TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
πŸ“žCall Markazi 78-140-3232
πŸ“ž (0-371) 244-54-86
πŸ“ž (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Sergeli #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

πŸ”·"Sergeli kichik sanoat zonasi"da faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ko'mak beriladigan bo'ldi

Joriy yilning 23-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizda joylashgan "Sergeli kichik sanoat zonasi"ga tuman soliq inspeksiyasi rahbari hamrohligida tashrif buyurdi va tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Mazkur muassasada 88 ta tadbirkorlik subyekti ish olib boradi va ularda jami 957 nafar ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mutasaddi tashkilotlarga muayyan sabablarga ko'ra faoliyati to'xtab qolgan tadbirkorlarning faoliyatini yuritishga ko'maklashish bo'yicha kerakli ko'rsatma hamda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
πŸ‘3
#Bektemir #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i "Bektemir kichik sanoat zonasi"da ish olib boradigan 14 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Ma'lumot o'rnida, mazkur muassasada aholi uchun jami 770 nafar ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mas'ul tashkilotlarga zarur yordamlarni ko'rsatish bo'yicha kerakli ko'rsatma va topshiriqlarni berib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
πŸ‘1