TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#jarayon

🔷Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Xabaringiz bor, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror talablari ijrosi bajarilishini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deppartamenti Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi, shahar Adliya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarga o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bugun ana shunday o‘rganish ishlari Olmazor tumanida davom ettirildi.

Unda mas'ullar tomonidan non ishlab chiqaruvchi korkona va nonvoyxonaIarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda non va non mahsulotlari narxini asossiz oshirishga yo'l qoy'maslik yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berilildi.

Shuningdek ishchi guruh a’zolari tumandagi Yoshlik mahallasi hamda Tansiqboev dehqon bozorida bo‘lib, aholiga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Gar sen o‘zgalarning qayg‘usiga loqayd qarasang, inson degan nomga noloyiqsan.

Sa’diy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#deklaratsiya

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash qanday hollarda rad etiladi?


Soliq toʻlovchi soliq toʻlash maqsadida jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etsa, toʻlanadigan soliq summasi real vaqt rejimida uning shaxsiy kartochkasida avtomatik ravishda shakllanadi.

Bunda, taqdim etilgan deklaratsiya soliq organi tomonidan rad etilmasdan qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 82-modda

Soliq toʻlovchilar JShODS boʻyicha qoʻllaniladigan imtiyozlarni deklaratsiya taqdim etish orqali qaytarib olishi mumkin.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
▫️ariza beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ariza (deklaratsiya) va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar belgilangan muddatda (5 ish kuni) bartaraf etilmaganda;
▫️qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
▫️daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda.
👉 VMQ-601-son 15.11.2023

Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya “my3.soliq.uz” saytidagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
👉“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya” elektron xizmatidan foydalanish yuzasidan qo‘llanma
__________
#декларация

В каких случаях физлицам может быть отказано в применении льготы по налогу на доходы?

Если для целей налогообложения налогоплательщик представит в электронном виде декларацию о совокупном годовом доходе, то подлежащая уплате сумма налога в режиме реального времени автоматически формируется в лицевой карточке.

При этом налоговый орган не вправе отказать в принятии декларации о совокупном годовом доходе, представленной налогоплательщиком.
👉 ст.82 НК

Также налогоплательщики могут воспользоваться льготой по налогу на доходы физических лиц, подав декларацию.

В применении льготы по налогу на доходы может быть отказано в следующих случаях:
▫️неустранения заявителем ошибок и недостатков в заявлении (декларации) и прилагаемых к нему документах в течение установленного срока (5 рабочих дней);
▫️представления поддельных документов;
▫️применения ранее льготы по налогу на доходы.
👉ПКМ № 601от 15.11.2023 г.

Отклоненные декларации принимаются налоговыми органами при их повторном представлении с устранением недостатков.

К сведению. Декларацию о совокупном годовом доходе
можно подать через персональный кабинет налогоплательщика на сайте my3.soliq.uz.
👉Инструкция по использованию электронной услуги "Декларация о совокупном годовом доходе физлиц"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchtepa #sport

🔷Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida hududlarda sektor rahbarlari tashabbusi bilan turli sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 238-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Milliy kurash” bo‘yicha “prokuror kubogi" sport musobaqasida o‘quvchilar o‘z vaznlarida g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Ko‘taringki ruhda tashkil etilgan bellashuvda Toshkent shaxar prokurori, Adliya va Soliq boshqarmasi boshliqlari hamda hokimyat mutasaddilari ishtirok etdilar.

Qizg‘in kechgan bahslarda g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🔷Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Xabaringiz bor, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror talablari ijrosi bajarilishini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deppartamenti Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi, shahar Adliya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarga o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#deklaratsiya

SAVOL:
2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.

JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.

Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.

Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi


“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.

Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.

Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads