TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.77K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi halol biznesni rag'batlantirishga asoslanadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.
👉PQ-39-son, 23.01.2024-y.

Tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

2024-yil 1- may holatiga Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan holda jami 43.158 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda va bulardan

“AAA”- 86, “AA”- 136, “A”- 273 ta

“BBB”- 1472, “BB” - 3493, “B”- 5752 ta

“CCC”,- 3419, “CC”-10349, “C”-6118 ta

“D”-12.060
nafarni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #korrupsiya

🔷Korrupsiya – halokatli yo'l

Korrupsiya – jamiyatni zulmat sari yetaklovchi illatdir. Unga barham berilmas ekan jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri saqlanib qolaveradi.

Joriy yilning 2-may kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda "0AZIS" savdo majmuasi hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berildi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Har bir qilingan yaxshilikka rahmat so‘rash – uni sotgan bilan teng.

D. Adrian


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #korrupsiya

🔷Korrupsiya – kelajakka tahdid


Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Chilonzor tumanidagi Qatortol savdo majmuasida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Targ'ibot tadbirida tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram