TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.67K subscribers
13.9K photos
1.49K videos
82 files
5.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek #obod_mahalla #4_sektor

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar zamonaviy qiyofa aks etib bormoqda. Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yunusjon Nasimdjanov ana shunday manzillardan biri bo'lgan Mirzo Ulug'bek tumani "Bahor" mahallasida bo'lib, u yerda "Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla" mezoni asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni hamda mas'ullarga aholi qulayligini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilab berdi. Shunga binoan, boʻsh va qarovsiz turgan yer maydonlaridan unumli foydalangan holda tadbirkorlik subyektlariga biriktirish, noqonuniy ravishda oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni tartibga keltirish, koʻp qavatli uylarning taʼmir talab tom va yertoʻla qismlarini rekonstruksiya qilish kabi vazifalar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1🔥1
#Shayxontohur #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷 Shayxontohur tumanida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, ular toʻgʻrisida tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etish hamda soliq toʻlovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berish yuzasidan poyataxtimizning turli manzillarida seminar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 25-aprel kuni Shayxontohur tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shunday tadbirlardan biri oʻtkazilib, unda 40 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Seminardagi Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, yaqindagina joriy qilingan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2
#markirovka #qayta_aloqa

Soliq qo‘mitasi va farmatsevtika sanoati vakillarining QQS va markirovka bo‘yicha muloqoti

Joriy yilning 25-aprel kuni Soliq qo‘mitasi, “Yangi texnologiyalar” IAM hamda “Asl belgisi” Mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy tizimi mutaxassislarining farmatsevtika korxonalari vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Unda dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun imtiyozlar bekor qilingandan keyin QQSni hisobga olish, tovarlar qaytarilishida EHF rasmiylashtirish shuningdek, markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.

Tadbirkorlar
faoliyatida duch kelayotgan qiyinchilik va muammolar tinglandi. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi avtomatlashtirilgan tizimlar va xizmatlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflari inobatga olindi. Shuningdek, "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetidagi markirovka kodlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan xizmatlarda qo'shimcha qulayliklar yaratilishi ma'lum qilindi.
—————-
#маркировка #обратная_связь

Диалог Налогового комитета с фармкомпаниями по НДС и маркировке

25 апреля организована встреча специалистов Налогового комитета, НИЦ "Янги технологиялар" и Национальной информационной системы мониторинга маркировки и отслеживания продукции Asl belgisi с представителями фармацевтических компаний.

На ней обсуждались вопросы, связанные с зачетом НДС после отмены льготы на лекарственные средства и медицинские изделия, выставлением дополнительных ЭСФ в связи с возвратом товара, который ранее подлежал льготе, а также особенности реализации продукции с цифровой маркировкой.

Были выслушаны трудности и проблемы, с которыми сталкиваются в своей деятельности предприниматели, приняты во внимание их предложения по упрощению автоматизированных систем и сервисов в персональном кабинете налогоплательщика. Также сообщено о том, в личном кабинете НИС «Asl Belgisi» будут созданы дополнительные удобства для работы с кодами маркировки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Sog‘liq undan bahramand kishiga ham, boshqalar uchun ham buyuk ne’matdir.

T. Karleyl

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🙏1
#taksi #agregator

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda

6 ta onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Ushbu agregatorlar orqali yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarga tegishli boʻlgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

Shundan 64 %i Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hudularga to‘g‘ri keladi:
▫️Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) - 54,6%;
▫️Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) - 17,9%;
▫️Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) - 5%;
▫️Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) - 3,3%.
____________
#такси #агрегатор

В столице через онлайн-агрегаторы перевозят пассажиров водители из Ташкентской, Кашкадарьинской и Ферганской областей

6 онлайн-агрегаторов такси интегрированы с информационными системами налоговых органов.

У самозанятых водителей, которые с помощью этих агрегаторов перевозят пассажиров, насчитывается 199,1 тысяч автомобилей. Из них 64% ездят по Ташкенту, при этом большая часть автомобилей:
▫️из самого Ташкента (автомобильный код 01) - 54,6%;
▫️из Ташкентской области (автомобильный код 10) - 17,9%;
▫️из Кашкадарьинской области (автомобильный код 70) - 5%;
▫️из Ферганской области (автомобильный код 40) - 3,3%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#agregator
#onlayn_NKT

Onlayn-taksi agregatorlari cheki shaxsiy kabinetda aks ettiriladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanyapti.

Onlayn-taksi agregatorlari shakllantirilgan cheklarni my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

Buning uchun "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikalari to‘g‘risida ma'lumot" sahifasiga o'tish va "Chek ma'lumotlari" bo'limida "Taksi agregatori cheklari" menyusini tanlash kerak.

Shundan so‘ng chek turi, fiskal modul raqami, chek berilgan davrni belgilab "Qidirish" tugmasi bosiladi. Belgilangan sanalarda shakllangan barcha cheklar ekranda aks etadi.

Onlayn-taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritayotgan haydovchilar ham shaxsiy kabinetida taksi agregatorlari tomonidan tashuvlar uchun shakllantirilgan cheklar haqida ma'lumot olishlari mumkin. Buning uchun “Onlayn-NKT ma’lumotlari” sahifasida “Kunlik komissioner hisoboti➡️Taksi agregatori cheklari” menyusini tanlash kerak. Shundan so‘ng agregator fiskal moduli, tashish davri belgilanadi. Qidirish natijasida kunlik yoki oylik tashish summalarini ko'rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍3
#Yunusobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷 Yunusobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, ular toʻgʻrisida tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etish hamda soliq toʻlovchilarga atroflicha ma'lumot berish yuzasidan poyataxtimizning turli manzillarida seminarlar oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan seminar oʻtkazilib, unda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Jumladan, joriy qilingan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍3