
_______
#цифровизация #мобильное_приложение

В мае налоговым кешбэком воспользовались более 77 млн раз

По состоянию на 1 июня этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию около 7 млн пользователей.

🤳🏻Активных
пользователей - 6,6 млн человек. Это на 145,3 тысяч пользователей больше по сравнению с прошлым месяцем.

📱В мае услугами мобильного приложения воспользовались почти 78 млн раз.

Запущено 3 новых услуги:
1. Оплата за электронный ключ
2. Оплата за фискальный модуль
2. Уплата налогов индивидуальными предпринимателями


🎗Самые популярные услуги:
Кешбэк за покупки
Постановка на учет договоров аренды
Регистрация в качестве самозанятого
Уплата налогов
Налоговый партнер

Мобильное приложение Soliq в очередной раз признано лучшим в номинации "Мобильные приложения" премии "Бренд года".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib beriladi (amalda 10 kundan 15 kungacha).

☝️Batafsil infografikada

❗️Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi

Prezident qaroriga Soliq qo‘mitasi mutaxassisinig sharhi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchtepa
#Korrupsiya

🔷Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan omillardan biri bu - korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 4-iyun kuni korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi bilan jamoaviy uchrashuv o'tkazildi.

Soliq qoʻmitasining 2024-yil 25-yanvardagi Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida ma'lum qilgan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan xodimlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi mazmuni yana bir bor xodimlarga tushuntirildi.

Korrupsiya - yurtimiz rivoji farzandlarimiz kelajagiga soya soluvchi illat. Ushbu illatga qarshi kurash esa har birimizning burchimizdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram